Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mavzusidagi


Tadqiqot natijalarining ilmiy amaliy ahamiyati


Download 176 Kb.
bet5/13
Sana13.04.2023
Hajmi176 Kb.
#1354872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Azizova Zulfiya 2023

Tadqiqot natijalarining ilmiy amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari yuzasidan pedagogik qarashlar, nazariy yondashuvlarga ega bo‘ladi.
Tadqiqot natijalari quyidagi amaliy vazifalarni hal etishda foydalanish imkoniyati yuzaga keladi:
- maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kompetensiyasi shakllantiriladi;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining axborot texnologiyalirining imkoniyatlaridan unumli foydalanish ko’nikmalari shakllantirildi.
- maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirtirishning ilmiy asoslari yaratiladi.
Tadqiqot gipotezasi: innovatsion faoliyat sharoitida tarbiyachilarning malakasini oshirish texnologiyasi quyidagi hollarda samarali bo'ladi degan taxminga asoslanadi:
Tadqiqot ishining tuzilishi: Ushbu tadqiqot ishi kirish, uch bob, sakkizta paragrf, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
I BOB. Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari.
1.1. Tarbiyachilarda kasbiy mahoratini rivojlantirish muammosining o’rganilganlik darajasi


Yosh avlod kamolotini ta`minlashda muhim rol o`ynovchi subyektlar sirasida o`qituvchi va uning roli behad qadrlangan. Asrlar davomida o`qituvchi shaxsiga nisbatan alohida hurmat ko`rsatilib qolmasdan, o`z navbatida uning ma`naviy-axloqiy sifatlarga ega bo`lishi yuqori baholangan va unga yuksak talablar qo`yilgan. Ana shunday talablar mohiyati ilk yozma manbaa sanalauvchi “Avesto”, Islom dinining muqaddas manbaalaridan biri bo`lgan “Hadis”, shuningdek, ulug` mutafakkirlar – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa`diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat bva boshqalar tomonidan yaratilgan asarlar mazmunida ham o`z ifodasini topgan. Shaxs, uning kamoloti hamda ma`naviy-axloqiy qiyofasi borasida yaratilgan asarlarda ilgari surilgan qarashlar bevosita o`qituvchi sahxsi va uning qiyofasi mohiyatini ham yoritishga xizmat qiladi. Bu borada U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, J.Tulenov, F.Shayxova, E.Yusupovlar tomonidan yaratilgan asarlar alohida ahamiyat kasb etadi. A.Aliyev, X.Abdukarimov, A.A.Verbitskiy, V.K.D`yachenko, B.R.Jo`rayeva, S.M.Markova, V.S.Merlin, L.M.Mitina, V.A.Slastenin, N.E.Kurkova, D.O.Himmatilliyev va boshqalarning ishlarida uzluksiz pedagogik ta`lim tizimida o`qituvchi shaxsini kasbiy shakllantirish, o`quv-tarbiya jarayonida kasbiy madaniyatni milliy qadriyatlar asosida shakllantirish, pedagogik turkum fanlarini o`qitish jarayonida bo`lajak o`qituvchilarning pedagogik madaniytini tarbiyalash, shuningdek, pedagogik mahoratni qaror toptirish masalalari yoritilgan bo`lsa, M.Yu.Mahkamova, B.X.Rahimov, E.I.Passov va T.Qudratovlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida bo`lajak o`qituvchilarda muloqot va nutq madaniyatini shakllantirish borasida so`z yuritiladi. Maktabgacha tarbiya pedagogik bilim yurtlarida o`qituvchilarning kasbiy yo`nalganligini shakllantirish masalasi K.S.Shodiyeva tomonidan tadqiq etilgan. Ta`lim muassasalarining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish jarayonining muvaffaqiyatini ta`minlovchi pedagogik texnologiyalar o`z navbatida o`qituvchilar, shu jumladan, bo`lajak o`qituvchiarning ham kasbiy malakalarini oshirish, ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalashning muhim omili sifatida e`tirof etilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.) ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida ``o`quv-tarbiyaviy jarayonni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlashning muhimligi`` alohida qayd qilingan. Shuning uchun ham mamlakatimiz o`quv yurtlarida pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar va bu tushunchani o`ziga xos talqin qilishlar, shuningdek, pedagogik texnologiyani o`quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondashuvlar sodir bo`lmoqda. T.S. Nazarovaning qayd etishicha, pedagogik texnologiya 70-yillarning boshlarida AQSHda yuzaga kelgan bo`lib, uning asoschilari taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, Dj.Kerrolla, Dj.Blok, L.Anderson va boshqalardir. Respublikamizning taniqli olimlari R.X.Jo`rayev, U. N.Nishonaliyev, N.S.Sayidaxmedov, B.L.Farberman, Rossiya pedagog-olimlari, V. P. Bespalko, V.S.Bezrukova, M.V.Klarin va boshqa olimlar: M.J.Aristanov va J.S.Haydarov o`z ilmiy tadqiqotlarida ``pedagogik texnologiya`` tushunchasining mohiyatini va ahamiyatini ochib berishga munosib hissa qo`shganlar. 2
V.P. Bespalko, “Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”, - deb ta`rif bergan. Rossiya olimlaridan V.M. Monaxov: “Pedagogik texnologiya – avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo`lgan tartibli amallar tizimidir”, degan qisqacha ta`rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e`tiborni qaratadi. “Pedagogik texnologiya – o`quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg`unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, deydi. M.V. Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya – o`quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko`rsatkichlaridan kelib chiqib, o`quv jarayonini loyihalashdir”. Nurali Saydahmedov va Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, “Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensive shakllantirish jarayonidir”. O`. Topilovning fikricha, “Pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta`minlovchi pedagogik jarayonlarning barcha bosqichi va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim”. Yapon pedagog olimi T. Sakomoto bergan ta`rifni keltiramiz: “Pedagogik texnologiya – bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir”. Birlashgan Millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKOning ta`rifi bo`yicha, “Pedagogik texnologiya - bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o`zaro uzviy bog`liq holda ko`rib, butun ta`lim jarayonini loyihalashda va amalda qo`llashda majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishdir”. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan xususiyatlaridan va majmular nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagi kengaytirilgan ta`rifni beramiz. Mavjud manbalar mazmuning tahlili shuni ko`rsatatdiki, ularning aksariyatida mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda muammolar borligi va ularni hal qilish muhim vazifalardan ekanligi ko`rinib turibdi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilarni kasbiy madaniyatini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ishlar yetarli darajada asoslanmagan. Shu nuqtai nazardan, bo`lajak tarbiyachilarning yetuk mutaxassis sifatida kasbiy madaniyatini namoyon eta olishlariga erishish davr talabidir. Shu bilan birga, tarbiyachilarning kasbiy madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati, zarurati shu kungacha yoritilmagan.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, ilg‘or innovatsion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan ishlarga yangicha sur’at berdi. Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda. Aynan ushbu muhim masalalar yuzsidan, O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga ega bo’lgan davlatgina yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi,1 deb ta’kidladilar. Aynan shuning uchun ham ta’limda ma’naviy va g‘oyaviy yuksak,salohiyati jihatidan intellektual mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’limni rivojlangan mamlakatlar darajasida yuksaltirish, yoshlar g`oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantiradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoldi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o`z-o`zidan rivojlanmaydi, balki jamiyatning yuqori saviyadagi tajribali pedagog mutaxassislarning kuchli pedagogik mahorati, intellektual va ilmiy salohiyati mexnizmining tanafussiz shiddat bilan faoliyat olib borishlari orqali amalga oshiriladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham davlat va jamiyatning yagona maqsadi – barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Modelning tarkibiy qismlari uzluksiz ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo`lib, shaxs rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Bundan kutilgan maqsad: O`zbekistonda mustaqil fikrlaydigan, tafakkur tarzini isloh etishga ehtiyoj sezgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat3.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan yo`l va davlatimiz tomonidan yoshlarga O`zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolar uchun xoh iqtisodiy, xoh siyosiy, xoh ma’naviy sohada bo`lsin barcha imkoniyatlar yaratib berildi va bu imkoniyatlar bugungi kunda davom ettirilib, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan O`zbekistonni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi “Harakatlar strategiyasi” da o`z aksini topdi. Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta’lim tizimini yanada isloh qilish, ta’lim-tarbiya va o`quv jarayonining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini hal qilishga alohida ahamiyat berildi. “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy о‘quv va laboratoriya uskunalari,kompyuter texnikasi va о‘quv - metodik qо‘llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora- tadbirlarni kо‘rish”3 dek vazifalar yuklandi. Buning natijasida amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar talablariga javob bera oladigan darajaga ko`tarish vazifasi qo`yilmoqda.
Pedaggogika tarixi, pedagogik mahorat, tarbiyachining kasbiy va axloqiy sifatlari tо‘g‘risida dunyo pedagog-olimlari shu jumladan Respublikamizda faoliyat olib borayotgan bir qancha tadqiqotchi olimlarimiz ham о‘quv qo’llanmalar va ilmiy ishlanmalar yaratganlar. Jumladan O. Xasanboyeva, J. Xasanboyev, X. Xomidov “Pedagogika tarixi” o’quv qo’llanma, M.Tojiyev, B.Ziyamuxamedov, M.O‘ralova “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanining O‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash” , A. Xoliqov Pedagogik mahorat”, Pirmuxamedova M. “Pedagogik mahorat asoslari”, Mutalipova M.J “ Xalq pedagogikasi “, Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A. “Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish”, Mahmudov N. М. ‘Tarbiyachi nutq madaniyati” kabi o’quv adabiyotlari va darsliklar ishlab chiqilgan.
Barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, Tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarning g‘oyaviv- siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat tarbiyachidan o‘z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobilyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo tarbiyachilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, tarbiyachilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim. Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta’lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda tarbiyachi-tarbiyachilarning mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa turganligi ta’kidlanadi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunning 3-moddasida ta’lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilingan hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berilgan4:
-ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
-ta’linming uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
majburiyligi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo’lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Ushbu prinsplar zamirida tarbiyachi pedagogik faoliyatining-asosiy mohiyati mujassamlangan bo‘lib, uni hayotga tatbiq etish tarbiyachilar zimmasiga yuklatilgan. Tarbiyachi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlovchi asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. Shu jihatdan ham tarbiyachining kasbiy mahoratini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimini vujudga keltirish ta’kidlanadi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo'llab-quvvatlash ta’minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham tarbiyachining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davrtalabi ekanligi ta’kidlanmoqda.“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham bir qancha talablar belgilab beriladi4. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish; - ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash;
- bo'lajak tarbiyachilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf-odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida tarbiyachilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ hujjatlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
- bo'lajak tarbiyachilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
- bo'lajak tarbiyachilami yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarishga o'rgatish5. Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda boyish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalar boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklami aniqlash hamda ulami bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud. Tarbiyachi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk 0‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlari tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilarni kasbiy madaniyatini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ishlar yetarli darajada asoslanmagan. Shu nuqtai nazardan, bo`lajak tarbiyachilarning yetuk mutaxassis sifatida kasbiy madaniyatini namoyon eta olishlariga erishish davr talabidir. Shu bilan birga, tarbiyachilarning kasbiy madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati, zarurati shu kungacha yoritilmagan.
“Pedagogik texnologiya - bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o`zaro uzviy bog`liq holda ko`rib, butun ta`lim jarayonini loyihalashda va amalda qo`llashda majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishdir”. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan xususiyatlaridan va majmular nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagi kengaytirilgan ta`rifni beramiz. Mavjud manbalar mazmuning tahlili shuni ko`rsatatdiki, ularning aksariyatida mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda muammolar borligi va ularni hal qilish muhim vazifalardan ekanligi ko`rinib turibdi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling