Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Download 279.5 Kb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi279.5 Kb.
#204433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Муроджон Йўлдошев 1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

MUQIMIY NOMIDAGI QOʻQON DAVLAT

PEDAGOGIKA INSITUTI

“OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI” fakulteti

MAVZU: «Fandagi etik muammolar”






Bajardi: Murodjon Yoʻldoshev

Ilmiy rahbar: Siddiqov Moʻminjon


QO’QON 2021
REJA:

KIRISH

1.Ilm fan rivoji va intellektual avlod

2. Fan va uni tashkil etish shakllari

3. Zamonaviy ilm fan va uning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni

4. Zamonaviy ilm fan xususiyatlari va muammolari

Xulosa

Adabiyotlar roʻyxati


Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Fanning paydo boʻlishi kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan bevosita bogʻliq. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tarakkiyot davom etishi asosida kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Elinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolomey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki tizimlar yaratildi. Oʻrta asrlarda fan rivojiga Shark va Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Shuningdek, ular fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar.

Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanni yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etadilar. Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika, asronomiya, mexanika, tarix, geografiya kabi sohalarda mustahkam poydevor yaratdi. Bugungi kundagi algoritm termini ham ulugʻ olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy nomi bilan bevosita bogʻlikdir. Ahmad Mirvaziy esa oʻsha paytdagi trigonometriya fani rivojiga katta hissa koʻshdi. Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrlarni rivojlantirdi, komil inson tarbiyasiga katta eʼtibor berdi. “Fozil odamlar shahri” asari orqali yaxshilik haqidagi taʼlimotlarni tizimlashtirdi, musiqaning matematik nazariyasini yaratdi.

Umuman olganda “Xalqimiz oʻzining koʻhna tarixida Uygʻonish davri” ning turli shakllarini kurgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino va boshqa oʻnlab ulugʻ bobokolonlarimiz nomi bilan bogʻliq boʻlgan IX-XI asr “Uygʻonish davri” Turonzamin xalqlari tarixidagi birinchi_Renessans hodisasi boʻldi.

Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi bilan bogʻliq boʻlgan, qariyb 500-yillik davr turkiylar hayotidagi ikkinchi Uygʻonish davri, milliy tiklanish, milliy taraqkiyot pallasi boʻlib tarixda abadiy qoldi. Bu ikkinchi Renesseans hodisasi jahon fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni oliymaqom darajada oʻziga mujassam etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bogʻliq boʻlgan buyuk vokelikdir.




Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling