Tarbiya usullari va shakllari
Tarbiya usullariga tavsif
Download 36.55 Kb.
|
Tarbiya usullari va shakllari Shaxnoz
2. Tarbiya usullariga tavsif.
Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nihoyatda rang-barang bolib, kop tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Xalq pedagogikasida qollanib kelayotgan xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin. 1. Tushuntirish (orgatish, odatlantirish, mashq qildirish). 2. Namuna (maslahat berish, uzr sorash, yaxshiliklar haqida sozlash, ornak bolish). 3. Nasihat berish, ogit (undash, kondirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, maqullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yol tilash va hokazolar). 4. Qoralash va jazo (taqiqlash, tana, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qorqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Ushbu usullar tizimga solinsa, birlashib umumiy bir yaxlitlikni ifodalaydi. Tarbiyaviy jarayonda avval bolaga umumiy manzara, mazmun-mohiyati tushuntiriladi va korsatma beriladi. Bolalar narsa va hodisalarga, berilgan topshiriqlarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini otaydi, yani yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga etibor beriladi. Shunda ham tushunmaganlar kattalarning, yaqinlarining nasihati, ogiti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga yetadigan boladi. Bordi-yu bunda ham bolalar tushunmasa yoki tushunishni istamasa, aytganlarni qilmasa, unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga togri keladi. Bu tarbiyalashda songgi chora usulidir. Milliy tarbiyamizdaga axloqiy mezonlarga asosan yoshlarni tarbiyalashda milliy ananalar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular oz navbatida, yangicha tarbiyaning ozgacha muvofiq uslub va shakllarini taqozo etadi. Tarbiya usullarini organish, tahlil qilish va bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish uchun tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi va oquvchilar faoliyatini yolga qoyish usullari: tushuntirish, orgatish, suhbat va hikoya, ibrat-namuna, ishontirish, oyin, musobaqalar. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat oquvchilar ongiga qanday talablar qoyayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga komaklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qollaniladi. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling