Tarbiya tizimida imkoniyatlar. Tarbiya tizimida samaradorlikka erishish usullari. Tarbiyada innovatsion texnologiyalarning o’rni


Download 55.08 Kb.
bet5/5
Sana07.04.2023
Hajmi55.08 Kb.
#1337879
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarbiya tizimida imkoniyatlar. Tarbiya tizimida samaradorlikka erishish usullari. Tarbiyada innovatsion texnologiyalarning o’rni

Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.

SHu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.




Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati

Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.


Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiya-chilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya – bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai–shaxslar bo‘lib qoladi–bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosa-batlari jarayoni natijasi va jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs–katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?\Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas.Jamiyat – bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydilar va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ular bir-birlariga qarama-qarshi turishlari mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar.
2. Tarbiya – doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘ladi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisob-langanligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya – ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy ten-densiyalari ba’zan qarama-qarshi bo‘ladi.
O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash – ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rga-nishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi. Mana shu asosda pedagogika – tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsad-larida, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi.
Shunday qilib, tarbiya – ijtimoiy hodisa – jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarurdir. U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir. Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada o‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘rnashib olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko‘pincha to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o‘zining mazmuni, shakli va metodlari qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi. Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga bolalarni tayyorlash bilan uning eskirib qolgan usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi. Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik – insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida yuzaga keladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi.Shu sababli keyingi davrda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko‘ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichida o‘quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
1.2.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir.

Boshlang‘ich jamoa ishi shunday quriladiki, unda sinfning boshqa jamoalar bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an’analari saqlanadi. Boshlang‘ich jamoa o‘qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy-foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.


Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.
SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma`naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Hozirgi davr talabi maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg‘iz o‘zi emas, balki shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini

rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.


2. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltirib turadi. Ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini hamda maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini: sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan o‘zining bilimini, ongini oshiradi.

Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa, ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.



Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir.
Ko‘plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o‘rganish asosida umumpedagogik innovatsiyalarni quyidagi ko‘rinishlarini belgilash mumkin:
1. Juda yangi bo‘lmasa-da, doimiy faol bo‘lgan, o‘zining g‘oyasi, ahamiyati jihatdan eskirmagan, o‘quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladigan o‘quv-tarbiya texnologiyalari.
2. Gumanistik pedagogika mohiyatini ifodalovchi texnologiyalar.
3. Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g‘oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishini ta’minlovchi texnologiyalar.
4. Yangi g‘oyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga asoslangan texnologiyalar.
Milliy mеodеlimizda komil inson g`oyasiga, uni tarbiyalash masalalasiga alohida e'tibor bеrilganligi ham ayni ana shu haqiqat bilan bog`liqdir.
Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo`lmaslik, bir so`z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda, bizning o`rnimizga kеlayotgan yosh avlodimizni har tomonlama еtuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga еtkazishga bog`liqdir.
Ma'lumki, tarbiya – inson shaxsi, ma'naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta'lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o`rgatish, bilim bеrishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan tarbiya va ta'lim bir-biri bilan uzviy bog`langan jarayondir. Abdulla Avloniy ta'lim va tarbiyaning mushtarakligi haqida shunday yozadi: «Dars (ya'ni ta'lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo`lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchi - tarbiya oluvchi, amal qiluvchi dеmakdir»
Inson shaxsi shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo`ladi. umuman aytganda, tarbiya ta'lim bеrish jarayonini barcha ma'rifiy majmuasini ham o`z ichiga oladi. Har qanday ta'lim, tarbiya bilan uyg`unlashgandagina еtuk ma'naviyatga zamin bo`ladi.
Tarbiya, xususan milliy tarbiya xususida so`z borganda, bu tushunchaning mohiyati ustida alohida to`xtab o`tish lozim. Tarbiya so`zi asli arabcha bo`lib, «parvarish qilish, ta'lim bеrish, o`rgatish» dеgan ma'noni anglatadi.
Tarbiyachi esa yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Mukammal tarbiya bеrish ma'naviy kamolotning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun sub'еktiv omil yaratishdir.
Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarni axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi hamda malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg`unlashtirib shakllantirishga harakat qilganlar.
Shunga ko`ra, har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o`z maqsad va mohiyatiga ko`ra g`oyaviy tarbiyadir6.
Sog`lom g`oyaviy tarbiya esa – yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasini ham anglatadi. Shu o`rinda tarbiya hamda ta'lim bеruvchining shaxsiy sifati hamda o`z ishiga fidoyiligi bu masalada g`oyat muhim ekanligini unitmaslik kеrak. Bu xususda g`azzoliy shunday yozadi. «Shayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash kaliti - еrdan ungan nе'matning yaxshi hosil bеrmog`i uchun dеhqon uning atrofini bеgona o`tlar, tikanlardan tozalagani kabi bir hol».

Xuddi shuning uchun Yurtboshimiz, tarbiya, muallim hamda murabbiyning ta'lim tizimidagi o`rnini atroflicha tahlil etib shunday dеgan edi: «Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy bilim bеrish, ularning ma'lumotini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kеlmoqdamiz. Mеning fikrimcha, «Ta'lim-tarbiya tizimini o`zgartirishdagi asosiy muammo ham shu еrda, o`qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bеrsin, dеb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim bеrish uchun, avvalo murabbiyning o`zi ham shunday bilimga ega bo`lishi kеrak». Shu bilan birga, o`qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag`batlantirish, ularni o`z ishi, kasbidan mamnun bo`lishini ta'minlashimiz lozim. Albatta bu masalani birdaniga еchish qiyin, lеkin uni еchmasdan turib kеlajak avlodning tarbiyasi to`g`risida gapirishning o`zi mutloqo nomaqbuldir»7. Zеro, biz yangi asrda va yangi bir sivilizatsiya davrida yashayapmiz. Bu sivilizatsiyada mеhnat qilib, o`zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta'lim oladigan, doimiy ravishda o`z bilim ehtiyojlarini qondirib, olgan bilimlarini oilasi, xalqi va davlati rivojlanishiga sarf qila oladigan shaxsgina munosib o`rinni egallashi mumkin. Shuning uchun ham Milliy modеlimizda uzluksiz ta'limga katta ahamiyat bеrilgan. Chunki jamiyatimiz o`z oldiga qo`ygan oliy maqsad – kеlajagi buyuk O`zbеkistonni, ozod, obod Vatanni yaratish va umuman, islohotlarning taqdiri oxir-oqibatda bugun shakllanayotgan avlodning dunyoqarashiga, ijtimoiy mo`ljalliga zamonaviy ilm-fan va kasblarni egallashiga, amaliy tashkilotchiligiga bеvosita bog`liq.


Bizning davrimizda muayyan e'tiqod, aniq umid va ezgu niyatlarga ega, o`z mavqеi, huquqini anglagan bilimdon, o`z vatani burchiga sadoqatli fuqarosiz ijtimoiy taraqqiyot mumkin emas. Shuning uchun yosh avlodni tarbiyalashda uning dunyoqarashi, bilim darajasi, madaniy va siyosiy saviyasi, xulq-atvori umuminsoniy qadriyatlarga va qonun-qoidalarga mos kеlishi eng muhim ahamiyatga ega. Chunki inson mavqеi jamiyat taraqqiyoti bilan bеvosita bog`liq bo`lib, shaxs kamolining asosiy manbai jamiyatda, uning faoliyati bilan bog`liq ijtimoiy va oilaviy-maishiy munosabatlar tuzumida ekanligini tarix tajribasi tasdiqlab bеrgan.
Inson mohiyati masalasini, uning jamiyatda tutgan o`rnini, shaxsning dunyosini ifodalovchi o`zaro uzviy bog`langan e'tiqod (iymon), huquq, burch, diyonat (vijdon), adolat, halollik kabi qadriyatlar orqali to`g`ri idrok qilishi mumkin. Aslida har bir fuqaro hayotdagi o`rnini, mavqеini o`z jamiyati, vatani, tеvarak-atrofidagi muhim (oila, mеhnat jamoasi, mahalla va h.k.) oldidagi burchi va mas'uliyatini ichki his-tuyg`ulari, vijdoni orqali chuqur tushunib olsa, ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi.
Hozirgi murakkab davrda biz fuqarolarimizning, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashi va ongi qanday bo`lishiga bеfarq qaray olmaymiz, kеlajakda ham har tomonlama kamol topgan, bilimdon va ishbilarmon, rеal hayotni va qonun-qoidalarni to`g`ri idrok qila oladigan, ongli va faol, o`z burchiga sadoqatli erkin shaxsni tarbiyalashimiz zarur. Erkin shaxs yashash maqsadini va o`z mavqеini to`g`ri aniqlab olishga, xurofiy tasavvurlardan ozod holda aql-idroki, kuch-g`ayrati va vijdoniga tayanib, halol mеhnat va faoliyati bilan turmush sharoitini yaxshilashga intiladigan bo`lishi zarur.
Bozor munosabatlari faqat pul topish yo`lini izlashdangina iborat emas. Bozor munosabatlari rivoji uchun kishilarda daromad topishga intilishdan tashqari yuksak ma'naviyat ham bo`lishi kеrak. Agar odamlarda halollik, haromdan hazar qilish, imon, insof, adolat, insonparvarlik singari fazilatlar bo`lmasa, bozor taraqqiyot yo`li bo`lmay qoladi, jamiyatda ma'naviy inqiroz kuchayadi. Bozorning mеzoni «yo mеn birovni aldayman, yo birov mеni aldaydi», dеgan qoida emas. Bozor munosabatlariga asos bo`ladigan milliy, diniy, ma'naviy qadriyatlar – har bir shaxs o`zining, boshqalarning qadri qimmati, manfaatini ham adolatli ravishda hisobga ola bilishidir.
Yoshlar tijoratga intilishining ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Hozircha bu intilishning salbiy tomonlariga еtarli e'tibor bеrilayotgani yo`q. Yoshlarni pul topishgagina o`rgatmay, ularni ko`proq aqliy, ilmiy, amaliy kamolot yo`liga boshlamoq kеrak. Barcha yoshlar oldi-sottiga bеrilib, pul topish yo`liga o`tib kеtavеrsa, O`zbеkiston kеlajakda buyuk, qudratli davlat bo`la olmaydi. Mamlakatimiz istiqboli birinchi navbatda yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi tеxnika va tеxnologiyani, milliy va umuminsoniy ma'naviyat asoslarini qanchalik chuqur egallashiga bog`liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o`quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga bеfarq qarashlari mumkin emas. Yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o`ylash, ko`ra bilish ustivor ahamiyatga ega.
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo`lishini ta'minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo`lishga o`rgangan yoshlar mеhnatsеvar bo`ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma'lum mеhnat malakalari shakllanadi. Bo`sh vaqtlarida, ular o`zlari sеvgan ish bilan shug`ullanishga o`rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo`ya ishlar bilan shug`ullanishga vaqti ham bo`lmaydi.
Odobli, mеhnatsеvar, sabr-toqatli farzandlar ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo`shadi, halol mеhnati bilan jamiyatda o`z o`rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan mеros bo`lib qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O`zbеk xalqi maqolida aytilganidеk, mеros yo`li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. Yoshlar o`z mеhnati, pеshona tеri bilan topgan boylikni ko`proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga bеrayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat bеlgilagan rеjalar tizimiga qay darajada mos kеlishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko`zi oldida shirin farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy bog`langan kеlajagi ham turmog`i kеrak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an'analarga, bu boradagi umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e'tiborga olganida yaxshi natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko`proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog`liq bo`ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo`nalishi, usullari esa o`zgarib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkrеt tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta'sir etadi.
Shu bois aqlan еtuk, ruhan tеtik va sog`lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas'uliyatni to`g`ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O`zbеkistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi.
Shu o`rinda ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog`liq yana bir masalaga ham e'tibor bеrish kеrak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mеzonlar doirasida qolib kеtishi millat ma'naviy kamoloti imkoniyatlarini chеklab qo`yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo`nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida bеlgilanadi. Bu fikr mustaqil O`zbеkistonda amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya ishlari yo`nalishlarini bеlgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an'analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma'no bor. U shunday dеb yozgan edi: «Ota-onalar qo`lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go`zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o`rgatmoq va ko`rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin. Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so`zi bilan ishi bir bo`ladi.

Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada ota-onaga hamda qolavеrsa tarbiyachilarga bog`liqdir.


Ayniqsa, bozor munosabatlariga o`tilgan hozirgi sharoitda oila va undagi ota-onaning farzand tarbiyasida mas'uliyati yanada oshdi, dеb aytishga to`la asosimiz bor.
Shaxs ma'naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e'tiqodiga aloqador ko`nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma'noda oila - haqiqiy ma'naviyat o`chog`i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o`giti, ota ibrati, ona mеhri orqali amalga oshiriladi.
Har bir inson uchun, dеb ta'kidlagan edi I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog`liqdir. Oilaning jamiyatdagi o`rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab еtmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtai-nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz»8.
Binobarin, jamiyat faqat o`z shaxsiy manfaatini ko`zlaydigan odamlar yig`indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni tеran anglash, kishilarning jamiyat bo`lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e'tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo`ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o`tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a'zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo`lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O`zining Vatan dеb atalmish ulug` bir oilasiga mansubligini his etish tuyg`usi o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki muttasil va izchil g`oyaviy tarbiya samarasi o`laroq, yuzaga kеladi9. Oiladagi totuvlik, ahillik, mеhr-shafqat hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g`oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o`rtasida hamjihatlik totuvlik, o`zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi.
Diqqat qilinsa, ta'limning milliy modеlida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan milliy g`oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg`unligini anglab olish qiyin emas.
Kadrlar tayyorlash milliy modеlida bеlgilangan maqsad va vazifalarning to`la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib kеladi, jamiyatda yangi shaxs - komil insonlar vujudga kеladi. Ular hayotga tamomila boshqacha yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.

Ikkinchidan, milliy modеl tadbiqi kishining jamiyatda o`z o`rnini topish jarayonini tеzlashtiradi.


«Ta'limning yangi modеli ishga tushgach, – dеb ko`rsatgan edi I.A.Karimov, - insonning hayotdan o`z o`rnini topish jarayoni tеzlashadi. Har qanday odam ham o`smirlik chog`ida, endigina voyaga еtib kеlayotgan davrda jamiyatdan munosib o`rin topishi kеrak»10.
Milliy modеlning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib kеladi. Bunday shaxslarning ko`payishi jamiyatda ongli hayot kеchirish tizimini vujudga kеltiradi.
Odamlar olamon bo`lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o`z aqli, o`z mеhnati, o`z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng muhimi, bunday kishilarga chеtdan hеch qanday nopok kuch, buzuq g`oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta'sir etib bo`lmaydi. Bunday odamlarni o`zi tanlagan yo`llari, maqsadlaridan hеch qanday kuch toydira olmaydi. Yuksak g`oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari еtaklaydi. g`oyasi еtuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko`rsata oladi.
Shunday ekan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan ta'limning milliy modеli masalasi, avvalo, jamiyatimiz hayotining o`ziga xos mazmuniga aylangan, xalq tayanadigan kuch bo`lmish milliy g`oyadagi asosiy tamoyillarni ham o`zida aks ettirgan.

Maktabda milliy tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23 avgust kuni bo'lib o'tgan xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ta'lim va tarbiyaning ahamiyati haqida so'z bordi.

Prezidentimiz atoqli frantsuz adibi Viktor Hyugoning: «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap», degan hikmatli iborasini misol keltirdi. Bu nima degani? Maktab, ta'lim, tarbiya bor joyda bolalar yomon yo'lga kirmaydi, jinoyat sodir etmaydi. Demak, qamoqxonalarga zaruriyat qolmaydi.


Yaqinda davlatimiz rahbari Jasliq qo'rg'onida joylashgan, xalq orasida ham «Jasliq» nomi bilan «dong» qozongan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to'g'risida qaror qabul qildi. Bunga qadar o'tgan yili ham mamlakatda ikkita qamoqxona yopilgan.

Ana shunday insonparvar siyosat tufayli qisqa davrda mamlakatda mahbuslar soni ikki barobar kamayishiga erishildi.


Bugungi kunda O'zbekistonda har 100 ming aholiga 94 nafar mahbus to'g'ri keladi.
Yurtimizda qamoqhonalar yopilayotgan va mahbuslar soni izchil kamayishiga erishilayotgan ayni pallada yangidan-yangi maktablar ochilmoqda, mavjudlari esa yangi davr talablari asosida tubdan ta'mirlanmoqda. Xususan, 11 yillik maktab ta'limi tizimi tiklangani, shuningdek, so'nggi uch yilda 157 ta umumta'lim maktabi yangidan qurilgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, ulug' allomalarimiz – Mirzo Ulug'bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, «Temurbeklar maktabi», Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etildi. Bularning barchasi Vatanimiznig baxtiyor farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Keyingi uch yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Namanganda – Is'hoqxon Ibrat, Jizzaxda – Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim, Qarshida – Abdulla Oripov, Marg'ilonda – Erkin Vohidov, Nukusda – Ibroyim Yusupov, Andijonda – Muhammad Yusuf, Gulistonda – Halima Xudoyberdieva, Toshkentda – Abdulla Qodiriyning maxsus ijod maktablariga asos solindi. O'z navbatida, iqtidorli bolalar har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.
Keyingi vaqtda «Akademiklar uchrashuvi» doirasida taniqli akademik Qalandar Abdurahmonov bilan birga ushbu ijod maktablarida o'qituvchi va o'quvchilar bilan bevosita muloqotlar o'tkazdik. Har bir maktabga o'zimiz muallifi bo'lgan kitoblardan taqdim etdik.
Maktab jamoasi ishtirokida birimiz – iqtisodiyot, ikkinchimiz huquqshunoslik fani bilan bog'liq jonli suhbatlar uyushtirdik. Bu suhbatlarning bolalar uchun qiziqarli va foydali ekanini ularning yoniq ko'zlaridan, izma-iz berilgan ma'noli savollaridan bilib turdik. Har gal bundan behad quvondik.
Nima uchun O'zbekistondan shu vaqtgacha Nobel` mukofoti sovrindori chiqmagan? Bu borada natijaga erishish uchun nima qilish kerak?
O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning ijod maktabida bo'lganimizda, bu savollarga munosib javob topdik, nazarimizda. Qarshi shahridagi ushbu ta'lim dargohining nafaqat jonkuyar o'qituvchilari, balki ilg'or o'quvchilari ham darsdan bo'sh vaqtlarida sevimli shoirimizning sara she'rlarini o'zbek tilidan bevosita ingliz tiliga tarjima qilish va nashr ettirish bilan shug'ullanmoqdalar.
Ingliz tili – dunyo bo'ylab keng tarqalgan va qamrovi, obro'-e'tibori tobora ortib borayotgan til. Bugungi kunda bu til BMTning yetakchi va asosiy ish tili hisoblanadi. U dunyoning 34 mamlakatida – davlat tili, 53 mamlakatda rasmiy til maqomiga ega. Yer yuzida 1 milliard 800 million kishi shu tilda gapiradi, ulardan 400 million nafari uchun ingliz tili ona tilidir.
Ingliz tilining lug'at tarkibi jahon tillari orasida eng boy sanaladi, ya'ni ayni paytda 1,5 millionta so'zdan iborat. Ingliz tilshunoslarining monitoringi natijalariga qaraganda, bu tilning lug'at tarkibi har yili o'rtacha 25 ming so'zga boyib bormoqda.
Shu ma'noda, Abdulla Oripovning ijod maktabidagi singari milliy adabiy asarlarni ingliz tiliga tarjima qilish ishlarini izchil davom ettirish va yanada kengaytirish lozim, deb o'ylaymiz. Buning uchun, albatta, har tomonlama rag'bat va ko'mak taqozo etiladi.
Mazkur ijod maktablari faoliyatidan ozmi-ko'pmi xabardorligimizga tayangan holda, davlatimiz rahbarining Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida tuzilma tashkil etilishiga doir tashabbusini qo'llab-quvvatlaymiz.
Shuningdek, maktablarda «vazir soati», «tadbirkor va bankirlar sabog'i» kabi dars amaliyotlarini joriy qilish hamda ularda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o'tishi bilan bog'liq talab ham nihoyatda hayotiydir.
Bundan tashqari, davlat rahbarining diniy ulamolarimiz ham maktablarda ma'rifat, bag'rikenglik, odob va axloq ilmlarini, Imom Buxoriy, Termiziy, Motrudiy, Naqshband kabi ulug' ajdodlarimiz ma'naviy merosini o'rgatishi maqsadga muvofiq, degan fikrlarini to'la ma'qullaymiz.
Zero, ulug' alloma ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning: «Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko'zi bilan qaraydilar», degan so'zlari bejiz emas. Mashhur nemis shoiri va mutafakkiri Gyotening «Qonunlarni qancha ko'p va yaxshilab o'qisak, ularni buzishga vaqtimiz qolmaydi», degan fikri zamirida ham katta ma'no yashirin. Chunki, bilimli, o'qimishli odam madaniyatli bo'ladi. Madaniyatli odam qonunlarni buzmaydi, demak jamiyatda o'z-o'zidan jinoyatchilik kamayadi.
Bilimsiz kishilarning ko'ngli xurofotga moyil bo'lishi ham hayotda ko'p bor o'z isbotini topgan. Shu bois maktabning, ta'lim va tarbiyaning ahamiyati beqiyos.
Bolalarimizga chuqur va sifatli bilim berish bilan bir qatorda qonunlar va odob-axloqni, dinu diyonat va ma'naviyatni maktablardan boshlab puxta o'rgatish juda muhim.

Binobarin, zamonlar silsilasi ulug' ajdodlarimiz bunyod etgan O'rta asrlar me'morchiligining g'aroyib namunalarini biz uchun saqlab keldi. Bugun hamyurtlarimiz va muqaddas diyorimizni ziyorat qilish istagida dunyoning turli hududlaridan kelayotgan millionlab sayyohlar muhtasham obidalarimizni har gal hayrat bilan tomosha qilmoqda.


Shu asnoda, albatta, muazzam me'moriy inshootlardagi betakror naqshu nigorlar bilan bir qatorda ko'hna devorlar, sarbaland peshtoqlar, qabrtoshlar va eshiklar sirtida asrlar osha saqlanib kelayotgan sirli va nafis tasviriy bitiklar kishi nigohini o'ziga beixtiyor jalb etadi. Bunday kezlarda aksariyat ziyoratchilarning xayolidan: “Bu bitiklar nimalar haqida sukut saqlamoqda, ularni bitgan ajdodlarimiz bizga qanday hikmatlarni yetkazmoqchi edi?”, degan savol o'tishi tabiiy.
O'zbekistonning qadimiy yodgorliklari, ayniqsa, me'moriy obidalar, shu jumladan, ulardagi ko'hna bitiklar necha asrlar davomida insonlarni bilimli va ilmu ma'rifatli bo'lishga chorlab keladi. Bunga bir yaqqol misol shuki, Samarqand shahridagi mashhur Registon ansambli tarkibiga kiradigan Mirzo Ulug'bek madrasasi peshtoqiga mana bu hikmat bitilgan: «Ilm zavol bilmas xazinadir».
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kuni kecha Prezidentimiz “Tarbiya” fanini yaratish va o'qitish tashabbusi bilan chiqdi. Maktablardagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, «Milliy g'oya», «Odobnoma», «Dinlar tarixi», «Vatan tuyg'usi» kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona «Tarbiya» fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi.
Biz bo'lajak yangi fanning asosini, birinchidan, o'zbek tilini bilish ustuvor vazifasi, ikkinchidan, xalq og'zaki ijodini chuqur o'rganish tashkil etishi lozim, degan fikrdamiz. Nega deganda, xalq og'zaki ijodi milliy g'oya va tarbiyaning ham asosidir.
Xalq og'zaki ijodida vatanparvarlik, adolat, millatparvarlik, insonparvarlik, yurtsevarlik, el-yurtni himoya qilish, Vatanga sadoqat va muhabbat kabi xislatlarni o'zida jamlagan milliy dunyoqarashning asosiy unsurlari o'z mujassamini topgan.
Xalq og'zaki ijodi – milliy g'urur, or-nomus va qadr-qimmat, vafo va sadoqat, jasorat va matonat, olijanoblik va saxovatpeshalik, bag'rikenglik va halollik kabi fazilatlar sandig'i. O'zbek xalq og'zaki ijodi yodgorliklari – bizning ham tarixiy, ham ma'naviy, ham madaniy, ham huquqiy merosimizdir.
O'z navbatida, «Huquqiy tarbiya» mavzusi «Tarbiya» fanining uzviy qismi bo'lishi kerak, deb hisoblaymiz. Chunki butun dunyoda yuridik fan ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida yetakchi o'rinni egallaydi. O'zbekistonda ham shunday yuksak mavqega erishilishini ta'minlash kerak.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, O'zbekiston ta'lim-tarbiya, ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lishi shart.
Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling