Тарихшунослик фанидан


Tarixiy xotirani tiklash va yangi tarixni yaratish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Tarixiy xotirani tiklash va yangi tarixni yaratish 
Yangi tarixiy davr ma‘rifat davri, ma‘rifatlilik davri sifatida vujudga kelmoqda. Istiqlol 
g‗oyalari asosida bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlat odamlar ongi va tafakkurida tub 
burilishlar yasash, har qanday islohotlarni fuqarolar ongi, tafakkuri va qalbi orqali o‗tkazish yo‗lini 
tanladi. Ana shu yo‗l odamlarning o‗gmishga, bugunga va kelajakka munosabatlarini o‗zgartirish, 
muayyan mafaatlarga yondashish psixologiyasini yangilash orqali asta-sekinlik bilan ularni 
ma‘rifatli, komil inson qilib voyaga etkazishga olib boradi. Fuqarolarning ma‘rifatliligi orqali 
ma‘rifatli jamiyat barpo etiladi. 
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasi ma‘rifatli jamiyat qurishning muhim omili bo‗lib xizmat 
qiladi. Zotan, o‗tmishni anglash, uni to‗g‗ri tushunish orqali kishilar ongi va ruhiyatida jidtsiy 
o‗zgarishlar yasashga, shu orqali hayotni, turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni ma‘naviy 
isloh qilishga erishiladi. Buni nimalarda ko‗rish mumkin? 


148 
Birinchidan, tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning insonligini anglash qobiliyati 
shakllanadi. 
Ikkinchidan, tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi hayot mazmuni chuqurroq 
tushuniladi va istiqbolni ko‗rish falsafasi dunyoga keladi. Bu har bir insonning o‗ziga xos tafakkur 
tarzini shakllantirish orqali shaxs sifatidagi fenomenini vujudga keltirishga, fe‘l-atvorining 
shakllanishiga xizmat qiladi. 
Uchinchidan, tarixni o‗rganish orqali mustamlakachilik ta‘sirida va kommunistik zo‗ravonlik 
mafkurasi natijasvda o‗zligini yo‗qotgan, o‗z qadru-qimmatini butkul unutgan fuqaroni uyg‗onishga, 
o‗zligini anglashga, o‗z haq-huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanishga 
da‘vat etadi. 
To„rtinchidan, ajdodlari buyuk bo‗lgan, jahon sivilizatsiyasi va insoniyat taraqqiyotiga juda 
katta hissa qo‗shgan madaniyatga daxldor fuqaro qalbida o‗tmishini o‗rganish orqali milliy 
g‗ururining uyg‗onishi mamlakat mustaqil taraqqiyot yo‗lini tanlagan bir paytda katta ijtimoiy-
ma‘naviy qudrat va ulkan siyosiy iroda kuchi bo‗lib xizmat qiladi. Ana shu anglash jarayoni 
insonning o‗zini o‗zi yangilashiga, o‗zini o‗zi ma‘naviy tozalashiga, o‗zini o‗zi isloh qilishiga olib 
keladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling