3. Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tqazish bo‘yicha tavsiyalar
Ta’lim berish jarayonida ma’lumotlarni idrok qilish qulay bo‘lish uchun didaktik metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Buning uchun quyidagi texnik vositalardan foydalaniladi: diaproektor, grafoproektor, kompyuter va h.k.
Ko‘rgazmali leksiyalar o‘tqazish uchun jixozlangan xona va sharoitlar tashkil etilgan bo‘lish kerak.
4. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablar
«Arxitekturaviy bionika» fani bo‘yicha o‘kuv adabiyotlaridan tashqari zaruriy axborotlarni kidirishda internetdan foydalanish tavsiya kilinadi.
AutoCAD, 3DMax, CorelDrow, FotoShop va boshka grafik kompyuter programmalarini ishlatishga aloxida e’tibor beriladi.
Arxitektura fakulteti tarkibida foto-, audio-, videolaboratoriyalar mavjudligi xar bir ma’ruzani rangli va kora-ok (grafik) slaydlar va videofilmlar bilan o‘tilishini ta’minlaydi, shuningdek kafedrada saklanuvchi to‘lik ma’ruzalar kursi matni talabalarning mustaqil ishi uchun, fanni chukurrok o‘rganish uchun ishlatiladi.
5. Fanni boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘likligi
Ushbu fan bo‘yicha ta’lim berishda asosiy e’tibor bionika, elektronika, axborot texnologiya fanlari bilan birgalikda funksional-rejaviy, arxitekturaviy-badiiy, konstruktiv va iqtisodiy jihatdan kompleks loyihalash metodikasiga qaratiladi. SHu sababli eslatilgan mutaxasisliklarga ta’lulik fanlar bilan uzviy bog‘lik. Bular arxitekturaviy loyixalash, tipologiya, qurilish konstruksiyalar va boshqalar. Bu esa talabada ijodiy masalaga tizimli yondoshuvni shakllantiradi va shaharsozlik faoliyati va chegaradosh mutaxasisliklar o‘zaro aloqasi qonuniyatini o‘rganadi.
6. Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Fanning asosiy maqsadi – me’morchilik nazariy uslublar asosida zamonaviy fan va texnika yutuklari asosida arxitekturaviy loyihalash prinsiplarini bino va inshootlarning funksional va fazoviy echimlarini shakillantirish.
Talabalarning zamonaviy bino va inshootlardagi tabiiy qoninlari arxitekturaviy bionika fanining o‘rni va ularning arxitekturaviy echimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |