Muammoning o’rganilganlik darajasi:
O’rta Osiyo uyg’onish davri mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy ,Abu Ali Ibn Sino, Burhoniddin Zarnudjiy, Muslihiddin Sa’diy Sheroziy ,Alisher Navoiylarning badiiy – falsafiy asarlarida, G’arbda Qadimgi Yunoniston va Rimda Demokrit , Suqrot, Aflotun , Arastu , Mark Fabiy Kvintilian ,Yan Amos Komenskiy , Adolf Disterverg kabi buyuk faylasuf, mutafakkirlarning ta’limotlarida pedagoglar haqida qimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Pedagoglarning psixologik-pedagogik kompetetlik darajasini ko`plab olimlar o`rganib tatqiqot ishlari olib borishgan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stiligi mamlakatlaridan O.A.Abdulina, Ye.M.Borisova, E.F.Zeer, I.A.Zimnyaya, N.V.Kuzmina, M.I.Lukyanova, A.S.Markova, S.N.Mironenko, V.A.Slasteninlar kasbiy kompetentlikni shakllantirish hamda rivojlantirishda bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar.
Xorijiy mamlakatlar olimlaridan G.Spenser, B.Blum, R.Mohanlarning tadqiqotlarida ta’limda ijodkorlik,pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, kompetentlik masalalari, kasbiy- pedagogik yetuklik muammolari, pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda rivojlantirish nazariyasi va amaliy yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonlik pedagog, psixolog va faylasuflar: D.A.Abdurahimova, M.K.Abduhakimova, O‘.K.Adamova, Z.Azizova, M.Asqarova, M.Asqarxo‘jaeva, M.Yu.Ayupova, D.G.Boboeva, U.Bo‘taeva, K.Oqilova, F.B.Valixo‘jaeva, F.R.Qodirova, T.S.Usmonxo‘jaev, S.T.Islomova, M.Fayzullaeva, Z.Rahimova, M.Rustamova, D.J.Sharipova, Q.S.Shodieva, Sh.Shodmonova, P.Yusupova, D.Imamova, Sh.Majitova P.Yusupova va boshqalarning ishlarida maktabgacha ta‘lim muassasalari va unda faoliyat yurituvchi tarbiyachilar shaxsiga qo’yiladigan talablarga doir izlanishlar amalga oshirilgan.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Tadqiqot vazifalarini amalga oshirish uchun Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlariga qaratilgan qator ilmiy-pedagogik metodlardan foydalanish tahlil, umumlashtirish, tizimlashtirish, modellashtirish, empirik-pedagogik eksperiment, anketa, pedagogik kuzatish, so’rov, suhbat, test faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish, aks ettirish, eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash-eksperimental natijalarni miqdoriy va sifat tahlili, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |