Tarbiyaviy ishlar rejasi 5-sinflar uchun Tushuntirish xati
Download 23.83 Kb.
|
Tarbiyaviy ishlar rejasi 5-sinflar uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu: Mustaqillik- muqaddas ne’mat Kun shiori: Ozod bo’lsang, ozod bo’l! Erkin bo’lsang, erkin bo’l! Mustaqil bo’lsang, mustaqil bo’l!
- : “Mustaqillik biz uchun…”
- 2-mavzu: Ozodalik - sog`lik garovi Kun shiori: “Sog`liq – oltindan qimmat”
1-mavzu: Mustaqillik- muqaddas ne’mat Kun shiori: Ozod bo’lsang, ozod bo’l! Erkin bo’lsang, erkin bo’l! Mustaqil bo’lsang, mustaqil bo’l! Islom Karimov Maqsad: O’quvchilarga mustaqillik o’zbek xalqi uchun eng ulug’ ne’mat ekanligini, mustaqillik so’zining ma’nosini ilmiy va xalqona tarzda tushuntirish, qadimgi ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarini ongiga singdirish. Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitoblari, Mustaqillikni ifodalovchi rasmlar, “O’zbеkiston –kеlajagi buyuk davlat”, “Mustaqillik –bu avvalo huquqdir”, “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang”, “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, “O’zbеk xalqi hеch qachon hеch kimga qaram bo’lmaydi”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” kabi mashhur iboralar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar. Doskada: “Mustaqillik biz uchun - davlatchiligimizni mustahkamlash, buyuk kelajagimizning poydevorini qurish,milliy ongimiz va faxrimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida munosib o’rnimizni egallashdir.” Islom Karimov Mashg’ulot: “Vatanni madh etuvchi” she’r bilan boshlanadi. Shoir aytganidek, Ey Vatanim, osmon bo’lsang, Men bir yulduz erurman. Yoki ulkan ummon bo’lsang, Men bir tomchi suvdirman. Quyosh bo’lsang bir zarrangman Daraxt bo’lsang bir mevang Ona bo’lsang men bolangman, Bajargum sen ne desang. O’qituvchi: Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O’zbekiston- mustaqil davlat. Bu o’z taqdiri va istiqbolini o’zi hal qilishdir, bu millatni ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy inqirozdan qutqarishdir: bu o’z yeriga, o’z yer osti boyliklariga egalik qilishdir, bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyoga dallollar va vositachilarsiz chiqish, xalqaro munosabatlar o’rnatish, millatlar hamdo’stligiga qo’shilishdir: O’zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan. “Davlat mustaqilligi haqida” gi qonunda ifoda qilingan. Prezidentimiz Islom Karimovning bu so’zlarida mustaqil davlat bo’lish bizga, yurtimizga, Vatanimizga, xalqimizga inom etgan boyliklar, qulayliklar, huquqlar, imkoniyatlar nechog’lik salmoqli, mazmunli ekanini va bizning xalq, millat, davlat, hudud sifatida ko’tarilishimiz, xalqaro miqyosga chiqishimiz, ajdodlarimizning ulug’ligini munosib ravishda davom ettirish uchun o’zimizning bor imkoniyatlarimizni sarflashimiz kerak. Ongimizdagi sho’ro tuzumi qoldirgan sarqitlarni umuman yo’q qilishimiz kerak, shunda haqiqiy mustaqillikka katta hissa qo’shamiz. O’quvchilarga “Aqliy hujum” usuli qo’llaniladi. Bunda har bir oquvchi o’zining mustaqil fikri bilan o’rtoqlashadi. Savol: “Mustaqillik biz uchun…” so’zini izohlash. O’qituvchi eng ta’sirchan va mazmunli fikrlarni bildirgan o’quvchilarni rag’batlantirib boradi. Izoh:(Har yili mustaqilligimizning necha yilligi va qanday shior bilan atalganligiga ham bog’lab o’tiladi. Masalan, 2013 yil mustaqilligimizning 22 yilligi, “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston!”) O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi. 2-mavzu: Ozodalik - sog`lik garovi Kun shiori: “Sog`liq – oltindan qimmat” Vil’yam Shekpir Maqsad: O`quvchilarga sog`liq, ozodalik inson uchun eng ulug` ne’mat ekanligini, ozodalikka e’tiborni kuchaytirish, ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning pandu nasihatlarini ongiga singdirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitoblari,Sog`lom avlod-bizning kelajagimiz, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar. Doskada: “Sog`lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, imon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat, sog`lom avlodgina qura oladi”. Islom Karimov O`qituvchi: Oilaning sog`lomligini undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo`llab-quvvatlashi, o`zaro izzat-hurmati belgilaydi. Atrof – muhitdagi turli omillarning (havo, tuproq , iqlim) va ishlab chiqarish faoliyatining kishi sog`lig`iga ta’siri hamda aholining hayot va mehnat sharoitlariga bo`lgan talabini ilmiy – amaliy jihatdan o`rganadi va zarur tibbiy choralarni ishlab chiqadi. Zero, atrof – muhit sog`lom bo`lmasa, insonlarning salomat yashashlari mumkin emas. Odam organizmi bilan tashqi muhit o`rtasidagi muvozanatning buzilishi aksariyat xastaliklarga sabab bo`ladi. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling