Tarbiya usullari va shakllari
Ragbatlantirish va jazolash usullari
Download 36.55 Kb.
|
Tarbiya usullari va shakllari Shaxnoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh berish
3. Ragbatlantirish va jazolash usullari.
Oquvchi bolalarni osib rivojlanishi, ularda ijobiy xulqiy odatlarni namoyon bolishi, topshiriq-vazifalarni yaxshi bajarganligi doimo oqituvchi tarbiyachi muntazam ragbatlantirilib borilishi muhimdir. Aynan shundagina bola ozining olga siljib borayotganini kora biladi, oz kuchiga ishonadi va ozida yaxshi xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ragbatlantirish oquvchining konglini kotaradi, unga quvonch keltiradi, oquvchini yanada yaxshiroqbolishga intilishiga yordam beradi. Ragbatlantirishning quyidagi turlari mavjud: 1. Oquvchining kuchi yetadigan, masuliyatli topshiriq berish bilan bolaga ishonch bildirish; 2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida); 3. Esdalik sovgalar berish; 4. Maqtov yorligi berish; 5. Stipendiya bilan taqdirlash (davlat stipendiyalari, ustama stipendiyalar); 6. Faolllar oynasiga fotosuratini qoyish; 7. Masuliyat va jamoaning minnatdorchiligi; 8. Musobaqalarda bayroq kotarish; 9. Gazetada, radioda elon va h.k. Har qanday ragbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qollanishi, yani ragbatlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bolishi, ketma-ket bulmasligi, haddan oshirib maqtash va boshqalarga taqqoslab ularni kamsitishga yol qoyilmasligi kerak. Jazolash bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo oquvchi-bola tarbiyasida qollanadigan oxirgi tarbiya usulidir. Jazo choralarini qollashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qorqitish va gazablantirish ham yaxshi natija bermaydi, oquvchi qorqqanidan yolgon gapirishga organadi, ikkiyuzlamachi bolib qoladi. Tarbiyaning jazo usuli choralariga quyidagilar kiradi: tanbeh berish, ogohlantirsh, hayfsan berish, uyaltirish va jamoaviy jazolardir. Tanbeh berish eng yengil jazo chorasidir. Oqituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qoyish ham mumkin. Ogohlantirish nomaqul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qollaniladi. Hayfsan berish agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, oquvchi belgilangan intizomni buzaversa, salbiy holatlarni takrorlayversa, oquvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini etiborga olib unga hayfsan elon qilish mumkin. Uyaltrish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda, odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bolsa, avvalo ozini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli boladi. Bolalarni tarbiyalashda ana shu hislarni ehtiyotkorlik bilan ostirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qiziqtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va oz ornida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. Jazo yaxshi oylab qollanishi lozim, hamda qiziq ustida tinimsiz jazolash ham mumkin emas. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qollab-quvvatlangan jazo berilsa, uning tasir kuchi yanada oshadi. Umuman barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqubatlarga solmasligi, uni tahqirlamasligi, shanini bukmasligi kerak. Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, tarbiyaviy jarayonda tarbiyachi barcha tarbiya usullaridan mohirona, oz ornida va ularni bir-biri bilan mustahkam boglangan holda olib borishi barkamol insonlarning kamolga yetishini kafolatlaydi. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling