“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana21.11.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1791614
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
4-sinf Tarbiyaviy soat

 
 
 
 
MMIBDO`:
 
 
 
 
___________________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
___________________ 


Mavzu: Bayrog„imizni baland tutaylik (18 noyabr - O‗z.Res. Davlat bayrog‗i qabul qilingan kun 
munosabati bilan). 
I.Kirish:
Tarbiyaviy 
mashg`ulotning 
maqsadi: 
O`quvchilarda 
davlat 
ramzlariga 
bo`lgan 
hurmatni 
rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o‘rni kattaligini 
uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini 
oshirishini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat 
bayrog`i, tarqatma materiallar. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib 
bera olish. 
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, 
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan 
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. 
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
Ma`naviyat daqiqasi:
Nilpira, bayrog`im, hilpira mag`rur, 
Ozod, hur xalqimga bag`sh etib surur. 
Birlashgan millatlar koshonasida
Hilpira bizlarga bag`sh etib g`urur. 
II.Asosiy qism:
Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar 
mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz 
davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari 
omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland 
tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi 
mag`lubiyat belgisi deb qabul qilingan. 
Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi 
O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq 
o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq 
paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz 
yashil
dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki 
yulduz- keng va behad
O`zbekistonimizning 
azaliy 
tariximizga 
sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an`analari bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga
kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka 
erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati
mahalliy davlat idoralari, O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda
O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida 
qonun asosida belgilangan. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik 
bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi. 
III.Yakuniy qism: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste`dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, 
rag`batlantiriladi)
Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini yaratadilar. 
O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling