Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


ZAMONAVIY ILM FAN XUSUSIYATLARI VA MUAMMOLARI


Download 279.5 Kb.
bet8/12
Sana05.01.2022
Hajmi279.5 Kb.
#204433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Муроджон Йўлдошев 1

4. ZAMONAVIY ILM FAN XUSUSIYATLARI VA MUAMMOLARI
Mustaqillik tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni davom ettirish, mamlakatning intellektual salohiyatini oʻylash, jamiyatni har tomonlama taraqkiy ettirish, uning mustaqilligini mustahkamlash yoʻlidan muvaffaqiyatli ravishda olgʻa siljib borishdagi masʼuliyat bugungi ijodkor (tadqiqotchi)lar ommasi zimmasiga tushadi. Shuning bilan birga fan-texnika yutuqlari asosida yaratilayotgan yangi-yangi mashinalar, dastgoxdar, metodologiya, algoritmlar, modellar, fanlar va shu kabilardan foydalanish, ularni tayyorlash hamda amaliyotga joriy etishni avtomatik boshqarish, kishilardan katta ilmiy tayyorgarlikni talab etadi.

Keyingi chorak asr davomidagi fan-texnika taraqkiyotiga nazar tashlaydigan boʻlsak, bu davr ichida koʻpgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya, mantik, psixologiya va shu kabi fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega boʻlgan qonunlar, nazariyalar, metodologiyalar va turli ilmiy gipotezalarni vujudga kelganligining guvohi boʻlamiz. Fanlarning oʻzaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo boʻla boshladi. Bular esa oʻz navbatida texnika tarakkiyoti uchun ham xizmat qiladi. Bu borada fan va texnika yutuklarini oʻz navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslariga qoʻyilgan talab boʻlib, u orqali mamlakatimizda intellektual salohiyatli kishilar (tadkiqotchilar) otryadi shakllantiriladi.



Bugungi yuksalayotgan ilm-fan bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni oʻrab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Fan-texnika taraqqiyotida tubdan oʻzgarish yuz berayotgan hozirgi zamonda fan olamidagi rivojlanish yangi bosqichga koʻtarildi va zamonaviy fanlar shakllana boshladi.


Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling