“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/43
Sana21.11.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1791614
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
4-sinf Tarbiyaviy soat

 
MMIBDO`:
 
 
 
 
___________________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
___________________ 


Mavzu: Bola huquqlari to„g„risidagi Konvensiya 
I.Kirish. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga Konvensiya haqida tushuncha berish.O`z 
huquqlarini farqlay olish,bir-birlarini hurmat qilishga o`rgatish. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid ko`rgazma 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib 
bera olish. 
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan 
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. 
Tashkiliy qism: 
-O`quvchilarni darsga hozirlash 
II.Asosiy qism: 
―Bola huquqlari to`g`risida‖gi Konvensiyasi BMT tomonidan1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.1990 
yil yuridik kuchga kirdi. O`zbekiston Resbublikasi BHKni 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya (moslashtirish) 
qilingan.BHKda 2 qism,54 moddadan iborat bo`lib,1-41 moddalar bola huquqlarini himoya qilishga 
qaratilgan.42-54 moddalar esa bola majburiyatlari bayon etilgan.
BHKsi to`rt ta tamoyil 
1.Yashash huquqi. 
2.Rivojlanish huquqi.
3.Himoyalanish huquqi. 
4.Ishtirok etish huquqi 
13,23,28,29-moddalar ta`lim olishga oid moddalar hisoblanadi. 
Yurtimizda bolalarga har tomonlama g`amxo`rlik,onalik va bolalikni muhofaza qilish,sog`lom avlodni 
kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta`minlash masalalari davlat siyosati 
darajasiga ko`tarilgan. 
Bolalarga g`amxo`rlik, ularning huquqlari va qonuniy man`faatlari himoyasi bilan nafaqat davlat 
tuzilmalari, balki ko`plab nodavlat notijorat tashkilotlar ham shug`ullanayotganini ta`kidlash o`rinli,deb 
hisoblaymiz.‖Kamolot‖yoshlar ijtimoiy harakati,Bolalar jamg`armasi,‖Sog`lom avlod uchun‖hukumatga 
qarashli bo`lmagan xalqaro xayriya jamg`armasi,‖Sen yolg`iz emassan‖respublika bolalar jamg`armasi, 
Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi kabi jamoat tuzilmalari shular jumlasidandir. 
III.Yakuniy qism: 
a)Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. 
b)‖Charxpalak‖metodi bo`yicha ―Hamma hammaga o`rgatadi.‖mashqi o`tkaziladi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linib,har bir guruhga BHK dan topshiriqli kartochkalar beriladi.Ular o`z fikrlarini 
yozadilar.Ma`lum vaqtdan so`ng, guruhlar ketma-ket tarzda qog`oz almashadilar.Shu tarzda oz fursat ichida 
bir nechta topshiriqlarni bajaradilar.
O`quvchilar fikrlari xulosalanib,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling