Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. Tarbiya
Download 45.06 Kb.
|
Tarbiya 1-mavzu(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruh
Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan toʻppa-toʻgʻri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak. Shuni esda tutish kerakki, oʻxshash pedagogik harakat qonunning namoyon boʻlishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi talablarining kuchli va ta’sirchanligini oshiradi, oʻquvchida tarbiyachiga aql-idrok bilan aniq boʻysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi.
Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi. Pedagogik vaziyat qandaydir oʻzgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga vaziyatning zarur yoʻnalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog toʻppa-toʻgʻri talablarni qoʻyar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi. Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi toʻgʻridan-toʻgʻri ifodalanmaydi, pardalangan shaklda boʻladi va ragʻbatlantiruvchi omil sifatida faqat talabning oʻzidan emas, balki psixologik omillardan – bolaning turli kechinmalaridan, his-tuygʻularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruh pedagogning tarbiyalanuvchiga boʻlgan ijobiy munosabatini ifodalash bilan bogʻliqdir. Bular iltimos, ishonch, ma’qullashdir. Ularni ijobiy talablar deb ataymiz. Ikkinchi guruh tarbiyachining bolalarga boʻlgan munosabatini yaqqol ifodalaydi, balki tarbiyalanuvchilarning ragʻbatlantiruvchi munosabatlariga asoslanadi. Bular maslahat, sha’ma, shartli talab va oʻyin shaklidagi talabdir. Ularni bartaraf talablar deb ham ataymiz. Vositali talablarning uchinchi guruhi tarbiyalanuvchining faoliyatiga, uning u yoki bu axloqiy sifatlarning namoyon qilishga salbiy munosabatni namoyish qiladi. Bular – fosh qilish, ishonchsizlik bildirish va doʻq qilishdir. Iltimos – u pedagoglar bilan oʻquvchilar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga asoslanadi va umumiy ishda ularni hamkorligini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ishni bolaning oʻzi batamom oʻz hohishiga qoʻyib beradi. Oʻquvchi har qanday vazifani pedagogning majbur qilishi orqali emas, oʻz ixtiyori bilan bajarayotganini his qilsin. Download 45.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling