63-maqsad: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro
maqomga ega laboratoriyalarini tashkil etish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 263 ta
ob’yektlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 249 ta
ob’yektida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini olib borish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmatining kadrlar
salohiyatini oshirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng tatbiq etish.
64-maqsad: Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni «bir qadam» tamoyili asosida
tashkil etish.
Hududlardagi
mavjud ehtiyoj, aholining takliflarini inobatga olgan holda 2022-2023
yillarda 61 ta oilaviy poliklinikalar, 215 ta oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish.
Aholiga sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishda yanada
qulay sharoitlar yaratish
maqsadida birlamchi tibbiy xizmatni mahallalarda tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda aholiga masofadan turib tibbiy
xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish.
65-maqsad: Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000
AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.
Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashda ko‘rsatiladigan
tibbiy xizmat turi va
murakkabligi, shuningdek erishilgan natijaga ko‘ra o‘zgarishini nazarda tutuvchi tizim yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: