Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi islohotlarni joriy etish


Download 142.56 Kb.
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi142.56 Kb.
#193619
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bo'riboyeva Feruza

3.Ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi islohotlarni joriy etish.

Prezidentimiz maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to'xtalib o'tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta'kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o'qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p jihatdan ularning maktabgacha ta'lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog'liqdir.



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.


2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.

Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.O‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi.

Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi.2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom etirmoqda.Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi.Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu

borada muhim omil bo‘lmoqda.Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi. Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi. Yig‘ilishda yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi. Davlatimiz rahbari mutassadi rahbarlarga ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi.


Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar,

Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o`rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiqdir.

Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta`limni o`rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta`lim to`g`risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta`lim mustaqilligini ta`minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta`lim taraqqiyotiga to`liq bo`ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo`yicha ta`lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to`la huquqiy kafolatlar barish, ta`limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta`lim bo`yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo`llarini ochib berishi, ta`lim muassasalari uchun o`quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o`tkazishni rag`batlantirish, ta`limning noan`anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.

O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm- ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi.Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini o`ylash demakdir. Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta`lim to`g`risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko`p bo`lgani yo`q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi Respublika ta`limida nimalar o`zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta`lim taraqqiyotining...adhalarida ko`zalagan bosh maqsad Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh avlod ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo`yayotgan XXI asr ta`limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir. Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida bajaradigan dastlabki tshkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko`rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay`ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o`rtasida keng tushuntirildi. Ta`limga oid me`yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta`lim standartlari, talablari, o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta`lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi

Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik

Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma`naviy sohada qo`yilgan maqsadlarga erishib bo`lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta`lim tuzimi uchun davlat ta`lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish to`g`risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim tajriba-tayanch o`quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta`limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quv yilida tajriba- sinovdan o`tkazildi. Bu jarayonda davlat ta`limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari bo`yicha har bir dars mavzusi o`quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga mosligi, o`zlashtirishdagi sifat ko`rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan murakkabga yo`naltirilganligi, bir-birini to`ldirishi o`rganib borildi.

Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta`kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog`i faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta`lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta`lim mazmuniga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g`oyasi kun tatibiga ko`ndalang qilib qo`yildi. Ta`lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so`z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o`rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o`z yechimini topganicha yo`q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi darsliklardan Prezidentimizning O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida... yoki O`zbekiston XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko`tarilgan g`oyalar o`rin olgan? Javob yo`q. Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan iborat. Dars jarayonida ta`lim-tarbiyada o`quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta`lim jarayonining sub`yekti bo`lishi kerak, ya`ni oqish, o`rganish, muomala qilish o`quvchi zimmasiga o`tishi kerak.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida bunyodkorlik ishlariga qodir barkamol avlodni voyaga yetkazish, ulardan kelajakda jamiyatda o‘z o‘rniga ega munosib shaxslar shakllanishi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Toshkent shahrida tashkil etilgan 2012-yil 16-17 fevral’ kunlaridagi “Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro konferensiya mazmun-mohiyatini amaliyotga joriy etish jamiyatimiz kun tartibidagi bosh masalalardan biridir.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish joiz: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq…» (Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch». T.: «Ma’naviyat» 2008., 61-bet. Ta’lim texnologiyasi (natija sifatida) didaktik jarayonning ilmiy loyihasi (tasnifi, modeli)dan iborat bo‘lib, uning qayta tiklanishi pedagogik amallarning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlaydi. Pedagogika fanini o‘qitish jarayoni, o‘quvchilarning bilish, ularning ijodiy faoliyatini faollashtirishning didaktik sharoitlari va zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarga yo‘naltirilganligi hisobga olinsa, pedagogning texnologik darajadagi faoliyatining mezonlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

aniq berilgan maqsadning mavjudligi, ya’ni asosiy tushunchalar, bu maqsadga erishish usullari kabi hisoblanishi;

mavzuni o‘zlashtirishning yetarlicha qat’iy ketma-ketligi, mantiqiy, ma’lum bosqichlarning mavjudligi;

o‘rganilayotgan mavzuning mazmunini bilish;

o‘quv jarayonining natijaviyligi nuqtai nazaridan, o‘qituvchining eng optimal o‘qitish usullaridan foydalanish;

o‘quv jarayonini modernizatsiyalashtirish jarayonida ishtirokchilarning o‘zaro ishlash usullarini ko‘rsatish;

o‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy vazifalarini amalga oshirishlariga asoslangan faoliyatning motivatsiyali asoslanishi (erkin, kreativ, musobaqalashish, hayotiy va kasbiy ma’no, faoliyat);

o‘qituvchining qoidaviy (algoritmik) va ijodiy faoliyati chegaralarini belgilash, yagona qoidalardan ruxsat etiladigan chetga chiqishlarining ko‘rsatilishi.

Yuqorida sanab o‘tilganlar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini faollashtirishning didaktik sharoitlari va texnologiyasi shakllanganlik baholari mezonlarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi davrgacha bo‘lgan an’anaviy ta’lim — XVII asrlardagi didaktik tamoyillar asosida shakllanib, hozirda jahondagi umumta’lim maktablarida eng ko‘p qo‘llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat edi. Bugungi kunda zamonaviy axborot va kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish, moder-nizatsiyalash maqsadlarida yaratilib, hozirda quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda:pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan texnologiyalar;o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi AKT va pedagogik texnologiyalar, jumladan, mu-ammoli ta’lim, dars mavzusiga mos an’anaviy hamda kompyuter o‘yinlari va boshqalar;

o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqarishga asoslangan pedagogik va AKT texnologiyalari: Bu texnologiyalar o‘rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo‘lishi, bilimlarga chuqur, tizimli nuqtaiy nazardan yondashuv, o‘quvchilarga AKT vositasida bilimlarni egallashning maqsadga muvofiq yo‘llarini o‘rganish kabi tamoyillarga asoslanadi;o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari — ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari va boshqalar. Bundan tashqari, o‘qitishni yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalardan tabiatga muvofiqlashtirilgan, rivojlantiruvchi ta’lim, xususiy (o‘quv fanlari), al’ternativ hamda AKT hamda mualliflik pedagogik texnologiyalardan foydalanilmoqda. Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib ulardan asosiylari emperik, kognitiv, evristk, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv va boshqalar.

Ma’lumki, AKT ikki turdagi: axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining muvofiqlashuvidan tashkil topadi. Axborot texnologiyasi — ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va ifodalash metodlari, usul va vositalari majmuidir. Hozirgi davrda mazkur metod, usul va vositalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter, kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq.

Kommunikatsiya texnologiyalari esa inson bilan tashqi olam ta’siridagi metodlar, usul va vositalarni belgilaydi. Mazkur kommunikatsiyalarda kompyuter o‘z o‘rniga ega bo‘lib, kommunikatsiya ob’ektlari o‘zaro ta’sirida qulay, individual, ko‘p turli, yuqori intellektuallilikni ta’minlaydi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan uyg‘un holda foydalanishdan maqsad shaxsning axborot jamiyatiga moslashuvidan iborat.

AKT insonning nafaqat kasbiy faoliyati, balki kundalik hayotining asosiy vositasiga aylanib bormoqda. Pedagogik va AKT texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari hozirgi davrda ta’limni turli yo‘nalishlarida takomillashtirishdan iborat. Turli fan o‘qituvchilari tomonidan har bir o‘quv fanining asosiy xususiyati, mazmun-mohiyati, amaliy, nazariy qismlarining nisbatga muvofiq ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, eviristik, kreativ, inversion, adaptiv, inklyuziv va boshqa yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega. Umuman olganda, texnologiya universal xususiyatga ega bo‘lib, uning har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi va kutilgan maqsadga erishish talab etiladi. Shu nuqtaiy nazardan, texnologiyalarning asosiy mezonlarini quyidagicha:

1. Ma’lum ilmiy asosga, konsepsiyaga tayanish.

2. Tizimlilik, o‘quv-tarbiya jarayoni va uning qismlarining o‘zaro mantiqiy bog‘liqligi.

3. Samaradorligi, ta’lim standartlariga erishishni kafolatlash, sarflash talab qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning me’yor darajasida ekanligi.

4. Bu texnologiyalarning boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi bilan belgilash mumkin.

Ushbu jarayonda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar va o‘quvchilar yuqorida bildirilgan texnologiyalarga amal qilingandagina ta’lim texnologiyalarining samaradorligi oshadi.Shunday qilib, o‘quvchilarning bilish ijodiy faolligini faollashtirishning didaktik sharoitlari pedagogik o‘qitish texnologiyasi doirasida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni, o‘quv fani loyihasini yaratilishi va amalga oshirilishi sharoitda ro‘yobga chiqishi mumkin. O‘quvchilarning bilish ijodiy faoliyatini faollashtirishning didaktik sharoitlari va texnologiyasi maqsadlariga erishish vositasi bo‘ladi. O‘quvchi ta’limiy dasturning barcha bo‘limlari faoliyatining bilimlari va usullarining kasbiy vazifalarini hal etish vositasiga aylantirish texnologiyasiga ega bo‘ladi. Shunday ekan, texnologik yondashuv ta’lim sifatini oshirish, uning mazmunini takomillashtrish (modernizatsiyalash) va buning natijasi sifatida o‘quvchilarning bilish, ijodiy faoliyatini faollashtrishning didaktik sharoitlari va texnologiyasi samaradorligini oshirishning sharti bo‘lib qoladi.

Ta'lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni , shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.

Hujjatda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta'limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan: birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta'lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta'limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi; ikkinchidan, umumta'lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi; uchinchidan, umumiy o‘rta ta'limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta'minlash masalalarida xalq ta'limi bo‘limlari va umumta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasining pastligi; to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta'lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko‘payib ketganligi; beshinchidan, ta'lim sifatini ta'minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta'lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi; oltinchidan, xalq ta'limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me'moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o‘tilgan.

Prezident Farmonida xalq ta'limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib qo‘ydagilarni belgilab berilgan:

-umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta'minlash;

-ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas'uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;

-rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;

-xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;

-xalq ta'limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

-zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;

-xalq ta'limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta'lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Xalq ta'limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta'sis qilindi. O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi.

Ushbu sa'y-harakatlar natijasida xalq ta'limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma'lumotli yosh kadr bilan to‘ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.

Keyingi yillarda ta'lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi.2018 yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi.

Albatta, bunday e'tibor yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi.Lekin barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda shu sur'atga mos ilg‘or kadrlar mamlakatimizga bugun kerak.

Hozirgi tizimli o‘zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko‘nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo‘lib qoldi.

Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada o‘qitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish bo‘yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor.

Ya'ni, bugun kechiktirib bo‘lmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oshadi.

«Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi? Shuni hozirdan chuqur o‘ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz», – dedi Shavkat Mirziyoev.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilgan edi.

Jamg‘arma oldiga o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘mak berish vazifalari qo‘yilgan.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda davlat byudjetidan 45 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, bu mablag‘ yanada oshiriladigan bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasiga “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Oliy ta'lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasiga kadrlarni xorijga yuborish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, tanlov e'lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Jamg‘arma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarimiz to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar to‘g‘risida ma'lumotlar reestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimizga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning ma'lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirish kerakligini alohida ta'kidladi.

Yig‘ilishda yana bir masala – istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish, ularning kasb malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida respublika bo‘yicha vazirlik, idora va tashkilotlarda rahbar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida tanlov o‘tkazish belgilangan edi.

Tanlovning dastlabki bosqichidan so‘ng 8 ming 334 talabgordan 3 ming 825 nafari keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. Yakunda 50 nafar yuqori malakali kadr tanlab olinadi.

Davlatimiz rahbari tanlovning final bosqichi ishtirokchilarini qisqa muddatli kurslar orqali malakasini oshirish kerakligini ta'kidladi. Tanlov g‘oliblarining stajirovkasi qaysi rivojlangan mamalakatda, qaysi tashkilotlar va qanday mezonlar asosida o‘tkazilishini aniq belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ta'lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish masalasida bir ahamiyatli xujjatga e'tibor bersak, bu Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori .

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:

a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish:

Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang‘ich 4sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;

Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;

The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;

The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitish va ta'lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;

b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

-xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;

-ta'lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;

-ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;

-ta'lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy

tadqiqotlar o‘tkazish;

-ta'lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

-umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash;

-O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;

-xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

-o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta'lim va fan darajasiga bog‘liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko‘proq talablar qo‘ymoqda.

Zamonaviy xodimning ma'lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o‘zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo‘lgan qobiliyati, ma'lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Global o‘zgarishlar davrida ta'lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi.Chunki hayot o‘zgarish sur'atlari tezlashadi.Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta'sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.

Ta'lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‘rnida yangi, ya'ni hozirgi zamonda ta'lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta'limni amalga oshirishga, ta'lim soxasiga yangi innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e'tibor berilmokda.Uning yutuqlarini esa dunyo e'tirof etmoqda. Masalan, ta'lim sohasida innovatsiyalarni joriy etishga bo‘yicha O‘zbekiston

Respublikasini ikkinchi o‘rinni olganligi ham bunga dalildir .

Mustaqillik yillarida “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi , Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta'lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta'lim-tarbiya soxasida muhim o‘rin to‘tadi. Bu borada e'tibor berilishi zarur bo‘lgan vazifalar sifatida qo‘yidagilarni aytib o‘tish mumkin.

Birinchidan,mamlakatimizda demokratik jamiyat ko‘rish vazifalarini amalga oshirishda ta'lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol uynaydi.

Ikkinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o‘zgaradi.Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar quyiladi. Boshqarish - bu yo‘naltirish, vazifa quyish, o‘rganish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni hamda maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta'lim-tarbiyada donishmand va mo‘tafakkirlarning, xalqimizning milliy ma'naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyaiga ega.

Uchinchidan, ta'lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar tinglovchilar yoshlar oldiga ham muhim vazifa kuyadi. Ular izlash, keraqli bilimlarni mustaqil kidirib topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog‘liq.

Umuman olganda globallashuv davrida ta'lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega.Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo‘rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta'lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun o‘y-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bug‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb alohida ta'kidladilar.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli Tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e'tibor qaratdilar.

Birinchi vazifa - maktabgacha ta'lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim soxadagi ishlarni e'tibordan chetda qoldirdik. Ushbu soxada bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etadi.

Tasdiklangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.

Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan xolda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli soxalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi.

Ikkinchi vazifa - umumta'lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq.

Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas.

Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari xali sifatli va to‘liq xolda yechilgani yo‘q.

Yana bir muammoni xal etish ham o‘ta muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy- ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kumak beradigan muhitni yaratish zarur.

Uchinchi vazifa - ta'lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir xududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.

To‘rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish.

Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jaxon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda.

Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur.

Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy tusik bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muxabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi.




Download 142.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling