Tarbiya jarayoninig mohiyati, mazmuni tarbiya tamoyillari va metodlari. Mavzusi yuzasidan tayyorlagan Taqdimoti Didaktik g'oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o'ziga xos tizimlar ko'rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta'lim turlari o'quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi. - Didaktik g'oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o'ziga xos tizimlar ko'rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta'lim turlari o'quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi.
- Dogmatik o'qitish - bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib, u o'rta asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda G'arbiy Yevropada ularning ilk ko'rinishlari iste'molda bo'lib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o'rin tutgan. Bu borada musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajada-gi ma'naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga hamda mazmun-mohiyatga ega bo'lgan. Ularning g'oyalari bo'yicha o'z faoliyatlarida bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan hukmiy fikr shakllangan. «Haqiqiy g'oyalar» deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni o'zlashtirishdan iborat bo'lgan.
- Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish.
- Kamchiliklari: ta'lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va hal etish uchun ko'p vaqt sariianishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har bir ta'lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishini ta'minlaydi; Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishini ta'minlaydi; - ilg'or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiya larini joriy etish uchun o'rta umumta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy o'quv yurtlarida eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini o'quv-tarbiya jarayoniga o'z vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro'yobga chiqarishga erishiladi;
- ta'lim jarayonining istiqbolini oldindan ko'ra bilish, ya'ni ta'lim beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o'qitish emas, balki ta'lim oluvchini uzoq kelajakni mo'ljallashga (istiqbolli reja tuzish- ga)o'rgatishdan iborat boiib, unda ta'lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashxislash, bashoratlash, modellashtirish va loyiha- lashtirishni amalga oshira olishi zarur;
- ta'lim oluvchining hamkorlikda ta'lim olish va optimal qarorlar- ni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivili- zatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish) da faol ishtirok etishni ta'minlash.
Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta'lim tizimida keng qo'llanilmoqda. Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta'lim tizimida keng qo'llanilmoqda. - Masofaviy ta'lim - bu masofadan turib o'qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta'lim texnologiyasidir. U o'quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun'iy yo'ldoshi, televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlar-ga taqdim etiladigan ta'lim xizmatlari majmuyidan iborat.
- Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi
- Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini o'tkazadi.
- Individual ta'limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta'lim beruvchi ta'sirining cheklanganligi (bunda ta'lim beruvchining vazifasi ta'lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo'ladi); boshqa ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta'lim oluvchining yoki ta'limning ijtimoiylashishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta'limning individual-guruhli shakli paydo bo'ldi. Bu ta'lim turidan XVI asrga kelib Yevropada keng foydalana boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |