Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Xotira turlari va komp’yuter imkoniyatlari


Download 1.28 Mb.
bet8/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

2.4.Xotira turlari va komp’yuter imkoniyatlari
Mikroprotsessor ishlatiluvchi ma’lumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga yozadi. Kompyuter diskdan ma’lumotlarni o’qib, maxsus qismida saklaydi va ishlash jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Bu qism (SIM, DIM) operativ xotira deb ataladi. Uning operativ deb atalishining sababi, juda tez ishlaydi, ya’ni mikroprotsessor undan ma’lumotni yozib olish yoki unga yozishda deyarli vaqt sarflamaydi.
Kompyuterning imkoniyatlari bevosita unga o’rnatilgan operativ xotira hajmiga bog’liq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kam bo’lsa, u faqat MS DOS OT muhitida ishlashga yaroqli. Agar operativ xotira 4 Mbayt bo’lsa, kompyuter MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida ishlaydi. U Windows dasturlarini bir vaqtda ishlashi uchun yetarli emas. Bunday hollarda 8 Mbayt operativ xotira talab qilinadi. Agar kompyuterning operativ xotirasi 32 Mbayt va undan katta bo’lsa, lokal tarmoqlarda (Internet, elektron Pochta — E-mail) ishlashi, kompyuterlararo suratli ma’lumotlar yoki videofilmlar almashishi va ular ustida ishlash imkonini beradi.
Ko’pchilik kompyuterlarda operativ xotiraga murojaatni o’ta maqbullash uchun operativ xotira orasiga KESH xotira o’rnatiladi. Ko’p ishlatiladigan ma’lumotlar KESH xotirada yoziladi, shu bois kompyuter zaruriy ma’lumotlarni dastlab KESH-xotiradan qidiradi, so’ngra zarurat bo’lsa, operativ xotiraga murojaat qiladi.
IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira), CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud bo’lib, ularda kompyuter qurilmalarini tekshiruvchi dasturlar, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat ko’rsatish funktsiyalarini bajaruvchi dasturlar saqlanadi.


2.5.Komp’yuterga ulanadigan qurilmalar

Kompyuterning imkoniyatlari — nafaqat ma’lumotlarni qayta ishlash, kiritish yoki chop qilish bilan chegaralanmayadi, balki ma’lumotlarni saqlash, qidirish, saralash, qayta tashlashda turli xil ulanadigan qurilmalar ishlatilganda yaqqol seziladi. Xususan, kompyuterdan foydalanuvchi ko’pchilik zamonaviy dasturlar (MS WORD, Excel, Paintbrush va boshqalar)da ishlash jarayonida "sichqoncha"dan foydalanishi ish jarayonini keskin osonlashtiradi. Ayrim kompyuterlarda "sichqoncha" o’rniga tresbol, trekpoyni kabi qurilmalar ishlatiladi. Ular xam "sichqoncha" kabi qo’llaniladi, ishlatish foydalanuvchi zimmasida qoladi.


Kompyuterga ulanadigan qurilmalardan yana biri diskyurituvchilar bo’lib, deyarli barcha kompyuterlarda (tarmokdarda ishlaydiganlari bundan mustasno) hech bo’lmaganda bitta o’rnatilgan bo’ladi. Diskyurituvchi, disketlardagi ma’lumotlarni o’qish va unga yozishda ishlatiladi. Keng tarqalgan disketlar, odatda, 3,5 yoki 5,25 dyuym hajmda bo’lib, mos holda uch dyuymlik va besh dyuymlik disketlar deb ataladi.
Disketlar bir-biridan ma’lumotlarni yozish hajmi bilan farq qiladi. Odatda, uch dyuymlik disketga 1,44 Mbayt hajmga, besh dyuymlik disketga 360 Kbayt hajmga ega bo’lgan ma’lumot yozish mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, disketni birinchi marotaba ishlatishdan oldin uni formatlash lozim. Formatlash esa maxsus dasturlar, xususan DOS FORMAT dasturi yordamida bajarilishi mumkin. Biz disketni formatlash bosqichlari haqida keyinroq to’xtalamiz.
Kompyuterga ulanadigan qurilmalardan yana biri kompyuterning monitori (displey) bo’ladi. Monitor televizor kabi ishlab, unda matnli yoki grafik ma’lumotlar tasvirlanadi. Monitorlar rangli yoki rangsiz (monoxron) bo’lib, ular bir-biridan o’lchovi bo’yicha farq qiladi. Monitorlarda tasvirlar gorizontal va vertikal bo’yicha 640x480 nuqtali belgidan 1600x1280 nuqtali belgigacha bo’lishi mumkin.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling