9.4.2. Ustunning enini va satrning balandligini o’zgartirish.
Ustunning eni simvollar bilan o’lchanadi. Masalan 9 kenglik bitta yacheykaga 9 tagacha simvol kiritish mumkinligini bildiradi. Ustunning eni 0 dan 255 tagacha simvoldan iborat bo’lishi mumkin. Satrning balandligi punktlarda(0 dan 409 gacha) o’lchanadi. Amalda ustun eni va satrning balandligini o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Ustunning enini o’zgartirish uchun Format—>Stolbets—> SHirina buyruklari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan quyidagi (5-rasm) so’rovga ustun eni(sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval ustunining eni standart holatda 8,43 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 8,43 sonining o’rniga 15,25 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan ustunining eni o’zgaradi.
5-rasm. Ustunning enini o’zgartirish.
Satrning balandligini o’zgartirish uchun Format—>Stroka—> Visota buyruklari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan so’rovga (6-rasm) satr balandligi(sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda, jadval satrining balandligi standart holatda 12,75 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 12,75 sonining o’rniga 18,50 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan satrining balandligi o’zgaradi.
6-rasm. Satrning balandligini o’zgartirish.
9.4.3. Matematik funktsiyalar
Excel elektron jadvalida hisoblashlarni bajarish uchun quyidagi matematik funktsiyalar qo’llaniladi. Buyerda matematik funktsiyalarning ruscha va lotincha versiyalari keltirilgan.
PROIZVED(yoki PRODUCT)(argumentlar ro’yxati) — argument qiymatlarining ko’paytmasini hisoblaydi. Masalan, PROIZVED(F25:F30)- F25 yacheykadan F30 yacheykagacha bo’lgan sonlarning ko’paytmasini hisoblaydi.
Koren (yoki sqrt)(con yoki yacheyka nomeri) — sonning kvadrat ildizini hisoblaydi. Masalan, Koren(D5)- D5 yacheykadagi sonning kvadrat ildizini hisoblaydi.
FAKTR(yoki FACT)(son) — butun son faktorialini hisoblaydi. Masalan, FAKTR(5)- 5 sonining faktorialini hisoblaydi. Faktr(E6)-E6 yacheykada turgan sonning faktorialini hisoblaydi.
OKRUGL( yoki ROUND)(coh; raqamlar soni)- haqiqiy sonni berilgan aniqlikda yaxlitlash. Masalan, OKRUGL(2,157;2)-berilgan 2,157 sonini verguldan keyin 2 ta raqamgacha yaxlitlaydi va natija 2,16 ga teng bo’ladi. OKRUGL (G5;4)- G5 yacheykadagi sonni verguldan keyin 4 ta raqamgacha yaxlitlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |