Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Download 279.5 Kb.
bet4/12
Sana05.01.2022
Hajmi279.5 Kb.
#204433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Муроджон Йўлдошев 1

Ижод тушунчаси:

Insonlar olamda yashar ekanlar oʻz faoliyatlarini turmush tarziga moslashtirib boradilar. Moslashtirish esa insonni ijod qilishga chorlaydi. Maʼlumki, insonlar faoliyati koʻp qirralidir. Bu faoliyat olam sirlarini bilishga, uning baʼzi sohalarini boʻysundirishga qaratilgan. Sohalarga esa quyidagilar kiradi: tabiatda yashovchi bir yarim milliondan ortiq hayvonot, besh yuzmingdan ortiq oʻsimlik dunyosi, jamiyatlar faoliyati, oila, jamoa, insonning muammolari, oʻziga xos fazo sirlari va boshqalar mavjud. Inson ana shu sohalarni bilishga intiladi, ulardan xulosalar chiqarishga shoshiladi. Yuqoridagi sohalarning oʻzi esa ming-minglab jarayonlarni oʻzida qamrab olgani, ularni bilish uchun minglab avlodlarning ham faoliyati yetarli emas. Shunday boʻlsada, har bir avlod oʻz zamoni talablaridan kelib chiqib, yangiliklar yaratishga intiladi. Ijod yordamida bu yutuqlarga erishadi ham. Yutuqlar esa moddiy va maʼnaviy qadriyatlardan tashkil topadi.

“Ilmiy ijod metodologiyasi” oʻquv qoʻllanmasining mualliflari I. Saifnazarov va boshqalar ijodga quyidagicha taʼrif beradilar: “Ijod - deganda keng maʼnoda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va maʼnaviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda oʻzgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi”. Berilgan taʼrif ancha uzoq boʻlsada, unda ijod tushunchasini izohlashga jiddiy eʼtibor berilgan. Taʼrif ijod mohiyatini kengroq qamrab olgan. Unda keng qamrovli: tabiiy, ijtimoiy, va maʼnaviy olam haqida soʻz boradi. Mualliflar taʼrifda davom etib: “Ijod bu shakllangan stereotiplar, odatlar, anʼanalar va shartliliklar doirasidan ongli ravishda chiqish demakdir” deydilar.

Bu taʼrifda ijod muammosi ancha konkretlashtirilgan va ixchamlashtirilgan. Ijod bu subyekt va obyekt oʻrtasidagi munosabat sifatida gavdalanadi. Ijod ikki holatda koʻrinadi, psixologik va falsafiy. Ijodning psixologik koʻrinishida faoliyatning mexanik tarzdagi jarayoni namoyon boʻlsa, falsafiy jihatda esa ijodning mohiyati va mazmuni haqida fikr yuritiladi.

Insonning faoliyati keng qamrovli boʻlganligi sababli ijodning turlari ham koʻpdir. Ijod turlari qatoriga: badiiy, texnikaviy, ilmiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy, iqtisodiy, arxitektura, haykaltaroshlik va boshqa sohalardagi ijodlarni olish mumkin. Bu nomlari tilga olingan ijod turlari obyektiv olamning turli sohalarini qamrab oladi. Insonlar turmush tarzi uchun zarur boʻlgan ushbu sohalar ijod obyektlaridir.

Ijodning tarixi antik dunyoga borib taqaladi. Antik dunyoda birinchilar qatorida ijod jarayonining mohiyati ustida toʻxtalganlardan biri Aflotundir. Uning fikricha, ijod bu insonning aqliy faoliyati borliqni oliy darajada his etish nuqtasidir. Keyinroq faoliyat koʻrsatgan faylasuflardan biri Avgustinning fikricha, ijod Ollohgagina taalluqli boʻlgan jarayondir. Ijod masalasiga koʻproq eʼtibor Oʻrta Osiyo mutafakkirlari (IX-XII asrlarda) tomonidan berilgan. Ular ijod qilgan sohalarning har birida ijod orqali, misli koʻrinmas kashfiyotlar yaratilgan. Al-Xorazmiy, al-Forobiy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom taʼlimotlari, ijodlari bunga misol boʻla oladi. Ammo ijod muammosini hal etishda baʼzi faylasuflar notirik tabiatda ham ijod elementlari bor, deb tushuntiradilar. Bularga misol qilib gilozoizm, vulgar (sodda) materialistlar taʼlimotlarini olish mumkin. Ularning fikricha, jonsiz tabiatdagi oʻzgarishlar taraqqiyot yoki rivojlanishning natijasi ekanligini tushunmaslikdandir.

Umuman, ijodni tor va keng maʼnoda tushunmoq lozim. Ijodni tor maʼnoda tushunganda, uni nafaqat olimlar faoliyatida, balki har bir inson faoliyatida ham mavjud boʻlishini unutmaslik kerak. Masalan, dalada faoliyat koʻrsatadigan dehqon yoki choʻpon oʻz sohasini mukammal bilish uchun izlanadi. Oʻz sohasiga taalluqli yangiliklar yaratishga harakat qiladi, bunga erishadi ham. Demak, ijod oddiy, kundalik, ilmiy, murakkab, ziddiyatli boʻlishi mumkin.

Ilmiy ijod sistemali boʻlib, unda inson faoliyatining koʻp qirralari: bilimi, malakasi, tajribasi, asbob-uskunalar bilan qurollanganligi, adabiyotlarga boyligi, ish-joy sharoitlarining maxsusligi va boshqalar bilan ajralib turadi.

Xulosa qilish mumkinki, ilmiy ijod bu - izlanuvchining tafakkuri va qobiliyatini obyektga nisbatan chuqur va mohiyatan yaqinlashib borishining yuksak darajasidir.

Ilmiy ijod izlanuvchining mashaqqati va ogʻir mehnatini talab qiladi. Qiyinchiliklarga bardosh berishini kutadi. Albatta, ilmiy ijod bilan barcha insonlar ham shugʻullanavermaydi. Ilmiy ijod qilish uchun inson qobiliyatli boʻlishi va koʻnikmalarga ega boʻlishi zarur. Oʻz navbatida, ilmiy ijodda intilish, faoliyat koʻrsatish katta ahamiyatga ega. Maʼlumki, ilmiy ijod maʼlum bir sohani tanlab uni oʻrtaga qoʻyishdan boshlanadi. Demak, ilmiy ijod yoki tadqiqot oʻz maqsadiga ega. Maqsadga erishish esa, masalani tushunish, yangilik yaratish bilan bogʻliq. Fan tarixida minglab olimlar borki, ular ana shu maqsadlarni tushunganlar va ularga erishganlar. Bular qatoriga al-Xorazmiy, al-Beruniy, Galiley, N. Kopernik, Mirzo Ulugʻbek, D. I. Mendeleyev, V. I. Vernadskiy, N. I. Vavilov, N. Bor, A. Eynshteyn va boshqa olimlar shular qatoridandir. Bularning ilmiy faoliyati davrlar talabi bilan bogʻliq. Shu bilan birga ularning maqsadi va ilmiy izlanishdagi ilmiy faolligi bilan ham. Ijod natijasi narsa va hodisalarni maʼlum boʻlmagan tashqi va ichki xususiyatlarini ochib berishnigina emas, balki axborot toʻplash, insonning bilim doirasini kengaytirish, yangicha hissiy qabul qilish, tajribalar oʻtkazish kabilarga yordam beradi. Eng asosiysi yangi muammolarni keltirib chiqishga asos boʻladi.

Demak, ijod ham bilish kabi cheksizdir. Mazkur savolni yakunlar ekanmiz, bizningcha ijod bu - izlanuvchining maʼlum yangilik yaratish uchun obyektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy bilim va tuygʻularni amalga oshiruvchi jarayondi


Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling