Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mavzusidagi


Download 176 Kb.
bet9/13
Sana13.04.2023
Hajmi176 Kb.
#1354872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Azizova Zulfiya 2023

I. Bob bo’yicha xulosa
Bugungi kunda turli ta’lim kontseptsiyalari mavjud. Kontseptsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo’lishi kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondoshish o’quvchilarni fan va ishlab chiqarishga jalb etishga qaratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga yo’naltirishga emas. Amalda odam bu yerda ishlab chiqarish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm). Boshqa bir kontseptsiya ta’lim mazmunini o’quvchi o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar majmui sifatida qaraydi. Bu kontseptsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish yetarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagicha bo’ladi: o’sib kelayotgan avlodga ona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar bo’yicha bilim va malakalar berish zarur.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning ko‘lami shu darajadaki, unda uzluksiz ta’lim tizimini barcha bosqichlari – maktabgacha ta’limdan tortib toki kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bosqichi, qolaversa, ta’lim tizimini boshqarish bo‘g‘inigacha bo‘lgan jarayonlar qamrab olingan. Zero, mazkur bosqichlarning har biri yaxlit tizim bo‘lgan ta’lim sohasining muhim tarkibiy elementlari bo‘lib, ular bir-birlarini taqozo etadi, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda rivojlanadi.
Mavjud sharoitda, ta’limiy islohotlar doirasida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonining asosiy ishtirokchisi bo‘lgan tarbiyachi, pedagoglarni tayyorlash, ularni kasbiy shakllantirish, sohaviy bilim, ko‘nikma, malakalarini izchil rivojlantirish, kasbiy kompetentlik sifatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish barcha davrlarda bo‘lgani kabi dolzarb muammo ekanligini tasdiqlaydi. Binobarin, tarbiyachi, pedagoglarning bilim darajasi, kasbiy tajribasi, pedagogik kompetentligi, ilg‘or ish uslublari, kasbiy faoliyatiga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlari yosh avlodga ta’lim berish, uni barkamol shaxs etib tarbiyalashga qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarni to‘g‘ri anglash, zimmalariga yuklatilgan vazifani mavjud talablardan kelib chiqqan holda oqilona tashkil etish uchun muhim “yadro” bo‘lib xizmat qiladi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling