Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet59/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

9.8. EXCEL menyusi bilan ishlash

EXCEL ish stolining yuqori qatorida matn va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo’ljallangan menyusi joylashgan ( 3-rasmga qarang).


Excel dasturining menyusi "Fayl", "Pravka", "Vid", "Vstavka", "Format", "Servis", "Dannme", "Okno", "?" bo’limlaridan iborat. Menyu bo’limi bilan ishlash uchun sichqoncha ko’rsatkichi shu bo’limga keltiriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda vertikal holatda shu menyu bo’limining buyruklari paydo bo’ladi va kerakli buyruq tanlanadi.
Excel menyusi bo’limlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Fayl bo’limi. Bu bo’lim yordamida yangi elektron jadvalni tayyorlash uchun oyna ochish (Sozdat), xotiradagi faylni ekranga chaqirish (Otkrit) , joriy faylni yopish (Zakrit), tayyorlangan ma’lumotli hujjatni kompyuter taklif qilgan nom bilan (Soxranit) yoki foydalanuvchi o’zi hohlagan nom bilan (Soxranit kak) fayl ko’rinishda diskda saqlash, sahifalar parametrlari o’rnatish (Parametri stranitsi), faylni printerdan chop qilishdan oldin sahifalarda qanday joylashganligini ekranda ko’rish (Predvaritelnsh prosmotr) , faylni printerda chop qilish (Pechat), Excel dasturidan chiqish va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Pravka bo’limi. Bu bo’lim yordamida jadvalning biror bir bo’lagini qirqib olish (Virezat) yoki nusxa ko’chirish (Kopirovat), qirqib olingan jadval bo’lagini kerakli joyga qo’yish (Vstavit), jadvalni to’ldirish (Zapolnit), jadval yacheykasini tozalash (Ochistit), yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish (Udalit), jadval varaklarini o’chirish (Udalit list) va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Vid bo’limi. Bu bo’lim yordamida sahifa o’lchamlari, sahifaga belgi qo’yish, formulalar yozish uchun maxsus bo’limlar bilan ishlash, uskunalar majmuasini olib tashlash yoki o’rnatish, jadval masshtabini berish kabi ishlarni bajarish mumkin.
Vstavka bo’limi. Bu bo’lim yordamida jadvalga satr yoki ustun bo’yicha yacheyka qo’shish (YAcheyki), jadvalga ustun (Stolbtsm) yoki satr (Stroki) qo’shish, diagramma hosil qilish (Diagramma), rasm qo’yish (Risunok), funktsiyalar bilan ishlash va hokazo bir qator amallarni bajarish mumkin.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling