2-mavzu: Tarbiyaviy ish: tarkibi va tuzilishi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy,
irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi. Tabiatga jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi
tarkib topadi. Jismoniy kuch qudratlari mustahkamlanadi.
Tarbiya qoidasi pedagogik ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish
maqsadadi foydalanadigan boshlang‘ich holat rahbarlik asosidir.
Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar
hisoblanadi va u yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi.
Tarbiya qoidalari shark mutafakkirlarining fikrlari va milliy pedagogikaning
yutuqlariga asoslanadi.
Tarbiya qoidalari tarbiya jarayoninig o‘ziga xos qonuniyatlarini aks ettiradi. Bu
qoidalari rioya qilishni tarbiyalash samarasini oshiradi, yaxshi natija beradi.
Tarbiyaning mazmuniya, tashkil etilishi, usullari, ularga qo‘yiladigan talablar
shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.
|
2
|
3
|
3-mavzu: Ma’naviy-axloqiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlardan
foydalanish.
Bugungi, kunda shaxsning ma‘naviy erkinligi milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni, an‘analarni asrlar davomida tarbiya vositasi bo‘lib kelgan xalq pedagogikasini chuqur o‘rganishga imkon beradi.
Xalq pedagogikasi (xalq og‘zaki ijodi, amaliy tajribadagi an‘analar, urf-odatlar,
xalq amaliy san‘ati, va.h.k.) jamoa ijodkorligining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ma‘naviy birlashuvi, timsoli, tub manfaatlari, orzu-armonlari, umummilliylikni ifodalovchi tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedagogikasini tarkibiy qirralari kishilarning oliy maqsadlari, tasavvurlari, his-tuyg‘ularini ifodasi sifatida pedagogik madaniyatning amaliyotda sinovdan o‘tgan muhim belgilari ya‘ni xalqni ezgulikga, adolatga, mehnatsevarlikkaga da`vat etishdan iborat.
|
2
|
4
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |