Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mavzusidagi


Pedagoglarning psixologik –pedagogik kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot ishlari haqida


Download 176 Kb.
bet8/13
Sana13.04.2023
Hajmi176 Kb.
#1354872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Azizova Zulfiya 2023

1.3. Pedagoglarning psixologik –pedagogik kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot ishlari haqida
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim kontseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Psixolog L.S.Vo’gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “YAqin rivojlanish zonasi” g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi. Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantirish barcha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining asosi.  Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.  Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantirish metodlariga ilmiy tafakkurni jonlantirish, yangi muammolarni yechish malakasini ishlab chiqishga, muammolarni yechishda ongli izlanishga olib keladigan metodlar taalluqlidir.  rivojlantirish metodlariga ilmiy tafakkurni jonlantirish, yangi muammolarni yechish malakasini ishlab chiqishga, muammolarni yechishda ongli izlanishga olib keladigan metodlar taalluqlidir.  Bularga1.L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
2.D.B.Elkoninning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
3.V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi kabilar kiradi.
L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va nazariy bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili. L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi. o`quvchilarning bilim egallashi va mashqlari asosida faqat qayta yaratuvchi faoliyat yotar ekan, fikrlash va faoliyat go`yo oldindan solingan yo`l bo`ylab boradi. Bu nafaqat o`quvchilar aqliy rivojiga yordamlashmaydi, hatto ayrim hollarda uni tormozlaydi ham. Ular faktik materialni chuqur tahlil qilishiga o`rganmay, axborot va uni amalda qo`llash usullarini mexanik yod olishga intiladilar.
Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo`ymoqda. 2006 yil iyul oyida SanktPeterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta’lim” to`g’risidagi hujjat g’oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’i nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo`lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta’lim” iborasi paydo bo`lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta’lim o`qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo`lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo`lga qo`yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o`qitishni jamoaviy o`qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to`g’risidagi harashlar o`z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o`qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o`qitishning individual yo`nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o`qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o`z-o`zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va boshqalarni keltirish mumkin.
Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o`qitishda o`zlashtirishni yuqori ko`tarish, o`quv jarayonida qiziqtirishni, o`quv materialini tushunishni yaxshilashni, funktsional savodxonlikni shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy fikrlashni, ekologik va iqtisodiy fikrlashni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuharolik ongini, o`z-o`zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo`naltirilgan edi.
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy to`zilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog’liq. Bu jarayonlarning asosi bo`lib oxirgi uch, o`n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo`ldi (A.A.Abdulina ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q).
Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo`nalishlari ichida xususiy innovatsion nazariyani, shaxsiy (xususiy) yo`nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-to`zilmaviy modelini, ta’limni ko`p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko`rsatish mumkin.
D.B.Elkonina va V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va ularning mashg’ulotlardagi o’quvchilarning maqsadga yonaltirilgan faol o’quv faoliyati tamoyili.

    • D.B.Elkoninning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.

    • O`quv faoliyati–ijtimoiy tajribani o`zlashtirish asosidir.

    • D.B.Elkonin ta'kidlaydiki, o`quv faoliyati eng avvalo shunday faoliyatki, uning natijasida tinglovchining (o`quvchida) o`zida o`zgarish yuz beradi. Bu faoliyat o`z xolicha o`zgarishdir. Uning maxsuli, sub'ektning o`zida yuz bergan o`zgarishlardir. Uning maxsuli, sub'ektning o`zida yuz bergan o`zgarishlardir

    • V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi

    • Bolaning aqliy rivojlanishda rejasini ta`lim va tarbiya taraqqiyoti belgilaydi. Yani, ta`lim va tarbiya taraqqiyoti bola rivojlanishidan oldinda bo`lishi lozim.

    • Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantiruvchi

    • Zona- ta`limning taraqqiyot zonasi ichida bo`ladi.

Oxirgi o`n yillikda pedagogik innovatsiyani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potashnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o`ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o`qitish jarayonida bo`lg’usi o`qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo`lib qolmoqda.
2. Shaxsiy yo`nalishli ta’lim kontseptsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vigotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davidov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmo-lov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Tsukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshharuv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug’ullangan. Ushbu kontseptsiyaning yetakchi g’oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o`rnini anglab yetish, predmetlarni o`zlashtirish bilan asosiy e’tibor o`quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o`qitishga asosiy maqsad haratiladi.
Ushbu kontseptsiyaning boshqa bir g’oyasi o`quv shakllarini konstruktsiyalash bilan bog’liq bo`lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida haraladi, (xususiy o`quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo`lg’usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo`lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o`zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo`lib, bunda ta’lim- 44 oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo`naltirilgan shaxsni o`zgartirishga haratilgan jarayondir.
Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko`nikma va malakalar emas, balki shaxs o`sishiga qobiliyat, empatik o`zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka haratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o`z-o`zini faoliyatini yo`lga qo`yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon tinglovchi yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo`lga qo`yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyaning keyingi g’oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog’liq: tinglovchi “o`rganuvchi”, “o`quvchi”, “o`qitadigan” pozitsiya orqali o`tadi. Agar oliy o`quv yurti “o`qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo`lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o`quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan tinglovchining o`z-o`zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo`lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o`zini qayta qurish sub’ekti ham tinglovchi, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O`qituvchi faoliyati ham o`zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, tinglovchilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada tinglovchilar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko`ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo`lga qo`yish dolzarb bo`lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug’ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog’i zarur. Bundan tashhari oliy ta’limda har bir fanlarni o`qitish sohasida pedagogi-psixologik va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanishlari kerak.
An’anaviy pedagogikada formal va moddiy ta’lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o’rta ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadi? Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (kontseptsiyasi) vujudga keldi (bu nom E.Shmit va A.A.Nemeyerning «Printso’pi vospitaniya i obucheniya» asarida tilga olinadi).
Kontseptsiya tarafdorlari ta’limni o’quvchilarning itidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g’oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko’p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g’oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar rivojlantirishdi. Ular o’qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o’quvchining iqtidorini rivojlantirish, o’quvchining to’g’ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo’lishi shart deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbai aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug’iladi, shu bois ta’lim o’quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o’stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o’rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda ushbu nazariya g’oyalari asosida ish ko’riladi.
XVII asr oxiri – XIX asr boshlarida moddiy ta’lim nazariyasi jadal rivojladi. Nazariyaning paydo bo’lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo’lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (kontseptsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni “entsiklopedistlar” deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o’zlari o’qitadigan fanga iloji boricha ko’proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirishga bunday yondoshishning samarasi kam bo’lib chiqdi, chunki o’quvchilarga juda ko’p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o’zlashtiriladi. Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g’oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim manbai fag’at tajriba hisoblanadi, deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi: o’quvchilarni asosan tabiiyilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o’quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real yo’nalish deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya, va Turkistonda real gimnaziya va real bilim yurtlarida o’qitish qadimgi va g’arbiy Yevropa tillarini o’rganishga emas, balki tabiiyilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o’zlashtirishga asoslangan.
Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o’zlashtirishdan uzoq bo’lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o’ylab topilgan yolg’on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan emas, odamni o’zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. SHunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo’ladigan bilimlarni ham berishi kerak. O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida “... bilim bizning aqlimizni va bizninng xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o’xshaydi” deb yozadi. SHu bilan bir vaqtda A.Avloniy fanni o’zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bo’lmaydi, lekin uni o’rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o’quvchvilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashni shakllantiradi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling