Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mavzusidagi


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………


Download 176 Kb.
bet2/13
Sana13.04.2023
Hajmi176 Kb.
#1354872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Azizova Zulfiya 2023

UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………
ILOVA.
KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangidan- yangi islohotlar maktabgacha ta`lim tizimini yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Jahonda ta’lim sohasidagi innovatsion rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda maktabgacha ta’lim tizimi mutaxasis kadrlarini kompetensiyaviy talablar asosida yuksaltirish hamda jahon oliy ta’lim muassasalarida yosh pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, kasbiy kompetentlikning mazmuni, tizimli tarzda tashkil etishning metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda tarbiyachilarning pedagogik-psixalogik kompetentlikni takomillashtirish modellarining samaradorligini oshirish, innovatsion metodikalar hamda elektron ta’lim resurslari asosida tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish va baholashning samarali shakl va metodlarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichida maktabgacha ta’lim pedagoglarining salohiyatini yanada yuksaltirish ijodiy va kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirishga tayyor mutaxassislarni tayyorlashning huquqiy-me`yyoriy asoslari yatarilmoqda. “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash sistemasini davom ettirish” 1 yurtimizda ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu borada maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb yo‘nalishlardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “ Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari, 2019 yil 16 dekabrdagi O‘RQ-595- son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni , O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312 sonli ’’O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi’’ 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’gi PQ 2707-sonli , 2017 yil 30 sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida’’ gi PQ 3261-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “ Maktabgacha ta`lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 18 may 418-son qarori , O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirining 2020 yil 1 iyul 98-sonli buyrig`i hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishimiz uchun muayyan darajada xizmat qiladi.
Jamiyat va fan madaniyatining rivojlanishi ta`lim va tarbiya ishlarining qay yo`sinda olib borilishiga bog`liqdir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta yoshlarni chuqur bilimli va barkamol shaxs taqdiri bilan bog’liqligini unutmagan holda ushbu muommoni mahoratli bilimli pedagoglar faoliyatiga tayanib yechish mumkunligini unutmasligimiz lozim. Jumladan Surxandaryo viloyatida jami 5349 ta pedagog xodimlar ishlab kelmoqdalar shundan oliy ma`lumotli mutaxassislar 1799 ta , tugallanmagan oliy mutaxasislar soni 479 ta hamda o`rta maxsus mutaxasislar soni 3071 tani tashkil etmoqda. Maktabgacha ta`lim boshqarmalari tomonidan sohaning yetuk va mahoratli mutaxasislarini aniqlash ularning ish faoliyatlarini ommalashtirish ular ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish ustoz –shogird tizimida ishlarning olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta`lim imkoniyatlardan foydalanib yosh mutaxasislarning pedagogik–psixalogik kompetensiyasini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun tarbiyachilarimiz yetarli darajada bilimga, amaliy ko’nikmalarga, pedagogik-psixologik bilimdonlikga, layoqatga ega bo’lishlari lozim. Shu sababdan bizning magistrlik tadqiqot ishimiz “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart sharoitlari” deb nomlanadi va o’zining dolzarbligi bilan diqqatga sazovordir. Ya’ni, tarbiyachi pedagoglarning pedagogik-psixologik kompetensiyasini oshirishning obyektiv zarurati va uni rivojlantirish shartlarini ishlab chiqilmaganligi bizning tadqiqotimiz muammosini belgilab berdi va ushbu muammo doirasida mavzu shakllantirildi .

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling