Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O
Download 1.28 Mb.
|
Xolmatov T.X Informatika darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.7.Kompyuter tarmotslari Kompyuterlararo ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun lokal tarmoq ishlatiladi. Lokal tarmoq
Komp’yuter dasturlari
Kompyuter dasturlari uch turga bo’linadi: a) amaliy dasturlar — foydalanuvchi bevosita ishlashi uchun mo’ljallangan dasturlar, masalan matn va rasm muharrirlari va hokazo. b) tizimli dasturlar — kompyuter qurilmalarini ishchi holatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar. v) uskunaviy tizimlar — kompyuter uchun yangi dasturlar tuzishni ta’minlash tizimi. IBM PC kompyuteri uchun yuz minglab har xil maqsadda qo’llaniladigan amaliy dasturlar tuzilgan va bu dasturlardan foydalanib kelinmoqda. Xususan, matn muharrirlari (WORD, LEXICON, WD, ChiWriter), jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash (Super Calc, Excel va hokazo), ma’lumotlar bazasini yaratish (KARAT, dBASE, ACCESS va hokazo), ko’rgazmali qurollar tayyorlash (slayd-shou) dasturlari, moliya-iqtisod maqsadida qo’llaniladigan dasturlar (ish haqini hisoblash dasturlari), multfilm va videofilmlar yaratish uchun qo’llaniladigan dasturlar, avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlari (inshoot qismlarini chizish va loyihalash), kompyuter o’yinlari, o’rgatuvchi, ma’lumot tizimlari va hokazo maqsadlarda qo’llaniladigan dasturlar mavjud. T izimli dasturlarning keng sinfi qobiq dasturlar bo’lib, u foydalanuvchini kompyuter bilan qulay va yaqqol muloqatini ta’minlaydi. Xususan, Total Commander qobiq dasturi, Windows 3.1 va Windows 95, Windows 98, Windows 2000 uchun qulay qobiq dasturlar shular jumlasidandir. Tizimli dasturlarning asosiy sinfi bu drayverlar bo’lib, operatsion tizim, xususan tashqi yoki ichki qurilmalar bilan ishlash imkonini beradi. Tizimli dasturlar tarkibiga yordamchi ayrim dasturlar masalan, antivirus, arxivator, kompyuterni diognostika qilish, diskdagi joylarni maqbullashtirish dasturlari ham kiradi. 2.7.Kompyuter tarmotslari Kompyuterlararo ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun lokal tarmoq ishlatiladi. Lokal tarmoq — foydala-nuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda ishlash va ma’lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem, printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmokdi adapter (plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Lokal tarmoqning faoliyatini to’g’ri yuritish maqsadida bosh kompyuter (o’qituvchi) ajratiladi, unga lokal tarmokdar bilan bog’langan ishchi kompyuter (o’quvchi)lar birlashtiriladi. Agar tarmokda 20-25 ta kompyuter mavjud bo’lsa, ular albatta bosh kompyuterga ega bo’lishi lozim. Lokal tarmoqlar faoliyatini yuritish uchun maxsus dasturiy ta’minot mavjud. Windows 95/2000 operatsion tizimlarida lokal tarmoqqa boshqa maxsus dasturlarsiz ham kompyuterlar ulanishi mumkin. Maxsus tarmokdar uchun dasturlar tarkibiga Novell NetWare yoki Windows NT Server kiradi. Ba’zan UNIX ning turli xil variantlaridan ham foydalaniladi. Lokal tarmokdar bir tashkilot yoki binoda joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi xolos. Millionlab kompyuterlarni o’zaro birlashtiruvchi tarmoqlardan biri Internet halqaro tarmog’idir. Uning dastlabki varianti AQSH mudofaa vazirligining buyurtmasiga muvofiq 60 yillarning oxirlarida ARPAnet nomi bilan mazkur vazirlik kompyuterlarini bog’lash maqsadida yaratilgan. Ayni vaqtda Internet tarmog’idan 60 milliondan ortiq foydalanuvchi ma’lumot olmokda. Internet yagona markazdan boshqarilmaydi, lekin elektron manzillar guruhini ta’minlovchi ommaviy qo’mitalar mavjud. 1995 yilgacha Internet tarmog’idan asosan, elektron pochta (matnli, fayllarni almashish) teleanjumanlar, ilmiy va ommaviy yangiliklar, qidiruv xizmatlari maqsadida foydalaniladi. Bu esa o’z navbatida Internet tarmog’iga ommaviy qiziqishni uyg’otdi va yangi WWW (World Wide Web) butun jahon matnli ma’lumotlar bazasini yaratilishiga sabab bo’ldi. WWW dasturi yordamida foydalanuvchi Internet tarmog’iga ulangan kompyuterda Web-serverga elektron manzilni ko’rsatib kirish mumkin. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling