Tarbiyaga barchamiz mas'ulmiz


Farzanding tarbiyasi – yurting shonu-shavkati


Download 33.64 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi33.64 Kb.
#1265571
1   2
Bog'liq
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ

Farzanding tarbiyasi – yurting shonu-shavkati
Farzanding tarbiyasi – yurting shonu-shavkati
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi”ga bag'ishlanadi
Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi.
(O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-modda)

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda farzandlarimizni jismonan va ma'nan barkamol avlod etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratila boshladi. Mantiqan bir-birini to'ldiruvchi “Oila yili”, “Sog'lom avlod yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili”, “Sog'lom bola yili” hamda joriy 2016 yil – “Sog'lom ona va bola yili” da amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, shuningdek yoshlar tarbiyasi va ularning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar izchil davlat siyosatining amaliy ifodasi 


hisoblanadi.
Shu ma'noda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Bugungi kunda oddiy bir haqiqat barchamiz uchun ayon bo'lishi kerak. Oldimizda turgan eng ulug' maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O'zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatida qanday o'rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishiga bog'liqdir”.
Haqiqatan ham farzand tarbiyasi hayotiy zarur masaladir. Har bir oiladagi tarbiya farzandning go'daklik davridan boshlanadi, farzand esa hayotining ko'p qismini ota-onasining bag'rida o'tkazadi. 
Umuman, har qanday oilaning mustahkamligi, oilaviy tarbiyaning ta'sirchanligi va samaradorligi ko'p jihatdan oilada qaror topgan o'zaro munosabatlarga, ularning ma'naviy-axloqiy iqlimiga bog'liq. Zero, Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning Hadisi shariflarida aytilganidek: Ota-onalarning farzandlariga qoldiradigan eng katta merosi ularga beradigan ta'lim-tarbiyasi, go'zal odobi va axloqidir. 
Sharq mutafakkirlari ham farzandning oiladagi tarbiyasi xususida o'z asarlarida juda ko'p to'xtalib o'tganlar. Jumladan, buyuk alloma va mutafakkir Abu Ali ibn Sino o'zining “Donishnoma” asarida farzand tarbiyasi uchun avvalo ota-ona mas'ulligini ta'kidlaydi. Shu bilan birga alloma o'z asarida ota-onaning ilmli, fozil va dunyoqarashlari keng bo'lishliklarini alohida uqtirib, farzand tarbiyasidan mas'uliyatliroq ish yo'qligini bayon qiladi. 
Abu Ali ibn Sino o'z asarida farzandni go'zal xulqli, jismonan sog'lom qilib kamol toptirishda ota-ona shaxsiy namuna bo'lish kerakligini keltirib o'tadi: “Farzand tarbiyasida eng avvalo oila hayotini to'g'ri yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo'lmaydi. 
Hamma narsa, xatto, eng oddiy bo'lib ko'rinadigan oilaviy munosabatlar ham farzandga ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, vatanparvarlik, rostgo'ylik, samimiylik, sadoqatlik va shirin suhan bo'lish farzand kamolotidagi muhim hayotiy vositalardan biridir.”
Farzand tarbiyasining eng muhim jihati, bu ota-onaning sabr-toqatlik, xotirjamlik va hamjihatligidadir. Ammo oilada notinchlik bo'lsa, farzand tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratilmasa, u na ta'lim muassasalarida, na tashqi hayotda o'zini yurish-turishi-yu, aql-idrokiga javob bera oladi. 
Bunday muhitda o'sgan farzand esa voyaga yetgandan so'ng o'zboshimchalik bilan turli nojo'ya xatti-harakatlar hamda noqonuniy ishlar qilishgacha borib yetadi.
Xulosa qilib aytganda yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri – avvalo ota-onalarning ma'naviy bilim saviyasini oshirish, ularda sog'lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa har bir ota-onaning o'z farzandi oldidagi, el-yurt oldidagi burchini to'g'ri anglashni, insonning dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid bo'lgan qonuniyatlarni puxta bilishni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an'analarimizning eng nodirlarini turmushga singdirish orqali farzandlarimizda 
milliy qadriyatlarimizga bo'lgan mehr-muhabbatni uyg'otishni, shuningdek ularni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan hamda turli noto'g'ri yo'llarga kirib qolmaydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan ota-onalar hamkorligi kelajak avlodning jamiyatda o'z o'rnini topishida muhim ahamiyatga ega.
Xususan, Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida "Farzand tarbiyasiga barchamiz mas'ulmiz" nomli uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiev ochib berdi va universitet shart-sharoitlari, talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda TTJda talabalarning yashash sharoiti bilan tanishtirdi va ota-onalar tomonidan berilgan savollar hamda takliflarga atroflicha javob berib o'tdi.
Yakunida fakultetda tahsil oluvchi iqtidorli talabalar ota-onalari fakultet rahbariyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Download 33.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling