Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Download 214.5 Kb.
bet9/17
Sana08.03.2023
Hajmi214.5 Kb.
#1252140
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Nuralieva O‘miya

Amaliy mashg’ulotlar


maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etilib, o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan ta’lim shaklidir
Bunday ta’lim mashg’ulotlari quyidagi ikki yo’nalishda tashkil etiladi (20- shakl):



Амалий машғулот турлари
Noan’anaviy shakli sifatida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra stoli, matbuot konferentsiyasi muayyan predmetning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, o’z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, o’qituvchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Viktorina va mo’’jizalar maydoni shaklida o’tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni faollikka undaydi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir.
Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi.
«Metod» yunoncha so’z bo’lib «yo’l» ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir
Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’nalashtirish yo’llarini anglatadi.
O’qitish metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o’quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. O’quv- bilish faoliyatining tashkil etilishi, o’quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo’llanilishini ta’minlash, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga ko’ra ta’lim metodlarini qo’yidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling