Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet7/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

2.2. IBM PC komp’yuterining qo’shimcha qurilmalari

Kompyuterning fuktsional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kompyuterning tizimli qismiga ayrim qo’shimcha qurilmalar ulanadi.


B unday qurilmalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Printer (bosmaga chiqarish qurilmasi) matnli yoki grafik ko’rinishdagi ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish uchun mo’ljallangan. !
2. "Sichtsoncha" — ma’lumotlarni k ompyuterga kiritishni yengillashtiradi.
3. Modem — telefon tarmoklari orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumotlar almashinishda ishlatiladi.
4. Kompakt disk uchun diskyurituvchi — ma’lumotlarni kompakt disklardan o’qish yoki unga yozish imkonini beradi.
5. Skaner — qog’ozdagi ma’lumotlarni kompyuter ekraniga tasviriy ravishda ko’chirish imkonini beradi.
6. Strimer — ma’lumotlarni magnit tasma(kaseta)larda saqlash uchun xizmat qiladi.
7. Ovozli xarita — ovoz (musiqa, ovoz va hokazo) yozish va eshitishni ta’minlaydi.
Ayrim qo’shimcha qurilmalar haqida keyingi boblarda batafsilroq ma’lumotlar keltiriladi.


2.3.Mikroprotsessor va uning turlari
Kompyuterning eng asosiy elementi, ya’ni "miya"si mikroprotsessor ekanligini yuqorida ta’kidlab o’tgan edik. Mikroprotsessor hajm jihatidan uncha katta bo’lmagan, ya’ni bir necha santimetrli elektron sxema bo’lib, uning yordamida barcha hisoblashlar hamda ma’lumotlar almashinuvi bajariladi. Mikroprotsessor yuzlab har xil hisoblashlarni bajaradi, bajarish tezligi yuz million operatsiya sekundga to’g’ri keladi. IBM PC turidagi kompyuterda asosan Intel firmasi ishlab chiqargan mikroprotsessorlar o’rnatilgan. Ba’zi kompyuterlarda AMD, Gyrx, IBM firmalarining mikroprotsessorlari ham ishlatilgan. Intel firmasida tayyorlangan mikroprotsessorlarning Intel — 8088, 80286, 80386 (SXbaDX modifikatsiyasi) 80486 (turli xil modifikatsiyalarda), Pentium va Pentium Pro kabi turlari mavjud. Ular bir-biridan operatsiyalarni bajarish tezligi bilan farq qiladi. Masalan, Pentium Pro mikroprotsessori dastlab ishlab chiqarilgan Intel 8088 mikroprotsessorga qaraganda operatsiyalarni bir necha ming marta tez bajaradi.
Matematik hisoblashlar juda ko’p bajariladigan kompyuter-larda asosiy mikroprotsessordan tashqari unga yordam beruvchi matematik soprotsessorlarning Intel-8087, 80287, 80387 va 80487 SX turlari qo’shib ishlatiladi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling