Тарихий ўлкашунослик ва урбанизация жараенлари


O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi


Download 119.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi119.19 Kb.
#221454
1   2   3   4
Bog'liq
Тарихий ўлка ва урбаниз Тарих 4 курс Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni

2 O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi. O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi –

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining yirik ilmiy – tadqiqot va madaniy – ma’rifiy

muassasalaridan biri. 1876 yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan.1883 yil

Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi.Etnografiya, arxeologiya,

numizmatika, harbiy – tarix bo‘limlari bo‘lgan (1903 y). 1918 yil Turkiston o‘lka

xalq muzeyiga ,1922 yildan Turkiston bosh muzeyiga, 1925 yildan O‘rta Osiyo

bosh muzeyiga aylantirildi 1943 yildan O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb



bosh muzeyiga aylantirildi. 1943 yildan O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb

nomlangan. 1969 – 1992 yillar Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi

deb atalgan. 1992 yil 21 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 203 – sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish

asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.

Muzey O‘zbekiston va O‘ra Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy obidalarini 

saqlash va o‘rganish bo‘yicha mamlakatda  yirik ilmiy – tadqiqot markazi

hisoblanadi.Hozirgi kunda uning zahirasida 250 mingga yaqin tarixiy, 

san’at

 va


madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan

ortig‘ini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortig‘ini

etnografiya yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy o‘lkashunoslar o‘tmish

bilan qiziquvchi havaskorlardan to‘plangan o‘lka tarixiga oid numizmatika,

arxeologiya, uy – ro‘zg‘or buyumlari va fotosuratlardan iborat kollektsiyalar ham

mavjud.


Arxeologiya fondidi arxeologik yodgoliklardan topilgan ashyolar, devoriy

tasvirlar, uy – ro‘zg‘or buyumlari,mehnat qu

rol

lari, qadimiy yozuvlar



tasvirlangan ashyolar va boshqa buyumlar saqlanadi.

Numizmatika fondida esa eng qadimgi davrlardan to shu kungacha zarb etilgan

oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho

sulolalarining mkhrlari jamlangan.

Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat bo‘lib,

xalqimizning uy – anjomlari, kiyim – kechaklari, zargarlik buyumlari, xalq

hunarmandchiligining xamma sohasiga oid ish qu

rol


lari va mahsulotlaridan

namunalar – har bir etnografik hududning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib

turadi.Shulardan 10 mingdan ortig‘i o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid bo‘lsa,

6 minggi O‘zbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir.

Muzeyning yangi ekspozitsiyasi O‘zbekistonni jahon t

sivilizatsiya

si taraqqiyotiga

qo‘shgan hissasini, shu bilan birga O‘zbekiston hududidagi tarixiy – madaniy

jarayonlarning eng qadimiy davrlaridan boshlab,hozirga qadar bo‘lgan

taraqqiyotini o‘zida aks ettirgan. Yunon – Baqtriya, Kushon, Ko‘hna

Xorazm,Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga

sazovor.Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa

qabila 

belgi


lari yoki tamg‘alar zarb qilingan.Muzey ekspozitsiyasida O‘rta

Osiyoda hukmronlik qilgan tohiriylar, somoniylar,qoraxoniylar,

temuriylar,Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklariga mansub tangalar namoyish

etilgan. Muzey arxiv va kutubxonaga ega.Muzey faoliyati davomida olimlar

tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, alьbom, buklet va turli

ko‘rsatkichlar hamda maktab o‘quvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiy –

metodik qo‘llanmalar nashr etib kelmoqda.Ular orasida keyingi yillarda nashr

etilgan “Temuriylar sulolasining tangalari” (1996 y); “Katalog metallicheskix i




g

y

g



g

y

g



keramicheskix izdeliy Uzbekistana XIII – XIX vv” (2000); “O‘zbek milliy kiyimlari”

(2002); “Farg‘ona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari” (2003); “Toshkentning

yangi shahar qismi tarixi” (2004) kabi nashrlar bor.

Muzeyda 4 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodi ishlaydi.2003 yil aprelda muzey

qoshida ilmiy – metodik kengash tashkil qilingan.

Muzey 1964 yildan 1887 y. qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida

faoliyat yurgizgan. 1992 yil apreldan sobiq  Lenin binosiga ko‘chib o‘tdi. Mazkur

bino (1970, me’mori E. Rozanov, V. Shestopalov va b.) Toshkent shahrining

markazida Sharof Rashidov shohko‘chasida joylashgan.Bino murabba tarhli, 20 ta

zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2 ming kv.m), ma’ruzalar (500 kv.m) hamda

konferentsiya (170 kv.m) zallari, ustaxonalar, fond, ish xonalaridan

iborat.An’anaviy  panjara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi to‘siqlar

oddiy geometrik shakldagi  binoga jozibadorlik baxsh etgan; keng yo‘lka (pandus)

bino oldi maydoniga olib borib, 2-qavat vestibyuli bilan bog‘lanadi. Bino 1999 –

2003 yillarda qayta ta’mirlandi (me’mor R. Iskandarov va b.), ichki tuzilishi

o‘zgartirildi,yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan jihozlandi.

Ustaxonalar,fond hamda xodimlarning ish xonalari 1 – qavatda joylashgan.Bino

interьeri milliy 

an’analar

da (ganchkorlik – M. Usmonov va b.;yog‘och

o‘ymakorligi – Q. Haydarov va b. ) ziynatlangan, ta’mirlash davrida mahobatli

devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov, A. Aliqulov) bilan bezatilgan.




Download 119.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling