Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


-MAVZU: SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA DIREKTOR O’RINBOSARINING ISH METODIKASI


Download 1.68 Mb.
bet51/55
Sana03.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1744189
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari (1)

12-MAVZU: SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA DIREKTOR O’RINBOSARINING ISH METODIKASI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

  1. O’quv ishlarining mazmuni.

  2. Maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalari.

  3. Maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining o’zaro darsga kirish usullari.

  4. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda direktor o’rinbosarining ish metodikasi.



Tayanch so’z va iboralar: o’quv ishlari, dts, o’quv reja, o’quv dastur, darslik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tadbirlar
1. Maktabda o‘quv ishlarining mazmuni.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi innavatsion islohotlari tizimida bo’lajak pedagog mutaxassis shaxsini shakllantirishning asosi bo’lgan kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish muammosi alohida o’rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish o’quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini o’stirish, pedagogic jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishgina emas, balki mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalaga oshiruvchisi va boshqaruvchisi bo’lgan mutaxassislarning kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalalsiga chuqurroq yondashuvni, mutaxassislar tayyorlash jarayonini har tomonlama modernizatsiyalash zaruratini talab etadi. Ma’lumki, umumta’lim jarayoni o’z mohiyatiga ko’ra, o’quvchi shaxsini va uning bilimlarini, qiziqishlarini belgilangan malakaviy talablar asosida shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim jarayoni ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni- bu maxsus kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislar yordamida tashkil etiladigan va ta’lim oluvchilarni zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir.
Ta’lim jarayoni- bu o’quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi va mazkur mavzu boyicha ta’lim oluvchilarda nazariy va amaliy bilimlar majmuini o’zlashtirish imkonini beruvchi 45 daqiqadan iborat jarayondir.
Umumta’lim jarayoniniong asosiy maqsadi o’quvchilarni bilim darajasining o’ziga xosligiga qarab belgilanadi. Maktablardagi ta’lim jarayonining mazmunini belgilash va uning asosida ta’lim jarayonini tashkil etish davlat ta’lim standarti, o’quv rejasi, o’quv dasturi, metodik materiallar banki, ya’ni darslik, o’quv qo’llanmasi, uslubiy materiallarda ifodalanadi. Umumta’lim mazmuni O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risida” gi qonuni, shuningdek, aniq mutaxassislik boyicha ishlab chiqilgan va belgilangan Davlat ta’lim standarti bilan asoslanadi.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling