Taraqqiyot strategiyasi I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish


V. MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA


Download 490.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana15.06.2023
Hajmi490.8 Kb.
#1484784
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
9 mavzu

V. MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA 
OLIB CHIQISH
71-maqsad: Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar 
strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali 
jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish. 
«Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasini amalga oshirish. 
Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy 
tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish 
bilan uyg‘un holda tashkil qilish. 
Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovasion 
uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish. 
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng 
ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. 
Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash. 
Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o‘z vaqtida berib 
borish orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olish. 
«Mahalla — tuman — viloyat — respublika» prinsipi asosida hududlar kesimida 
ijtimoiy-ma’naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy 
axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish. 
Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish. 


Maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun 
ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash. 
Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va 
mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash 
ko‘nikmasini shakllantirish. 
«Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — 
Uchinchi Renessans» g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash. 

Download 490.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling