Tarbiyachining pedagogik muloqoti
Download 362.23 Kb. Pdf ko'rish
|
TARBIYACHINING PEDAGOGIK MULOQOTI
kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida shunday yozadi: “Tarbiyachi
— ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy 7 xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Demak, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi murabbiylarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘likdir. Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida (1997 yil 29 avgust) so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni bildiradi, ularga, albatta, diqqatni qaratish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz... tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o‘zini mutaxassisligi bo‘yicha chuqur puxta bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. 8 Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi, xatti- harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak. • Nutqning aniqligi. • Nutqning irodaviyligi. • Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi tugrisidagi fikrlari Qadimgi dunyo filosofiya sistemalaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi. Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining obyektiv qonunlari to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan, jamlashidan ishonarli va umumlashgan bilimlar sistemasidan iborat bo‘ladi. 9 “Pedagogika” so‘zi yunon tilidan aynan tarjima qilinganda “bolashunoslik” yoki “bola yetaklash” degan ma’noni anglatadi. Pedagogik g‘oyalar Aflotun (er.ol.427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384322y) Plutarx (tax.416-tax.327 yillar) Kvintilian (35-95 yillar chamasi) ning falsafiy va siyosiy asarlaridek, gumanist pedagoglar, sotsial utopistlar T.Mor (1478-1535 ) asarlarida namoyon etila boshladi. Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga o‘rgatish" to‘g‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, R.OUEN (17711-1858), A.N.Radishev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen, I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko‘p yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa qo‘shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi. Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi. “Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir birini to‘ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz. 10 Bulardan tashqari “o‘quvchi”, “o‘qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtaymiz. Ma’lumki, tarbiya tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi o‘zi hohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatilishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab, umrining oxirigacha davom etadigan jarayonidir. Shu tufayli tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom- al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo‘ja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Hamsa”sini, Bexbudiyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, Imom - al Buxoriyning “As saxix” hadislar to‘plami kabi ko‘plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar o‘z navbatida yuqorida sanab o‘tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga yetkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir. 11 Ma’lumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilan chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarning aksariyati ham va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari ham aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib kelgan. Shunday ekan, biz bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni to‘g‘ri anglab olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, doimo millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlikni va isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo‘ravonlikka qarshi harkatlarni hamda behuda qon to‘kilishiga qarshi g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan. O‘zbek xalq pedagogikasida asrlar mobaynida asosiy tushunchalar shakllangan: parvarish, tarbiya, mukammallashtirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, nasihat qilish, o‘qitish, ta’lim berish, o‘rgatish. Forobiyning fikricha, insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l-ta’lim va tarbiya orqali hosil qilinadi: “Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo‘ladi...”. Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyani o‘zviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, har birining insonni kamolga yetkazishida o‘z o‘rni va xususiyati borligini alohida ta’kidlaydi. Xalq pedagogikasi tarbiyaning ko‘p omillaridan foydalanishi bilan (tabiat, mehnat, turmush, odat, san’at, din, ona tili), uslublar katta boyligi bilan (ishontirish, misol, talab, buyruq, tushuntirish, rivoyat, o‘rganish va mashq, istak va farovonlik, afsun, qasamyod, iltimos, maslahat, ishora, ma’qullash, gina, ko‘ndirish, taqiqlash, po‘pisa va hokazo) va tarbiya vositalari (o‘yin, sanoqlar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlar, ertak va afsonalar, rivoyatlar) bilan kuchli. Xalq pedagogika xazinasi tarbiyani xalq turmushi bilan g‘oyaviy bog‘lanishini mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Bu xazinalar ijodiy yondashganda yosh avlodni tarbiyalashda katta samara berdi. - salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish. 12 1.2. Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish. Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hay vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot , tasviriy san’atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishi da yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak: 1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq eta oladigan bo'lishi; 2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi; 3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi; 4. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi; 13 5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi; 6. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish; 7. Bolalarning ruhiy va **oniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi; 8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatIar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi; 9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi; 10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak. Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar. Pedagogik qobiliyat O’qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi. Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlaiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlaming quyidagi guruhlari farqlanadi: • obyektga (talabaga) nisbatan sezgirlik; • kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik; • perseptiv qobiliyatlar — kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuygu; • shaxs dinamikasi — irodaga ta ’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; • hissiy barqarorlik - o'zini boshqara olish; • kreativlik — ijodiy ish qobiliyati. 14 Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidlr. O’qitish, o’rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi: • talabani tushunishini ko'rish va sezjsh hamda bunday tushunishning darajasini va xarakterini oimatish qobiliyati; • o‘quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o'qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati; • materialni yetarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga www.ziyouz.com kutubxonasi tushunarliligini ta minlash qobiliyati; • talabalarning individualligini hisobga olgan holda o'qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati; • o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati; • talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati; • o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; • owning tajribasini boshqalar bilan baham ko'rish qobiliyati; • mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: • boshqa insonning ichki holatini to'ffri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas boila olish qobiliyati (empatiya qobiliyati); • taqlid qilish uchun namuna bo'lish qobiliyati; • tarbiya jarayonida individual xususiyatlami inobatga olish qobiliyati; • muloqotning lozim topilgan uslubini hamda o‘z o'mini topish, kelisha olish qobiliyati; • hurmat qozonish, ya’ni talabalar o'rtasida obro'ga ega boUish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat alohida ajralib turadi. O’qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar. 15 Kommunikativ qobiliyat — bu pedagogik o ‘zaro aloqalar doirasidagi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir. Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlaming bir necha guruhlari farqlanadi: Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berish, kishining tashqi ko'rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berish; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o‘qiy» olish kabilar qamrab olinadi. 2. Kishining o'z-o'zini bilishi. U o ‘z bilimlarini, qobiliyatlarini o ‘z xarakteri va o’z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo‘lsa, shunday baho berishni ko‘zda tutadi. 3. Muloqot vaziyatini toigiri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning ko‘proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to‘g‘ri idrok etish va baholash qobiliyatidir. Oliy maktab o ‘qituvchisining kasbiy faoliyati turli yo‘nalishlarda bo‘ladi. Ulardan eng muhimlari tubandagilar: Oquvpedagpgfkfaoliyat. Bu&oliyat jamiyat talablarjgamoe ravishda oliy maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishga yo‘naItiriIadi. Oliy maktabdagi o ‘quv jarayoni uchun o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarining uzviy bog‘liqligi, talabalar faolligi va mustaqil ishlari ijodiy potensial bo‘lgan shaxs ahamiyatini oshirish xarakterlidir. Oliy maktabdagi pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy faoliyat qo‘shib olib boriladi. Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlami ochish bilan bog‘lanadi. 16 Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlami yangilashga va pedagogik vazifalar tizimini hal qilishga yo‘nalgan bo‘ladi. 0 ‘qituvchi konkret fanni boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro bog‘lagan holda uning o ‘qitilish maqsad va vazifalarini belgilaydi. Talabaning o‘quvbilish faoliyatini jonlantirishni ta ’minlaydigan o ‘qitishning mazmuni, zamonaviy shakl va metodlarini o ‘ylab topadi. 0 ‘qituvchi o‘quv-pedagogik faoliyatining o ‘ziga xosligi uning ilmiytadqiqot ishlarida faol ishtirok etishidir. Oliy maktab o‘qituvchisining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda, N.V. Kuzmina va Z.F. yesarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular quyidagi komponentlami farqlaydilar: • konstruktivlik; • tashkilotchilik; • ilmiy bilish; • kommunikativlik. Konstruktivlik komponenti ilmiy-tadqiqot, o‘quv-tarbiya ishlarida loyihalash yoki o‘z konstruksiyalash malakalarida ko‘rinadi. Loyihalash malakasi — bu ilmiy izlanishni yoki o’quv-taibiya jarayonini modellashtirishning intellektual malakalaridir. O’qituvchining loyihalash malakasi Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan. Oliy maktab o‘qituvchisi faoliyatini tavsiflash va baholash uchun quyidagi sathlardan foydalarriladi: • reproduktiv. Bunda o‘qituvchi faqat o'zining axborotlarini loyihalashtiradi, lekin auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi; • moslashuvchan. Bu sathda o‘qituvchi o‘quv axborotlarini auditoriyadagi talabalarning saviyalariga mos qilib modellashtiradi; • lokal-modellashtirish. Bu sathda o‘qituvchi axborotlami bayon qilibgina qolmaydi, balki ayrim masalalar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimini modellashtira olishi lozim; 17 • tizimli-modellashtirilgan bilim. Bu sathda konkret fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo’lgan o‘z faoliyati va talabalar faoliyati tizimini modellashtiradi; • tizimli-modellashtirilgan faoliyat. Bu sathda o'qituvchi talabalar bilan birga barcha o'quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi. Tashkllotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o ‘quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko‘rinadi. Bu o‘qituvchi, talaba va boshqa olimlaming o ‘zaro aloqador faoliyatidir. Tashkilotchilik faoliyati o‘zini, o ‘zining vaqtini; talabalarning individual, guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kadrlarni tanlab olish va ulaming vazifalarini belgilab berishni tashkil etish malakasida namoyon bo‘ladi. Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini integrasiyalashdir. Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o‘zini chuqur va har tomonlama bilish malakasida ko‘rinadi. 0 ‘qituvchi o‘z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlaming ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlii qiladi. Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul o‘zaro aloqalami belgilash malakasini ko‘zda tutadi. Kommunikativlik faoliyati asosida o ‘qituvchining o ‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati yotadi. Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy birligini namoyon etadigan o‘ziga xos tizim sifatida izohlaydilar. V.A.Slastenin pedagogik vazifa deganda, bilish, voqelikni yangilash (o‘zgartirish) maqsadi boMgan o‘ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi. 0 ‘qituvchining maqsadga yo‘nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning: strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi. Strategik vazifa. Bu o‘ziga xos ulkan vazifa. Strategik vazifalar ta’limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqadi. U jamiyat rivojlanishining obyektiv 18 ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va yakuniy natijalarini aniqlab beradi. Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi. Taktik vazifalar ta ’lim ning yakuniy natijalarini ta ’m inlashga yo‘nalganligini saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bosqichida hal qilinadigan vazifalardir. Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi navbatda hal qiladigan vazifalardir. Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu kasb o‘ta murakkab hamda o‘ta ijodiy kasbdir. Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogik vazifalami yuksak darajada yechish, o ‘qituvchining shaxsiy xislatlari sintezi, uning rang- barang ilmiy sohadagi va pedagogik faoliyatidagi bilim hamda malaka va ko‘nikmalari bilan belgilanadi. Download 362.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling