Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet15/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

3.6. Katalog

Magnit disklarida fayl nomlari kataklarida saklanadi. Kataloglar Windows operatsion tizimida papka deb yuritiladi


Katalog— fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa xossalari haqida ma’lumotlarni saqlaydi. Diskda bir necha katalog bo’lishi mumkin. Har bir katalog fayl kabi o’z nomiga ega bo’ladi. Katalog ichida boshqa kataloglar joylashishi mumkin.
Bu holatda tashqi katalog — tub katalog, ichki katalog ost katalog deb ataladi. Demak, disklarda kataloglar tuzilishi daraxt ko’rinishiga o’xshash bo’ladi.
Foydalanuvchi ishlayotgan katalog joriy katalog deb ataladi. Katalogda joylashgan biror faylni ishlatish uchun albatta, bu faylga yo’l ko’rsatilishi lozim.
Yo’l — bu kataloglar nomlari ketma-ketligi, bunda kataloglar, "\" — belgi bilan ajratilgan bo’ladi.


3.7. Disk yurituvchi

Kompyuterda bir nechta disk yurituvchi bo’lishini aytib o’tgan edik, ya’ni qattiq disk, disketlar, kompakt disklarga mo’ljallangan disk yurituvchi.


Disk yurituvchi, odatda, A:,B:,C:,D: va hokazo kabi nomlanadi. Yumshoq magnit disketlarga mo’ljallangan disk yurituvchilar A: va V: disk yurituvchi, S:, D: va hokazolar, odatda, qattiq disk (vinchester) uchun ajratilgan bo’ladi.
Faylga to’liq yo’lni quyidagacha berish mumkin:
[ disk yurituvchi:] [ yo’l\] fayl nomi
bunda [ disk yurituvchi] — A:, B:, C:, D va hokazo, disk yurituvchi nomi, [ yo’l:] — fayl joylashgan katalog va fayl nomi-kerakli fayl nomini bildiradi. Agar disk yurituvchi yoki yo’l ko’rsatilmasa, joriy disk va katalog nazarda tutiladi.

Nazorat uchun savol va mashqlar


? 1. Kompyuterni yuklash jarayonini gapirib bering.

  1. Kompyuter qanday tugmachalar yordamida qayta yuklanadi?

  2. Kursor ostida joylashgan belgani o’chirish uchun qaysi tugmacha bosiladi?

  3. Ekrandagi ma’lumotlar nusxasini chop qilish uchun qavday tugmachalar majmuasi ishlatiladi?

  4. Bosmaga chiqarish qurilmasining standart nomi qanday ataladi?

  5. Fayl nima va u qanday nomlanadi?

  6. Katalog nima?

  7. Disk yurituvchi qanday maqsadda ishlatiladi?

! Berilgan mashqlarni bevosita kompyuterda bajaring va ularga batafsil javob yozing.

  • kompyuterni yuklash va o’chirish;

  • ma’lumotlarni kompyuterga kiritish;

  • klaviatura, maxsus tugmachalar tavsifi;

  • kompyuter bilan dastlabki muloqat;

  • kompyuter qurilmalarining mantiqiy nomlari;

  • fayl, uning asosiy belgilari: nomi, uzunligi, hajmi;

  • katalog: tub, ichki va ost kataloglar.


IV BOB

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling