An'anaviy ta'lim
|
Шахсга йўналтирилган таълим
|
“Ta'lim – bu tashqi ta'sirlar natijasida individning umumlashtirilgan, ijtimoiylashgan tajribalarni o‘zlashtirish jarayoni…. Jamiyatga zarur bo‘lgan narsalar, shaxsga ham zarur”(Kliberg L “Problemi teorii obucheniya”, M.: Pedagogika, 1984 – s.25)
|
“Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim – o‘quvchi shaxsining, uning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib bilish va o‘qish faoliyatini sub'ekti sifatida, rivojlanishini va o‘zini-o‘zi rivojlanishini ta'minlaydigan ta'lim”(“Novie sennosti obrazova-niya”, M.: RFFI-IPI, 1995 s.55)
|
O‘quvchi haqidagi obrazli tushuncha: “inson-loy” – dastlabki mohiyatga ega emas(“toza qog‘oz”) hamda pedagogik faoliyatning materiali hisoblanadi.
|
Ta'lim oluvchi haqidagi obrazli tushuncha: “inson-oila”– rivojlanishning genetik dasturi mavjud. Ta'lim potensial xususiyatlarning rivojlanishi sifatida
|
Ta'lim jarayonida markaziy figura – o‘qituvchi.
|
Ta'lim jarayoni markazida – o‘quvchi.
|
Ta'lim: o‘qitish va o‘qish: o‘kituvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni beradi, o‘kuvchi esa idrok etadi va o‘zlashtiradi
|
Ta'lim: o‘rganilayotgan fanlarni egallash jarayonida o‘quvchining individualligi amalga oshishi va uning shaxsiy sifatlarining rivoj-lanishiga yo‘naltirilgan o‘kituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati.
|
Ta'lim jarayonining asosiy faoliyati – o‘qitish.
|
Ta'lim jarayoning asosiy faoliyati – bilish faoliyati
|
Ta'lim jarayonida bolalarning sub'ektli farqlari hisobga olinmaydi, hamma bolalar uchun yagona andoza –“standart” beriladi.
|
Ta'lim jarayonida bolalarning sub'ektiv tajribasi maksimal darajada ochib beriladi, o‘quvchi-larning individualligiga alohida e'tibor qaratiladi.
|
Shaxsiydan ijtimoiy qadriyatlar yuqori qo‘yiladi.
|
Bola shaxsining o‘zi yuqori qadriyat sanaladi.
|
Darsliklar bilan birga o‘kituvchi bilimlarning asosiy manbai sifatida aks etadi. Bundan tashqari o‘qituvchi bilish sub'ektining nazorat qiluvchisidir.
|
O‘qituvchining roli – o‘quvchi mustaqil ta'lim oladigan, shaxsiy imkoniyatlariga tayanadigan va ta'lim texnologiyalari bilan bog‘liqliqda foydalanuvchi ta'limiy muhitni tashkil etish.
|