Ta’rif "Bionika-75" nomli 1-Xalqaro konferensiyada qabul qilingan,1975 y


Download 0.53 Mb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1469849
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
УМК БИОНИКА янги (2)

2. Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni maqsadi - talabalarda tadqiqot tashkilotlarida bino va inshootlar zamonaviy va ilmiy asoslangan texnologik tartib usullari, tabiat qonunlari asosida funksional–rejaviy, arxitekturaviy–badiiy, konstruktiv va iqtisodiy jihatdan kompleks loyihalash uslubiyatlari, shu bilan birga amaliyotga tadbiq qilish, nazorat olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Arxitekturaviy bionikaning umumiy maqsadi – oliy maxsus maktabda yosh arxitektorlarni tayyorlash va tarbiya qilishni samarali bo‘lishi uchun, loyihalashtirish prinsip va metodlarini o‘zaro qanday bog‘lash zarur degan savolga javob beradigan arxitekturaviy bionikaviy loyihalashtirishning yangi metodikasini ishlab chiqishdir.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Dialektik materializm asosida jamoat rivojlanishi qonunlarini tushunadigan va biologik va ekologik jarayonlar asosida va hayot faoliyati asoslarini inobatga olgan holda hayot maydonini tashkillashtirishni ijtimoiy muammolarini hal etishga qodir bo‘lgan mutaxisni tayyorlash. Oliy maktab yuqori darajali madaniyat egasi, shaxs sifatida shakllangan arxitektor sifatida tarbiyalash zarur.

  2. Talabalar ilmiy-texnik taraqqiyot berayotgan barchasini o‘zlashtirishi kerak. Ilm ularning ijodi uchun ta’minlovchi muhit bo‘lishi zarur.

  3. Arxitekturaviy bionika konsepsiyalarini chuqur o‘zlashtirish va joriy etishga ko‘maklashadigan va arxitektorga qurilish ishlab chiqarishini yangi imkoniyatlarini qo‘llash va yangi qurilish materiallarni qo‘llash imkonini beradigan chegaradosh mutaxasisliklarini o‘rganish.

  4. Talabalarni shaharsozlik yondashuv va mehnat, turmush va jamoat xayotni moddiy-fazoviy tashkil etishda arxitekturaviy-qurilish masalalarini kompleksliligi va tabiat va biosferani ehtiyotkorlik bilan munosabat qilishga o‘rgatish.

  5. Talabaning ijodiy dunyoqarashini shakllantirish va arxitektorning ijodiy metodlari, kasbiy bilimlar, tajriba va qadriyatlarni anglashda tasviriy-kompazitsion ko‘nikmalarni shakllantirish.

  6. Arxitekturaviy-qurilishni loyihalashtirish mutaxasis-tashkilchisi va insoniyat kelajagi oldida katta xuquq va majburiyatlarga ega jamoat arbobini tayyorlash.

Maskur masalalar arxitekturaviy ta’limning o‘ziga xosligini oliy ta’limning murakkab turlaridan biri sifatida belgilaydi.
Arxitekturaviy kasbning tarkibi jamiyatning rivojlanishi bilan o‘zgaradi, ob’ektiv talablarni yangi tushunchalarini aks etgan holda jamoat ishlab chiqarish, madaniyat, ilm va texnika progressi natijasida biosferadagi dunyoni his etish. Moddiy-texnik bazani keng qamrovli qurish davrida arxitektor faoliyati, ishlab chiqarish, madaniyat va turmushning barcha sohalarini tizgan holda, asosiy gumanistik maqsad – insonning yashash sharoitlarini yaxshilash masalasiga yo‘naltirilgan.
Fazoviy tashkillashtirish ijtimoiy jarayonlar va inshootlarning jamoat funksiyalarini fe’lini belgilaydi. Fazoviy muhitni, ekologiyani buzmagan holda, maqsadga muvofiq tashkillashtirish arxitekturaning asosiy maqsadini tashkil etadi. Arxitekturani asosiy maqsadini tashkil etish uchun o‘zini shakllantirish maqsadida konstruktiv, texnik vositalarni jalb etish talab etiladi. Artof muhit bilan organik aloqadagi arxitekturaviy asarning yaratishda texnika, ilm va san’at qo‘shilib va murakkab tarzda o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Arxitektura hayot davrlarini aks ettirishi zarur. Bu arxitektordan chuqur ijtimoiy, ekologik, texnik, ilmiy va tasviriy muammolar to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishini talab etadi. Bu bilan arxitekturaviy ta’limning asosiy masalasi belgilanadi – xayotni butunligicha va yagona biosferada qamrab oladigan arxitektorni tarbiyalash va ta’lim berish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling