Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Beshinchidan, har bir fuqaroni ma‘naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan yangilash orqali jamiyatni 
yangilash, turmush tarzini yangilash kabi g‗oyatda chuqur, keng miqyosli islohot amalga oshiriladi. 
Bu bugungi islohotlar davrida qilinayotgan ko‗p qirrali o‗zgartishlarning asosiy omili sifatida 
qadriyatga aylanadi. 
O‗zlikni anglash, eng avvalo, o‗tmishni o‗rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj sezishdan 
boshlanadi. Darhaqiqat, o‗zini anglayotgan, o‗zini tushunayotgan har bir odam shunday oilada 
dunyoga kelgani, o‗z ajdodlari kimlar bo‗lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug‗ullanishgani va 
qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib 
yashaydi. 
O‗z naslu-nasabini bilish, kelib chiqishini o‗rganish kishining hayotda omonatligini va ayni 
chog‗da tasodifiy emasligini tushunishga imkon beradi. Shu bilan birga atrof muhit, uni o‗rab turgan 
olam xususida o‗ylashga undaydi. 
Darhaqiqat, 
olamni 
tadqiq 
etish 
tafakkurimizni 
boyitishning, 
dunyoqarashimizni 
kengaytirishning muhim yo‗llaridan biridir. Olamni anglash hissi insonning o‗zligini anglashga, 
o‗zligini tushunishga, olam va odam haqida o‗ylashga doimiy tarzda da‘vat etib turadi. U jami 
insonlarga xos bo‗lgan idrok va irodani uyg‗otadigan mo‗‘jizaviy kuch hamdir. Biz olamni 
qanchalik keng va chuqur anglasak, inson va insoniyat olamini shunchalik ko‗proq tushunishga, 
mohiyatini anglashga, inson va hayot, insoniyat va mavjudot o‗rtasidagi munosabatlarni 
o‗rganishga, xullaski, insoniyat tarixi bilan qiziqishga harakat qilamiz. 
Aslini olganda tarix faqat o‗tmish haqidagi ma‘lumotlar yoki tushunchalarni ifodalash bilan 
cheklanmaydi. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o‗tmishni o‗rganish, 
tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni 
yo‗naltirish borasidagi fikrlarni, g‗oyalarni o‗zida mujassam etganida namoyon bo‗ladi. Islom 
Karimov tarixga ana shu nuqtai-nazardan qaraydi va uning barcha imkoniyatlarini inson 
ma‘naviyatiga to‗la safarbar etish zarurligini asoslab beradi. Yuqoridagi xulosalar va 
mushohadalarni hisobga olib, tarixshunoslikni Islom Karimov tom ma‘nodagi insonshunoslik 
sifatida talqin etib, uni komil inson shaxsini tarkib toptirish ishiga yo‗naltiradi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling