Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mavzusidagi
Download 176 Kb.
|
Azizova Zulfiya 2023
"Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so ‘zi, axloqi va odobidadir.Tarbiyachining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham, ko'rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi bo'lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli bo‘lishi darkor. U muloqotda bamisoli so ‘z zargari ekanligini ko’rsata olishi muhimdir”.7 Darhaqiqat, tarbiyachilarning obro'-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, tarbiyachi ma’naviy jihatdan sog'lom va keng fikrlay oladigan bo'lishi, o'z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o'zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan, allomalaming hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo'lishi lozim Bu tarbiyachi pedagogic mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bolmish yosh avlodga chuqur bilim berish tarbiyachilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
Tarbiyachilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o'quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun tarbiyachilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiv natijalari tarbiyachi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. Tarbiyachi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Nutq malakasi va texnikasini mukammal o’zlashtirish Tushunarli, ta’sirchan his-tuyg’ularni so’zda aniq ifodalash Mimik va pantomimik harakatlardan o’z o’rnida foydalanish Ma’noli va ochiq chehra bilan qarash Hissiy-psixik holatlarda o’z his-tuyg’ularini jilovlay olish Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo'lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish. 7. Savodli va sof adabiy tilda gapirish 8. O’quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo'lish. 9. Ijodiy-pedagogik qobilyatlarni qo’llay bilish 10. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish. 11. Muosharat odobiga rioya qilish.8 Tarbiyachi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralaiini namoyon eta olishi, yetuk tarbiyachi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur. Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib. u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O’rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg‘or xorijiy davlatlaming tarbiyachilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti asrida ildizi qadim o’tmishga borib taqaladigan ustoz-shogird munosabatlari har qachongidan ko’ra ko’proq mustahkamlanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida ”ustoz-shogird” an’analarining zamonaviy tendensiyalari: muammolarini aniqlash va yechimlarini izlashda ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-Farmon asosida umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash, respublika bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholashni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosatsiyasi (IEA) kabi nufuzli tashkilotlarning PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur), TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash), PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) o‘quvchilar bilimini baholash dasturlari darajasiga olib chiqish, maktablarning milliy reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ta’lim muassasalariga ko‘maklashish maqsadida 2020 yil 23 noyabrь kuni Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi 17, 18 va 42-sonli, Romitan tumanining 28-sonli, Buxoro tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktablari bilan ta’lim sifati va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida memorandum imzolandi.Mazkur memorandum doirasida universitet tomonidan amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilandi:Umumta’lim maktablarida “hayot saboqlari”, “olimlar kuni” va “kafedralar soati” kabi mavzularda seminar va ochiq muloqotlar o‘tkazish amaliyotlarini joriy qilish;Universitet xususiyati va kafedralar salohiyatidan kelib chiqib, professor-tarbiyachilar tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan fan tarbiyachilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish;Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovini oshirishda ko‘mak berish;Yuqori sinf o‘quvchilari uchun, ularning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, maktab qoshida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlariga tayyorlov kurslarini tashkil etish;Universitet ilmiy xodimlari va doktorantlarini jalb etgan holda, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash;O‘quvchilarda ilm-fanga qiziqishni uyg‘otish maqsadida, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, universitet professor-tarbiyachilari tomonidan darsdan tashqari fan to‘garaklarini tashkil etish;Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida “OTM olimpiadasi”ni o‘tkazish va eng yaxshi o‘quvchilar uchun “OTM stipendiya”sini joriy qilish;Pedagogika yo‘nalishidagi bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotini, maktabda tashkil etish;Maktabda asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan tayanch fan bo‘yicha kafedra filiali va laboratoriyani tashkil etish;O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida, maktabda “kasblar kuni”ni o‘tkazish va muvvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish; “5ta tashabbus” doirasida maktablarga ko‘mak berib borish;Maktabdagi ijtimoiy muhit va o‘zaro munosabatlarni o‘rganish, mavjud muammolar bo‘yicha ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish va aniqlangan muammolarning echimlarini topish bo‘yicha mahalliy hokimlik va Deputatlar kengashi bilan hamkorlik qilish;Umumta’lim maktabining kutubxona fondini boyitish va hududida yashovchi fuqarolar foydalanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratish;Imkoniyatlardan kelib chiqib, ta’lim muassasasining o‘quv laboratoriya sinflari, kutubxona, informatika, kasbga yo‘naltirish o‘quv xonalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashda ko‘mak berish;Muassasaning istiqboldagi faoliyatini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratuvchi dolzarb muammoli mavzular bankini aniqlashda hamkorlik qilish va ushbu mavzular bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari asosida tadqiqot olib borish;Maktablarni milliy va xalqaro reyting indikatorlaridan kelib chiqib, rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, milliy reyting indikatorlarni yaratish jarayonida xorijiy tajribalarni o‘rganish;O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda maktab direktorlari va tarbiyachilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash;Bitiruvchi o‘quvchilarning (11-sinf) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’limiy tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichlarini, oliy va birinchi toifali tarbiyachilar ulushini, 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini oshirish bo‘yicha har bir ta’lim muassasasi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqish;Pedagog va rahbar xodimlar faoliyati samaradorligi (o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnoma)ni amalga oshirish;Umumta’lim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘qitish muhiti holati (pedagogik orasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rov) baho qo‘yishdagi xolislik uchun o‘tkaziladigan so‘rovnomalarni onlayn tarzda yil davomida tashkil etish;innovatsion mahsulotni yaratish va tatbiq etish bo‘yicha birgalikda faoliyat yuritish hamda muammoli mavzular bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun innovatsion guruhlarni shakllantirish;Muassasada muammoli mavzular bo‘yicha doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun mavzular ro‘yxatini yaratish va yangilab borish;Muassasa, uning hududiy bo‘linma va tashkilotlarida Universitet kafedralarining filiallarini tashkil etish;Universitet magistrantlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va professor-tarbiyachilarining muassasa va uning tegishli bo‘linmalariga stajirovkaga yuborish;Universitetda muassasa xodimlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, “Ilmiy axborotnoma”, “Pedagogik mahorat”, “Psixologiya” ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalarni chop etish uchun imkoniyat yaratib berish;Muassasa xodimlariga Universitetning Axborot-resurs markazidan foydalanish imkoniyatini yaratish;Muassasa bilan hamkorlikda Universitetning professor-tarbiyachilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va talabalari ishtirokida qo‘shma seminarlar, anjumanlar, konferentsiyalar, davra suhbatlarini tashkil etish. Download 176 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling