Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish


Download 1.68 Mb.
bet17/55
Sana03.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1744189
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari (1)

O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish. O‘quvchi ta'lim jarayonida ijtimoiy foydali mehnatga va jamoat ishiga jalb qilish lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak-atrofdagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o‘rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxs yanada to‘laroq o‘rganiladi. O‘quvchilarni tibbiy ish va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.
O‘quvchilarni xilma-xil metodlar va usullar bilan o‘rganish. O‘rganish metodlari qanchalik turli-tuman bo‘lsa, o‘quvchilarni shunchalik to‘la va asosli o‘rganish mumkin bo‘ladi. O‘quvchi shaxsini o‘rganishining asosiy metodlaridan biri uning ish faoliyati va xatti-harakatlarini o‘rganishdan iboratdir. O‘quvchilarni o‘rganish metodi ta'sirchan bo‘lmog’i kerak. O‘quvchini o‘rganish asosida uning xarakteri va xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarining oldini olish ham ijobiy xislatlarni mustahkamlash yo‘llarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoitlari bilan tanishish. O‘quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuq va kamchiliklari, eng avvalo, uning ta'lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak-atrofi ham ahamiyat kasb etmaydi. O‘quvchilarni o‘rganish dasturi ularni faqat maktabdagina emas, balki shu bilan birga uy sharoitida, oilada ham o‘rganishni nazarda tutmog‘i darkor.
Shaxsning alohida xususiyatlarini emas, balki butun shaxsni o‘rganmoq darkor. Sinf rahbari tarbiyaviy ishning turli bosqichlarida o‘quvchi xulq-atvorining ayrim tomonlarini o‘rgatishga e'tiborini qaratishi mumkin. O‘quvchini har tomonlama o‘rgatishga erishmoq uchun dasturni oldindan yaxshi o‘ylab tuzish, o‘quvchilarni o‘rganish rejasini, suhbat savollarini, insholar mavzularini tayyorlab olish zarur.

I
Oila
Mahalla jamoatchiligi
Maktab jamoatchiligi
Televideniye
Hozirgi davr yangiliklari
O‘zaro muomala

II
O‘zining tajribasi
Qadrlaydigan narsalari
Shaxsiy talablari
Niyatlari va umidlari
O‘zaro aloqalari
Munosabatlari

III
Alohida e'tibor berish
Har bir harakatini kuzatish
Rag‘batlantirish
Suhbat o‘tkazish
Erkin muloqotga o‘rgatish
Yaqindan sirlashish

IV
Mavzuni to‘g‘ri tanlash
Tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsata bilish
Qiziqarli o‘tkazish
O‘quvchilar ijrosini eshitish va ko‘rish
Mazmunli tashkil etish



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling