Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, individuallashtirish texnologiyasi


Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar


Download 166 Kb.
bet8/14
Sana09.04.2023
Hajmi166 Kb.
#1345333
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH USULLARI, INDIVIDUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
1. Mahallada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqing.
2. Masalani yeching: ota o’z o’g’lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to’lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O’g’lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi.Oila a’zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:
dadasi: «o’g’lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko’taraylik!»
Buvisi: «jon bolam, spirtli ichimliklarga o’g’lingni o’rgata ko’rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo’lishi mumkin».
Bobosi: «...mayli, otangning so’zi yerda qolmasin».
Oyisi: «...o’g’lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko’rish uchun uzatdi».
Savol: Siz oila a’zolarining bu voqeaga bo’lgan munosabatlarini qaysi birini to’g’ri deb o’ylaysiz?
3. Qo’yida amerikalik yozuvchi Lengston Xyuzning «RAHMAT, MEM!» nomli hikoyasini o’qing.
RAHMAT, MEM!
Kechqurun soat o’n birlar, qorong’i tushgan. Gavdali ayol katta va og’ir sumkasini yelkasiga ortib ko’chada ketib bormoqda. To’satdan qorong’ulikdan bir yigitcha paydo bo’ldi-yu, uning orqasidan kelib, sumkasini tortib olmoqchi bo’ldi. Bolakay orqadan sumkani shunday kuch bilan tortdiki, uning qayishi uzilib, yerga tushib ketdi. Lekin sumka shunchalik og’ir , bolakay esa shunday kichik ediki, u muvozanatini yo’qotib, qochish o’rniga, oyoqlarini osmonga cho’zgancha, orqasi bilan trotuarga yiqilib tushdi. Barvasta ayol keskin qayrilib, bolaning tor jinsi kiygan orqasiga tepdi. Keyin engashib bolani yelkasidan ko’tardi va kuch bilan silkitdi.
- Ey bolakay, sumkamni olib ber,- dedi ayol.
Bola sumkani olish uchun biroz oldinga qadam tashladi.
- Senga uyat emasmi?
- Ha, mem,- deb g’uldiradi bola. Ayol uni avvalgidek yoqasidan ushlab turardi.
- Nega bunday qilding?
- Men atayin qilganim yo’q.
- Senga ishonib bo’pman.
Ularning yonidan ikk-uch kishi o’tdi, kimdir ularga qayrilib qarab, yana yo’lida davom etdi, kimdir to’xtab ularni tomosha qila boshladi.
- Agar seni qo’yib yuborsam- qochib ketasanmi?
- Ha, mem.
- Unda qo’yib yubormayman,- dedi ayol.
- Xonim ,kechiring, -shivirladi bolakay.
- Aftingga qara, qanday iflos. Nima uyingda hech kim yuzingni yuv demaydimi?
- Hech kim yo’q, mem.
- Endi kimdir bo’ladi. Bugun yuzing ham har qachongidan toza bo’ladi,- deb ayol bolani sudragancha ko’cha bo’ylab keta boshladi.
Ko’rinishdan bola 14-15 yoshlarda, oriq, nimjon bo’lib, krossovka va jinsida edi.
- Afsus, sen mening o’g’lim emassan,- dedi ayol.- Bo’lmasam ko’rsatib qo’ygan bo’lardim. Menga tegish kerak emasdi. Endi- qutila olmaysan. Missis Luella Beyts Vashington Jonsni endi uzoq vaqt unutmaysan.
Bola qo’ldan chiqishga harakat qilardi. Lekin ayol uni qo’yib yubormay, uyigacha olib keldi. Bolani xonasiga itarib olib kirdi, dahliz bo’ylab tortib, oshxonaga olib o’tdi. Ayol hamon uni qo’ltig’i ostidan ushlab turardi.
- Isming nima?
- Rodjer,- javob berdi bola.
- Hozir borib yuzingni yuvasan. Uqdingmi?
Rodjer eshikka qaradi, so’ngra ayolga, yana eshikka... va chanoqqa bordi.
- Meni qamoqqa olib borasizmi?- deb so’radi bola, chanoqqa engashib.
- Shunday iflos bashara bilan hech qayerga olib bormayman. Kechki ovqat tayyorlayman. Balki sen ham hali ovqat yemagandirsan?
- Uyimda hech kim yo’q,- javob berdi bola.
- Demak unda birga ovqatlanamiz. Sen och qolgadirsanki, sumkamni o’g’irlashga qaror qilibsan.
- Men zamshadan tikilgan ko’k tufli olishni xohlagan edim,- dedi bola.
Bola yuzini yuvib, artindi. Keyin nima qilsam ekan deb o’girildi. Eshik ochiq edi. Dahlizga yugurib chiqish va qochib ketish mumkin.
Ayol o’rindiqda o’tirardi.
- Men ham yoshligimda ko’p narsa xohlar edim,- deb ayol jim bo’ldi. Uzoq sukunat cho’kdi. . .
Ha, men ham shunday narsalar qilganmanki, bu haqda gapirmaslik ma’qul o’g’lim. Kim bilan bunaqa ishlar bo’lmaydi deysan. O’tir, men hozir biror yegulik tayyorlayman.
Xonaning boshqa chetida, to’siqning ortida gaz plitasi va sovutgich bor edi. Missis Jons o’rnidan turib, har daqiqada qochib ketishi mumkin bo’lgan bolaga ham, uning yonida turgan sumkasiga ham e’tibor bermay, to’siq ortiga o’tdi. Biroq bola qochishni o’ylamasdi. Buning ustiga u ayol ko’z qiri bilan kuzatishi mumkin bo’lgan xonaning uzoq burchagiga, sumkadan nariroqqa o’tirdi. U ayol unga ishonishini xohlardi.
Ayol sovutgichdan yegulik oldi, kakao qaynatdi va stolga qo’ydi. U boladan qayerda yashashini ham, ota-onasini ham, umuman uni noqulay ahvolga soladigan hech nimani so’ramadi. Bolaga o’zi to’grisida gapirib berdi, mehmonxonadagi kechgacha ochiq turadigan sartaroshxonada ishlashini, unga ko’proq qanday ayollar kirishini aytib berdi. Bolaga ovqat yeb bo’lgach, pirog kesib berdi. Ovqatlanib bo’lgach, dasturxondan turib, dedi:
Ma ol, o’ntalik, o’zingga zamshadan tikilgan ko’k botinka sotib ol. Bundan keyin birovlarning narsasiga ko’z olaytirma. Yodingda bo’lsin: harom pulga poyabzal sotib olsang, ular butun umr tovoningni kuydiradi. Ayol uni uzun dahlizdan chiqishgacha kuzatib qo’ydi.
-Xayrli tun, bundan keyin o’zingni yaxshi tut,- dedi ayol eshikdan tashqariga qarab.
Shalog’i chiqqan zinadan yugurib tushib, bola pastdan yuqoriga qarab, eshik oldida turgan ayolga «Raxmat, mem» deb, yana nimalardir demoqchi bo’ldiyu, ammo labi pichirlagani bilan, ovozi chiqmasdi. Bola ovoz chiqarib minnatdorchilik ham bildira olmadi[1].

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling