MS DOS OPERATSION TIZIMI
MS DOS operatsion tizimi (OT) IBM firmasi buyurtmasiga muvofiq Microsoft firmasida 1981 yilda yaratilgan. Windows operatsion tizimlari yaratilgan bo’lsada, DOS OT yaratilgan dasturlar hizurigacha keng qo’lamda qo’llanilmoqda.
Ayni vaqtda, MS DOS OTning oxirgi keng tarqatilgan versiyasi 1994 yilning may oyida ishlab chiqilgan 6.22 versiyasidir. MS DOS OT ning 7.0 versiyasi Windows 95 tarkibida mavjud. Lekin uni alohida OT deb atash noto’g’ri, uni Windows 95 ning MS DOS OT ilgarigi versiyalari bilan ishlashni ta’minlovchi qism dastur deb qarash lozim.
MS DOS OTning asosini IO.SYS va MS DOS.SYS diskli fayllari tashkil etadi, ular kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan.
MS DOS OTni yuklash jarayoni haqida uchinchi bobning 3.1. bandida aytib o’tgan edik.
4.1. DOS taklifnomasi. Buyrutsni kiritish
Agar DOS foydalanuvchi bilan muloqatga tayyor bo’lsa, u xolda kompyuter ekranida quyidagi taklifnoma paydo bo’ladi:
A:\> yoki C:\>
Biror buyruqni kompyuterga kiritish uchun, uni dastlab klaviatura qurilmasidan terish va so’ngra [Enter] tugmachasini bosish lozim. Kiritiluvchi buyruq yoki dasturni tahrir qilish uchun 3.2. bandda aytib o’tilgan ayrim tugmachalardan yuqorida ta’kidlangan maqsadda foydalanish mumkin. Masalan, [Del] -kursor ostidagi simvol, [Back Space] — kursor oldidagi simvolni o’chirishda ishlatiladi va hokazo .
MS DOS buyrug’i bajarilishi uchun dastlab mazkur buyruq nomini va so’ngra qo’shimcha nomini kiritish lozim. Fayllar quyidagi qo’shimcha nomlar bilan bershshshi mumkin:
.com, .exe, .bat
Buyruq yoki dasturni bajarilishini to’xtatish uchun [Ctrl] va [Break] tugmachalari bir vaqtda bosiladi, agar u yordam bermasa [Ctrl]-[Alt]-[Del] tugmachalarini bosib, DOShh qayta ishga tushirish kerak. Ba’zi hollarda oxirgi aytib o’tgan buyruq yordamida ham kompyuterni ishga tushirish imkoniyati bo’lmay qoladi, u holda kompyuter old qismida joylashgan [REZET] tugmachasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |