Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Download 279.5 Kb.
bet10/12
Sana05.01.2022
Hajmi279.5 Kb.
#204433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Муроджон Йўлдошев 1

2. Kibernetika fani.

XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida fan-texnika misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasining rivojlanishi asosida “Kibernetika” nomli fan vujudga keldi.



“Kibernetika (yunoncha kybemetile - boshkarish sanʼati) -axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻulladigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiqlarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan. Kibernetikaning texnik asosini EHMlar tashkil etadi. Ular inson tafakkuriga oid masalalarni hal qilishga keng imkoniyatlar ochib beradi. «Kibernetika” terminini birinchi marta yunon faylasufi Platon tilga olgan. XVII asrdayoq B.Paskal (Fransiya) oddiy mexanik arifmometr ixtiro qilgan edi. Fakat XIX asrga kelib, Ch.Bebbj (Angliya) hozirgi zamon EHMiga oʻxshash rakamli avtomatik hisoblash mashinasi yaratishga urinib koʻrdi. XX asr boshida elektromexanik analitik hisoblash mashinasi yaratildi. 1938-yilda K.Shennon (AQSH), 1941-yilda V.I.Shestakovich (Rossiya) mantiqiy matematik apparatning real kontakt sxemasidan sintez va analiz uchun foydalanish mumkinligini koʻrsatishdi. Shular asosida avtomatlar nazariyasi rivojlana boshladi. XX asrning 40-yillaridan J.fon Neyman (Germaniya) va boshqalar tomonidan yaratilgan EHM kibernetikaning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Bularning hammasini umumlashtirib N.Viner (AQSH) oʻzining “Kibernetika” kitobini yezdi (1947-yil). U kibernetikani “tirik mavjudod va mashinadagi aloqalar hamda boshkarish hakidagi fan” deb atashni tavsiya qildi.

Bugungi kibernetika fani oʻzining bir qator mustakil yoʻnalishlariga ega. Ular: texnik kibernetika; iqtisodiy kibernetika; biologik kibernetika; tibbiyot kibernetikasi; matematik lingvistika va shu kabilar.

Kibernetika, asosan kibernetik tizimlar bilan shugullanib, uning nazariy oʻzagini axborot (informatsiya), kodlash, algoritmlash, avtomatlar, umumiy va mukobil axborot tizimlar, kiyofalarni aniqlash (raspoznavaniye obrazov), formal tillar nazariyalari tashkil etadi.

Oʻzbekistonda kibernetika fani rivojida OʻzR FAning akademigi V.Q.Qobulov va boshqa olimlarning hissalari katta. Respublikamizda boshqaruv ilmi

Boshqaruv-boshqarilayotgan jarayonni mavjud imkoniyatlar asosida koʻyilgan makeadga erishgunga qadar boʻlgan harakatlar ketma-ketligidir.

Boshkaruv-jarayonlarga reja asosida yoʻnalish berish va rejalashtirilgan natijani olish boʻyicha harakatlar majmuasini tashkil etadi.

Boshkaruv jarayoni, asosan, boshqaruvchi, manba, maqsad va natija tizimidagi faoliyat boʻlib, unda boshkaruvchi taʼsiri yoʻnaltirilgan manba (obyekt) turiga qarab turli koʻrinishlarda boʻladi. Ular boshqaruvchilar taʼsir koʻrsatishlariga karab jamiyat, davlat, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, talim tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, soglikni saklash tizimi, uy - xoʻjaliklar, oiladagi byudjetni va shu kabilarni boshqarish turlariga ajratiladi.

Boshqarishning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, buning natijasida koʻyilgan maqsadga erishiladi. koʻyilgan maqsad yoki istak va intilishlar asosida, oldinda turgan vazifalarni bajarish uchun boshka kishilarning (yoki muhitning) harakatlari (taʼsirlari) jarayonlarni boshqarishning mazmunini tashkil etadi va harakatlar ketma-ketligini maqsadga erishish sari yoʻnaltiradi.

Boshqaruv tabiat va jamiyatning turli jabhalarida turlicha koʻrinishlarda uchraydi. Faqatgina kuzatilayotgan jarayonlar va hodisalarni oʻz xususiyatiga qarab boshqariladigan va boshqarilmaydiganlarga ajratish mumkin.

Boshqariladigan obyektlarga shaxe faoliyati, taʼlim-tarbiya sohalari, insoniyatni biror gʻoya boʻyicha harakatlari, ishlab chikarish tizimi, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash tizimi, taʼlim tizimi va shu kabi xatti-harakatlarni rejalashtirilgan maqsad sari yoʻnaltirish orqali taʼsir etishga qodir jarayonlar va hodisalar kiradi.

Umuman, inson yoki boshqa vositalar yordamida taʼsir etib boʻlmaydigan jarayonlar va hodisalar boshqarilmaydigan obyektlar deyiladi. Bularga tabiatdagi atrof-muhit, tabiatni misol keltirishimiz mumkin.

Boshqaruv jarayoni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga va darajasiga moslanib, takomillashib keldi. U dastlab ayrim bir hodisa yoki jarayonga taʼsir doirasida faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik jamoalar, davlatlar va jamiyat mikyosida kengayib bordi.




Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling