9.2. Excel dasturini yuklash va unda ishni tugallash
Excel dasturini yuklashdan oldin Windows OT ni yuklash lozim. Bu esa sodda, ya’ni ko’pchilik kompyuterlarda kompyuter yuklanishi bilan amalga oshadi, ya’ni
1. Kompyuter yoqiladi. Ekranda muloqat darchasi paydo bo’lib, foydalanuvchi ismi va paroli so’ralsa, ular kiritilib [Enter] tugmachasi bosiladi. Ekranda quyidagi rasmdagi kabi holat paydo bo’ladi (1-rasm).
1-rasm. Windows OT ishchi stoli.
"Sichqoncha" ko’rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk tugmachasiga keltirilib chap tugmachasi bosiladi.
"Sichqoncha" ko’rsatkichi Programmi bandiga keltiriladi va chap tugmachasi bosiladi.
4. Dasturlar ro’yxatidan Microsoft Excel tanlanadi, sichqoncha tugmachasi bosiladi (2-rasm)
2-rasm. Excel dasturini ishga tushirish.
Umuman olganda, Excel dasturi quyidagicha yuklanadi: Pusk—>Programmi—> Microsoft Excel.
Excel dasturi yuklangandan so’ng, dastlab uning zarvarag’i (3-rasm),
3-rasm. EXCEL dasturining zarvarag’i.
so’ngra quyidagi ko’rinishdagi ish stoli ekranga chiqadi (4- rasm).
4-rasm. Excel dasturining ish stoli.
Excel dasturi ishga tushganda, ekranda uning asosiy ish stoli paydo bo’ladi. Ish stolining yuqori qismida dastur sarlavhasi, ikkinchi qatorda dastur menyusi joylashgan. Keyingi bir nechta qatorda fayllar bilan ishlashni osonlashtiruvchi uskunalar majmuasi joylashgan. Ish stolining asosiy qismini jadval egallaydi va [A1] yacheykada kursor turadi. Kursorni [↑],[↓],[<—],[—>] ko’rsatkichlar yordamida jadval bo’ylab siljitish mumkin.
Excel dasturida ishni tugallash uchun ish stolining o’ng yuqori burchagida joylashgan sistema menyusidagi [x] belgi ustida "sichqoncha" tugmachasi bosiladi yoki menyudan Fayl—>Vixod buyrug’i tanlanadi. [Alt]—>[F4] tugmachalarini birgalikda bosib ham dasturdan chiqish mumkin. Agar Excel dasturidan chiqishda fayl saklanmagan bo’lsa, u holda ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi va undagi so’rovga javob beriladi: Y — faylni saklash, N-faylni saqdamasdan chiqish, Cancel-dasturga qaytish.
Do'stlaringiz bilan baham: |