Taraqqiyot strategiyasi I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish


Download 490.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/30
Sana15.06.2023
Hajmi490.8 Kb.
#1484784
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
9 mavzu

72-maqsad: 
Aholiga 
axborot-kutubxona 
xizmatini ko‘rsatishni yanada 
rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda «Kitobsevar millat» umummilliy 
g‘oyasini ro‘yobga chiqarish. 
Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni 
keng ommalashtirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish. 
73-maqsad: Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng 
targ‘ib etish. 
IHT, IRSIKA, AYSESKO, YUNESKO kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari
ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda «Yangi O‘zbekiston — Uchinchi 
Renessans» shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish. 
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida 
yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 100 ta asarning xalqchil tarjimasini 
amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish. 
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish 
maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy, 
Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash. 
74-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini 
mustahkamlash. 
Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada 
takomillashtirish. 
Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati 
konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash. 
Turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik 
burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini 
yuksaltirish. 
Xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat 
siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-
quvvatlash choralarini ko‘rish. 
Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do‘stlik 
jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish. 

Download 490.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling