Tarbiya tizimiga pedagogik yondashuv. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish
Download 1.23 Mb.
|
TARBIYA TIZIMIGA PEDAGOGIK YONDASHUV
Ushbu vaziyatda o‘qituvchi haqida gap boradi. Agarda tarbiyachi o‘qitish bo‘yicha uy vazifalarini bajara olmaydi deb, hisoblasak, unga kamroq talablar qo‘yish kerak. Lekin shu yerda bir gapni aytib o‘tish lozim. „Bolaning aqliy rivojlanishi asosi bo‘lib xizmat qiluvchi, uning jismoniy rivojlanishi shartlari bilan tanish bo‘lmagan ayol aniq va to‘g‘ri harakat qila olmaydi, deb yozadi K. Setkin. O‘qitish texnik metodlarini bilmagan ayol bolaning o‘n marta o‘z onasi bo‘lsa ham (hatto shunday mumkin bo‘lmagan holatda ham) haqiqiy insonni tarbiyalay olmaydi, bola tarbiyasini unga ishonib bo‘lmaydi
Shunday qilib, Klara Setkin nuqtayi nazaridan ona qanchalik mehribon, bolasini sevadigan va sevimli odam bo‘lmasin, „o‘qitish texnik metodlari“ni bilmas ekan, bola tarbiyasi jarayonidan chetlashtirilishi kerak. Bu nuqtayi nazarda tarbiya masalasiga kasbiy tayyorgarlikni talab etuvchi juda muhim ish sifatida qaralmoqda. Tarbiyachi bu yerda yaqqol o‘qitish vazifasini ham bajaradi. Kasbiy tarbiyachi zarurmi? Albatta, chunki murakkab tizim tarbiyalash tizimi faoliyati to‘g‘risida gap bormoqda, u tizim turli subyektlari harakatlariga rahbarlik qilishi va boshqarishi kerak. Tarbiyachi inson hayotida baxtli bolalik rolini tushunib, individni shakllantirish jarayonini madaniyatga, ijtimoiy hayot qarama-qarshiliklariga va bilimga yo‘naltirishi zarur.
Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling