Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O
Download 1.28 Mb.
|
Xolmatov T.X Informatika darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS DOS operatsion tizim tarkibi
[Ctrl]-[Prt Scr] yoki [Ctrl-P] ekrandagi ma’lumotlar nusxasini qog’ozda olish uchun foydalaniladi;
[Ctrl]-[Alt]-[F2] milliy klaviaturaga o’tish uchun ishlatiladi; — [Ctrl]-[C] DOS ning ixtiyoriy buyrug’i yoki dastur bajarilishini to’xtatish uchun ishlatiladi. 3.3. Komp’yuter bilan muloqat. MS DOS operatsion tizim tarkibi IBM PC kompyuteri bilan muloqat bevosita DOS operatsion tizimi (OT) yordamida amalga oshiriladi. Operatsion tizim shunday dasturki, u kompyuter yoqilishi bilan foydalanuvchi bilan muloqatga keladi, kompyuterni boshqaradi, operativ xotira va magnitli disklardagi joylarni nazorat qiladi, lozim bo’lgan dastur va buyruklarning bajarilishini ta’minlaydi. MS DOS OT quyidagi qismlardan, ya’ni kompyuter xotira qurilmasida joylashgan, kiritish va chiqarishni ta’minlash uchun xizmat qiladigan bazaviy kiritish — chiqarish tizimidan; operatsion tizim modullarini xotiraga kiritishni amalga oshiradigan dastur-yuklagichdan; o’zgarmas xotira qurilmasida bazaviy kiritish-chiqarish sistemasini to’ldiruvchi — IO.SYS diskli faylidan; MS DOSda yuqori saviyada asosiy xizmatlarni bajaruvchi MS DOS SYS faylidan; — foydalanuvchi kiritgan buyruklarni o’zida ishlovchi DOSning buyrukli protsessoridan; — disketlarni formatlashda, tekshirishda va hokazo ishlarni bajarishda ishlatiladigan DOSning tashqi buyruqlaridan; nostandart qurilmalar yoki yangi qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi hamda DOSning kiritish-chiqarish sistemasini to’ldiruvchi qurilmalarning drayverlaridan tashkil topgan. Kompyuterni elektr tarmog’iga ulab, uning old qismida joylashgan 'Reset" tugmachasini bosib yoki bir vaqtda [Ctrl]-[Alt]-[Del] tugmachalarini bosib, DOS OT qayta ishga tushiriladi. 3.4. Fayl' Qattiq disk, disket yoki kompyuterning kompakt disklaridagi barcha ma’lumotlar fayllarda saklanadi. Fayl — ma’lum bir ma’lumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi. Demak, har bir fayl o’z belgisi (nomi)ga ega bo’lishi, uni foydalanuvchi va operatsion tizim tuzishi va ishlatishi kerak. Diskda ma’lumotni boshqa bir yo’sk.ada yozib bo’lmaydi. Hattoki, birgina so’z yoki harfni masalan, "A" harfini diskka yozish lozim bo’lsa unga nom berib, fayl ko’rinishida diskka yozish kerak. Fayllar ikki turda, matnli va grafikli bo’ladi. Matnli fayl foydalanuvchi o’qishi uchun mo’ljallangan. Matnli fayl bo’lmagan fayllar, odatda, grafikli fayllar bo’ladi. Fayllarni, odatda, ish jarayonida foydalanuvchi tashkil etadi. Faylning asosiy belgilari — uning nomi, uzunligi ( bayt hisobida), tashkil etilgan sanasi (kun, oy, yil), vaqti (soat va daqiqa) hisoblanadi. Fayl asosiy nomga (uzunligi ko’pi bilan sakkizta simvol) va kengaytgichga (uzunligi ko’pi bilan uchta simvolga) ega bo’lishi mumkin. Fayl nomi va uning kengaytgichi bir-biridan nuqta bilan ajratiladi, masalan, Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling