Tarbiyachining nutq madaniyati
Download 277.92 Kb.
|
Majmua Tarbiyachining nutq madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari
Tugallangan darak gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Xuftonda ayollar davra qurib gulxan yoqdi. (T.Murod) Ayollar nag‘malarga hamohang chapak chaldi. (T.Murod)
Darak mazmunidagi gaplar tuzilishi jihatidan qanday bo‘lishidan (sodda, qo‘shma, todiqsiz, atov, ilova va sh.k.) qat’i nazar, ularning har qanday tipi oxiriga nuqta qo‘yiladi: Ayol go‘dak isini birinchi farzandi tug‘ilganidayoq his etadi. Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi. To‘qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. (O‘.Hoshimov) Agar alohida emotsionallikka ega bo‘lmasa, buyruq gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi: Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma. Qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Dono nodondan o‘zini birpog‘ona quyi tutsa, hayron bo‘lmang. (O‘.Hoshimov) Gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda, darak (va nominativ) mazmunida bo‘lishiga qaramasdan, ularning oxiriga nuqta qo‘yilmaydi: Mustaqillik o‘zlikni tanimoqdir (B.Qosimov); Ular xalqning yuragida yashaydi (B.Qosimov). Ammo sarlavda ikki gap (qism)dan iborat bo‘lsa, mazmun shuni talab qilsa, birinchi qismdan keyin nuqta qo‘yiladi: Mantiq fanining bahs mavzusi va maqsad-vazifalari. Mantiq qonunlari (“Mantiq” o‘quv qo‘llanmasi). Estetik ong va estetik faoliyatning mohiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlari. Asosiy estetik kategoriyalar (tushunchalar) (“Mantiq” o‘quv qo‘llanmasi) Muayyan tasnif tarkibidagi tartibni bildiruvchi raqamlardan keyin nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, bu raqamlar bilan ko‘rsatilgan gaplardan keyin ham nuqta qo‘yiladi: Mazmuniy-sintaktik munosabatlarni umumlashtirgan holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: Subordinativ munosabat. Koordinativ munosabat. Kopulyativ munosabat. 4. Introduktiv munosabat. (“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi). Ammo mazkur tartibni bildiruvchi raqamlar (yoki harflar) qavs bilan ajratilgan bo‘lsa, ular bilan ko‘rsatilgan gaplarning so‘nggisidan boshqalari oxiriga nuqta emas, balki nuqtali vergul (ba’zan vergul) qo‘yiladi: Shunday qilib, mavjud adabiyotlarda sintaksisning to‘rtta o‘rganish obyekti ko‘rsatiladi va o‘z navbatida, sintaksis ham o‘rganish obyektiga ko‘ra to‘rtga ajratiladi: 1) so‘z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi; 3) qo‘shma gap sintaksisi; 4) matn sintaksisi. (N.Mahmudov, A.Nurmonov) Bundan tashqari, mavjud qo‘llanmalarda nuqtaning qo‘llanilishidagi quyidagi holatlar ham sanaladi: Ismi, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng: A.Qodiriy, A.Oripov, A.Cho‘lpon kabi. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng: va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘.G‘. (G„afur G„ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent); “O‘qituvchi” nashr.; 1995-y. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin: O‘z uyida bir nonxo‘r ortishi maxdumga, albatta, yoqmas edi. Biroq onasining ra’yini qaytarishdan ham ojiz edi. Maxdumdan arazlab Marg‘ilon ketishga majbur bo‘ldi. Biroq ketar chog‘ida ham Anvarni unutmadi. (A.Qodiriy). O‘tgan qishda, senga emas, mollarga ichim achidi. Shuning uchun pichan berdim. Bola yolg‘iz, jo‘ralarsiz mana shu sodda, bayov narsalar qurshovida yashardi, avtolavkagina hamma narsani unutish-ga, ko‘ringanda chopishga majbur qila olardi. Shuning uchun ko‘chma do‘konni ko‘rgan zahoti hamma narsani unutib, o‘zini o‘sha tomonga otardi. (Ch.Aytmatov) Bobosi avtodo‘kondan bolaga yangi va yaltiroq portfel olib beradi. Chunki u bu yil kuzda maktabga borishi kerak edi. (Ch.Aytmatov) Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta qo‘yilishi kuzatiladi: 21.03.2015. Qavs ichidagi remarkadan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Dezdemona. Duo o‘qiy hech bo‘lmasa! Otello. Vaqt o‘tdi, kech. (Uni bo‘g‘adi.) (Shekspir, “Otello ”) Sahna asarlarida qahramonning ismini anglatuvchi so‘zdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Otello. Ko‘p shifobaxsh yoshlar oqar. Barisin ayting... (O‘ziga o‘zi xanjar uradi.) (Shekspir, “Otello”) Remarka qahramonni anglatuvchi so‘zdan keyin kelsa, uni biror jihatdan tavsiflasa yoki biror harakatini bildirsa, qahramonni anglatuvchi so‘zdan keyin emas, remarkadan so‘ng qavs yopilgach, nuqta ishlatiladi: Farmon (g‘azab bilan). Ota-onangiz axloq, odob degan narsalarni o‘rgatmaganmi? (S.Ahmad) Yozma nutqda davomiylikni bildiruvchi va hokazo, va boshqalar kabi iboralar qisqartirilsa, har bir harfdan keyin nuqta qo‘yiladi: va h.k., va h.,va b., va sh.k. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi. 2 • 2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt). Ba’zan nuqta murakkab sonlami (raqamlarni) sinflarga bo‘lib ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. Bunda murakkab (ko‘p xonali) sonlarni o‘qish osonlashadi, metodik izchillik, qulaylik vujudga keladi: 4.400.000 tonna. So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlariSo‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan . So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Uni Fitrat shunday ta’riflaydi: (?) so‘rash belgisidir. So‘rash gaplaridan keyin qo‘yiladir: Ona uchun bu ish mumkinmi? Sen bularning holini bilmaysanmi? O‘z quchog‘ingdag‘i hollardan xabarsizmisan? Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘roq belgisining qo‘llanishi quyidagicha: So‘roq mazmunidagi gaplar qanday vositalar yordamida shakllangan bo‘lishidan (so‘roq olmoshlari, so‘roq-taajjub yuklamalari, so‘roq intonatsiyasi va sh.k.) qat’iy nazar, ularning har qanday ko‘rinishi oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Rashk do‘stimizmi yoki dushmanimizmi ?( T.Malik) Download 277.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling