autoexec. bat
lex. exe
anketa. doc
nom kengaytgich
Fayl nomi va kengaytgich kattaligi kichik lotin alifbosi harflari, sonlar va simvollardan iborat bo’lishi mumkin.
Faylniig nomida uning kengaytgichini berish shart emas, lekin fayl mazmuniga qarab kengaytkich berilsa, uni ishlatish qulay bo’ladi. Ko’pchilik amaliy dasturlar fayl kengaytgichiga qarab tezda yuklanadi, bu esa o’z navbatida vaqtni tejaydi. Masalan,
.exe, .com — bajariluvchi dasturlar;
.bat — buyruqli (Batch) fayllar;
.bas — beysikdagi dastur;
.pas — paskaldagi dastur;
.txt — leksikon matn muharriridagi matnli fayl;
.doc -Word matn muharriridagi matnli fayl;
.xls — Excel elektron jadvalidagi jadvalli fayl va hokazo.
3.5. Kompyuter qurilmalarining mantiqiy nomlanishi
DOS operatsion tizimida kompyuterning har bir qurilmasi o’z nomiga ega. Bu qurilmalarning nomlari fayllarning nomlari sifatida ishlatilmasligi lozim, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
A dan Z gacha — disklar;
PRN — bosmaga chiqarish qurilmasi — printer;
LPT1-LPT4 — printerga bog’langan qurilma;
CON — kiritishda klaviatura, chiqarishda esa ekran;
NUL barcha operatsiyalarni chetlab o’tuvchi "bo’sh qurilma" va hokazo. Masalan,
copy anketa prn
buyrug’i anketa faylining nusxasini bosmaga chiqarish qurilmasi (printer) ga chiqaradi yoki
copy anketa con
buyrug’i anketa faylining nusxasini ekranga chiqaradi. Agar con kiritiluvchi faylning nomi sifatida foydalanilsa, masalan
copy con anketa
kabi u holda barcha ma’lumotlar klaviatura qurilmasi orqali kiritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |