Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet9/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

Qattiq disk (Vinchester) — kompyuterda ishlash jarayonida qo’llaniladg’gan ma’lumotlarni doimiy xotirada sakdash uchun xizmat qiladi. Xususan, qattiq diskda operatsion tizim dasturlari, matn muharrirlari, ko’p qo’llaniladigan dasturlar majmuasi, dasturlash tillari va hokazolar saklanadi. Odatda, kompyuterlar turiga qarab qattiq disklar bir-biridan diskda ma’lumotlarni qancha miqdorda ko’p yoki kam yozish hajmi, ma’lumotlarni o’qish yoki yozish tezligi va qattiq disk ulanadigan interfeys (nazorat turi) bilan farq qiladi. Qattiq disk hajmi kompyuter ishlashida asosiy omillardan hisoblanadi.
Kompakt disk uchun disk yurituvchilar - kompakt diskdan maxsus ma’lu-motlarni, ovozli xaritalarni, o’yinlarni, ma’lumotlarni o’qish uchun mo’ljallangan. Kompakt disk hajmi 640 Mbaytgacha bo’lib, unga ma’lumotlar oldindan yozilgan bo’ladi.
Strimer — magnit tasmali kassetaga ma’lumotlarni yozish qurilmasi.
Qattiq diskdagi ma’lumotlarning nusxasini olib qo’yish uchun strimer keng ishlatiladi, strimerlar bir-biridan hajmi bilan farq qiladi, ya’ni bitta kassetaga hajmi 20 Mbaytdan 40 Gbaytgacha bo’lgan ma’lumot yozish mumkin.
Printer (chop qilish qurilmasi) — har xil (matnli, grafik yoki rasm) ma’lumotlarni qog’ozga chop qilish uchun xizmat qiladi. Printer qurilmasida ma’lumotlarni qora rangda yoki rangli tarzda chop qilish mumkin. Shu bois printerlar bir-biridan farq qiladi. Printerlarning yuzlab turlari mavjud, odatda, matritsaviy (nuqtali matritsaviy), purkagichli (struyniy) va lazerli bo’ladi.
IBM PC kompyuteri uchun matritsaviy printerlar chop etiladigan ma’lumotlarni nuqtalardan yasaydi. Shu bois uning chop qilish sifati zikr etilgan boshqa turli printerlardan past.
Purkagichli printerlarda ma’lumotlar maxsus siyoxdonlar yordamida siyoh tomchilarini purkash bilan chop qilinadi.
Lazerli printerlar chop qilish sifati yuqori bo’lgan ma’lumotlarni oq-qora yoki ayrimlari rangli chop qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Modem yoki faks-modemlar. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashinish uchun maxsus qurilma— modemdan foydalaniladi.
Faks-modem-shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo’lib, qo’shimcha ravishda rasmli ma’lumotlar, telefaks ma’lumotlarni kompyuterlararo almashish imkoniyatiga ega. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko’pchilik modemlar faks-modemlar bo’lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki (Elektron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo’lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma’lumot uzatish tezligi bilan farq qiladi. Ular, odatda, sekundiga 2400 dan 33600 belgigacha ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega.
Multimedia — tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. "Multimedia" so’zi lotincha "media" so’zidan olingan bo’lib, "ma’lumot tashuvchi vosita" degan ma’noni anglatadi. Multimedia kompyuterlari so’z, musiqa va boshqa ovozli ma’lumotlar, video ma’lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimedia kompyuterlari albatta kompakt disklar uchun maxsus diskyurituvchilar, ovozli xaritalarga hamda kamida Pentium/75 Mgts 4868x/25Gts tezlikdagi mikroprotsessor, operativ xotirasi 4 Mbayt va qattiq disk hajmi 160 Mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizimga ega bo’lishi kerak.




    1. Download 1.28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling