Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O
Download 1.28 Mb.
|
Xolmatov T.X Informatika darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lotus 1-2-3
- "Ish kitobi" (Workbook)
IX BOB
MICROSOFT EXCEL ELEKTRON JADVALIDA ISHLASH 9.1. Boshlangich ma’lumotlarl Ko’pincha ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni jadval ko’rinishda tasvirlashga to’g’ri keladi. Bu holda jadvalning bir qism yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan to’ldi-riladi, boshqa qism yacheykalari esa oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar ustida bajarilgan turli xil arifmetik va boshqa amallar natijasida to’ldiradi. Jadval ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun maxsus dasturlar paketi, ya’ni elektron jadvallar yoki elektron protsessorlar ishlab chiqilgan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy xarakterga ega bo’lgan masalalarniyechish uchun mo’ljallangan. Lekin bu elektron jadvallar yordamida boshqa masalalarni, masalan formulalar bo’yicha hisoblashlar bajarish, grafikli bog’lanishni qurish va hokazolarni ham hisoblash mumkin. Elektron jadvallarda ishlashni o’rganish masalani dasturlovchi yordamisizyechishni amalga oshirish imkonini beradi. Elektron jadvallar shaxsiy kompyuterlarda asosan 1980 yildan keyin qo’llanila boshlagan. Dastlab, asosan Lotus 1-2-3 elektron jadvali qo’llanilgan. Keyinchalik kompyuterlarda Super Calc elektron jadvali qo’llanilgan. Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuterlarda ancha takomillashgan elektron jadvallar qo’llanilmokda, xususan Microsoft Excel. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. Exse!da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel atamasida bunday fayl "Ish kitobi" (Workbook) deb yuritiladi. MicrosoftyexseGning asosiy ish maydoni — bu "Ish kitobi" bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter(hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Xususan, MS Excel 98 elektron jadvali 16384 ta satr (row) va 256 ta ustun (so1itp)dan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , Z, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi — yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun yoki satrning o’lchamini o’zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adr»es) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, V4, F9, AB3 kabi ko’rsatiladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling