Tarbiyachining pedagogik muloqoti


Download 362.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi362.23 Kb.
#1165228
1   2   3   4
Bog'liq
TARBIYACHINING PEDAGOGIK MULOQOTI

tarbiya metodlari, tarbiya turlari, jazo berish metodlari, rag’batlantirish 
metodlari. 
Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi 
bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko’pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o’z 


40 
ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan talim muassasalari 
oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo’lgan 
shaxsni tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. 
Bu boradagi vazifalar yosh avlodni O’zbekiston Respublikasi 
mustaqilligini mustahkamlash, vatan ravnaqi, Xalq farovonligi yo’lida faoliyat olib 
boruvchi shaxsni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Ushbu 
g’oyaga 
tayangan 
holda, 
tarbiya 
jarayonida 
uning 
qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko’rish lozim 
bo’ladi. 
Tarbiya metodlari bu o’qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan 
g’oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg’u va odatlarni tarkib 
toptirish maqsadida qo’llaniladigan Shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llari
demakdir. Tarbiya metodlari o’quvchi(tarbiyalanuvchilar) ning o’z shaxsni 
takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois 
hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning 
tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga qaratilgan o’zaro bog’langan, birgalikdagi 
faoliyati sifatida qarab chiqiladi. 
O’quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo’ladilar. 
Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya 
metodlarining qay darajada o’rinli va samarali tanlanganiga hamda mohirona 
qo’llanganiga bog’liq. Tarbiya metodlarini to’o’ri tanlash tarbiya vazifalarini 
ijobiy hal qilishda, o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash faolligini oshirishga 
yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o’qituvchi 
(tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularnng mohiyatini puxta o’zlashtirib 
olishi maqsadga muvofiqdir 
Birinchi guruh metodlarining vazifasi o’quvchining ijtimoiy ongiga hayot, 
ahoq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil 
qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar 
shaxsining etiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga 
ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va 


41 
h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna ko’rsatish metodlarini kiritish mumkin. 
Ikkinchi guruh metodlari yordamida o’quvchida ma’naviy mazmunga oid 
odatlar hosil qiladi. O’quvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq 
ma’naviy odatlar asosida faoliyat zamirida tarkib topadi. 
Faoliyat o’quvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq- atvor 
tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi Ikkinchi guruh 
metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli 
vazifalarnig bajarilishi, yani ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu 
faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u 
yoki bu harakatni olib borishga undovchi bo’lishi mumkin. 


42 
Xulosa 
Pedagogik muloqot – pedagogik tizimning ajralmas sifatidir. Bu o’qituvchi va 
o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonining professional muloqoti bo’lib, unda 
ma’lumot almashinadi va o’quvchilarga o’quv tarbiyaviy ta’sir o’tkaziladi. 
Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishinming asosi sifatida o’zaro 
hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o’quvchilar bilan muloqotga kirishish 
jarayonida ulardan hurmat kutadi. O’quvchilar ham o’qituvchidan hurmat va 
ishonchni talab etadilar. 
Bu pedagogik ta’sirning samarali yo’li bo’lib tajribali pedagogning bolaning 
o’z-o’zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu 
orqali o’zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o’ziga xos 3 ta 
xususiyati mavjud: makro daraja-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq 
normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. 
Mezzo daraja (o’rta) – muloqot ma’lum mavzu bo’yicha kechadi. Masalan, 
askiyada ma’lum mavzudan chekinmaslik. 
Mikro daraja (kichik) – muloqotning shakllari savol-javob tarzida yuz beradi. 
Muloqotning turlari: 
shaxslararo
, guruhiy, ommaviy-kommunikatsiya(radio, TV, 
ro’znomalar) kabi turlari mavjud. 
Pedagogik muloqotda ijodiylik quyidagilarga bog’liq. 
- o’quvchilar bilan o’zaro harakat qilish 
- Birgalikda harakat qilish 
Bolaga ta’sir qilishda uning hulq atvorini boshqarish o’zaro harakatning turli 
yo’llarini qo’llash. 
O’qituvchining o’z-o’zini boshqara olishi. 
- O’zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakatini saqlay bilish. 
- O’qituvchi o’quvchilar bilan ziddiyatlarga borsa qandaydir muommo 
tug’ilsa darxol hal qilish lozim. Pedagogik muloqotdagi o’quvchi bolaning ko’ziga 
qarab uning hayolida nima kechayotganini bilib olish kerak. 
Ijodiylik o’zaro munosabatlardan boshlanadi. 


43 
Har bir pedagog o’z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan 
muloqotda bo’lishi nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta’sir ham 
pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi. Ijodiylikni amalga 
oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: 
- Bir necha o’qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o’quvchilarning 
kayfiyatini o’qituvchining bolalar bilan bo’ladigan munosabatlarning o’rganish; 
- O’qituvchining darsda qanday usullarni qo’llashi, muloqotni qanday 
shakillantirish, uquv- tarbiyaviy muommolarni yechishni aniqlash; 
- O’zining muloqot texnologiyasini boshqa o’quvchining texnologiyasiga 
taqqoslashi; 
- Tajribali o’quvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot 
jarayonidagi o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash; 
- O’zining darsidagi muhit bilan boshqa tajribali o’quvchining darsidagi 
muhitning taqqoslash orqali hulosa chiqara olish. 
Kasbiy pedagogik muloqot - murakkab hodisa. Shaxs kasbiy-pedagogik 
muloqot qilishdan avval o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi. 
Jumladan, muloqot maqsadini, muloqot qachon, qayerda, necha yoshlilar 
bilan o’tkazilishini rejalashtiradi. Pedagogik muloqotning eng muhim bosqichi- 
modellashtirish hisoblanadi. Bu bosqichdan muhim, ma’suliyatli muommoni hal 
qilishda foydalaniladi. 
Masalan, darsga tayyorlanish, ma’ruzani rejalashtirish ham shu bosqichga 
kiradi. Kasbiy pedagogik muloqotning vazifasi- texnologiyani o’zlashtirish bo’lib, 
unda o’qituvchi iliq munosabatlarni qo’llay oladi, natijada pedagog shaxsi 
namoyon bo’ladi. 


44 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
vazifasini 
bajaruvchi 
Sh.Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari 
kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. Toshkent oqshomi 
gazetasi. 2016 yil 19 oktyabr 
2. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil 
etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari doktori. ... 
diss. – T., 2007. – B.3
3. Vafoev B.R., Ibragimova S.B. Axborot tizimlari va texnologiyalari. O’quv-
uslubiy qo’llanma. – T.: O’zDJTI, 2015. – 190 b. 
4. Elektron resurslar 
5. www.gov.uz 
6. www.lex.uz 
7. www.edu.uz 
8. www.bilim.uz 
9. 
https://ru.pinterest.com/vkhamidov/
 
10. 
http://elearning.zn.uz/
 Elektron ta’lim,Ta’limda yangi texnologiyalar 
11. https://www.coursera.org/

Document Outline

  • Tarbiya turlari: maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari. 

Download 362.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling